O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologyailari kafedrasi
Doctor Web Windows turkumidagi operatsion sistemalar uchun mo`ljallangan bo`lib, qisqacha DrWeb32W deb ataladi. DrWeb funksional jihatdan DOS ning DrWeb antivirusiga o`xshash. Lekin DrWeb ning 4.0 versiyasidan boshlab antivirus programma ishlashining arxitekturasi va algoritmiga sezilarli o`zgartirishlar kiritilgan. Bu esa o`z navbatida yangi antiviruslar yaratilishiga asos bo`ldi. DrWeb 4.0 antivirusining asosiy yangiligi modul prinsiplarining qo`llanilganidir, ya'ni viruslar bazasi alohida faylda tashkil etilgan bo`lib, u asosiy programma ishga tushgandan so`ng qo`shimcha fayl sifatida yuklanadi. Natijada operativ xotira yetishmovchiligining oldi olinadi. DrWeb antivirus programmasida programma biror muhitda (masalan, Windows 95/98/NT) ishlaydigan qobiq programma va muhitga bog`liq bo`lmagan yadrodan tashkil topadi.
Programmalarni bunday tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega:
bitta virus bazasining faylidan DOS ning DrWeb programmasi uchun ham, Windows 95/98/NT, OS/2, Novell Netware uchun ham foydalanish mumkin;
programmaning yadrosini boshqa qobiq programmalar va amaliy dasturlarga ulash mumkin;
qobiq programmalar, yadrolar va virus bazalarini Internet tarmog`i orqali avtomatik kengaytirish hamda yangilash imkonini beradi.
DrWeb ning yana boshqa yangiliklaridan biri uning test qilinadigan obyektlarni ixtiyoriy diskdagi kataloglar ro`yxatidan (hatto alohida fayllarni ham) tanlash imkoniyatining mavjudligidir.
DrWeb antivirus programmasini ishga tushirganda (Windows ning ish stolidan, PUSK menysining quyida asboblar panelining, menyu bo`limlari va bandlarining asosiy funksiyalari berilgan.
Asboblar paneli va funksiyalari
Zararlangan fayllar ro`yxatini chiqarish holatiga o`tish.
Tekshiriladigan sohani tanlovchi daraxt holatiga o`tish.
Virusga tekshirish natijalarining ma'lumotlarini chiqarish.
Zararlangan fayllar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi ro`yxatni tozalash.
DrWeb bazasini Internet orqali to`ldirish.
Antivirus programmaning ishlash parametrlarini o`rnatish.
Chiqish (ishni tugallash).
File (Fayl) menysi Davolashni boshlash
Ishni to`xtatish ro`yxatni tozalash bazani to`ldirish ishni tugallash
View (Ko`rish) menysi zararlangan fayllar ro`yxati ob’yektni tanlash statistika
Options (Opsiya) menysi holat parametrlarini o`zgartirish holat parametrlarini saqlash holat parametrlarini tiklash
Help (Yordam) menysi mavzular bo`yicha yordam programma haqida ma'lumot