O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Urganch Davlat Universiteti



Yüklə 0,74 Mb.
tarix27.03.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#90483
K.SHoxista Adabiyot

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Urganch Davlat Universiteti

Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 19.11-guruh 4-bosqich talabasi Kamilova Shoxistaning bolalar adabiyoti fanidan tayyorlagan taqdimoti.


Mavzu:
Tursunboy Adashboyev ijodida ona-tabiat va Vatan madhi.
Reja:
1.Tursunboy Adashboyev hayoti va ijodi.
2.Shoirning badiiy olami.
3.Tursunboy Adashboev she'riyatida an'anaviylik va badiiy mahorat.
4.Shoir she'rlarida Vatan va tabiat manzaralari tasviri.
Shoir Tursunboy Adashboyev o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan. U Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi va «Manas» ordeni sovrindori hamdir. Uning hazil-mutoyiba bilan yo‘g‘rilgan qator asarlari rus, latish, qozoq, qirg‘iz, tojik tillarida chop etilgan.
Shoir va tarjimon Tursunboy Adashboyev 1939 yil Oshsoy viloyati Bo‘ka tumanining Safed Bulon qishlog‘ida, kolxozchi oilasida dunyoga kelgan.
1957 yil ona qishlog‘idagi “Kizil” o‘rta maktabini bitirgach, 1963 yil ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlaydi. 1980 dan 1982 yilgacha Moskvadagi SSSR yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyot kurslari darslarini eshitgan va xorij bolalar adabiyotini chuqur o‘rganish barobarida, o‘zi singari tarjimonlik va falsafiy gurunglar bilan qiziqqan boshqa talabalar bilan suhbatlashgan.
Kichkintoylarning sevimli shoiri Tursunboy Adashboyev so‘zni so‘zga juftlab, o‘z hayratiyu bor g‘ayratini qog‘ozga tushira boshlaganida 12-13 yoshlarda bo‘lganini sog‘inch bilan xotirlaydi.
“Kamolning olmasi” nomli ilk she’riy to‘plami e’lon qilinganida u hali ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) talabasi edi.
T.Adashboyev ijodining yetakchi xususiyati haqida gap ketganda, eng avvalo, erishgan yutuqlari bilan xotirjamlikka berilmasligi, behalovat izlanuvchanligini alohida tilga olish joiz. Negaki, ayrim ijodkorlar ma’lum darajaga erishgach, mahoratini oshirish ustida bosh qotirmaydi, natijada o‘z-o‘zini takrorlashdan nariga o‘tolmay qoladi. T.Adashboyev bu yo‘lning ijodkor uchun g‘oyatda xatarli ekanini chuqur his etadi.
T.Adashboyevning badiiy mahorati ham aynan dunyoni bolalar ko‘zi bilan ko‘rishi, idrok etishi va uni o‘quvchiga shu tarzda yetkazishi bilan belgilanadi. Bog‘bonlarning dov-daraxtlarning soch-soqolini qiyishi, oqlangan daraxtlarning oppoq pay­poq kiyishi (“Hasharda”), bahorning qishni burnidan tarnovga osib qo‘yishi (“Sumalak”), chaqmoqning ko‘kda yong‘oq chaqishi (“Bahor kelgach”), Asqar tog‘dan tushayotgan suvning qoyalarda yanchilishi, qarag‘ayning ko‘kka sanchilishi, qorli cho‘qqining qirg‘iz tumog‘iga o‘xshatilishi (“Sarichelak”), ayiqning piymasini ivitishiyu quyon­ning oq tivitdan o‘ziga po‘stin tikishi, yashil taroq archalarning shamolning sochlarini tarashiyu oq yaktakli qayinlarning zarbaldoq taqishi (“Qish”) aslida bolalarcha tasavvur va idrok mahsulidir.
Inson tabiat farzandi sifatida bolaligidan boshlab uning sir-sinoatini bilishga qiziqadi. Maysa-ko‘katlaru dov-daraxtlarning nish urib ko‘ka­rishidan tortib, to yugurib-qovjirab qolgunigacha bo‘l­gan davrdagi turfa holatlari, umuman, quyosh, suv, tuproq, havo uyg‘unligining o‘ziga xos qonuniyati azaliy muammo tarzida insoniyatni bolaligidan qiziqtirib keladi.
shoir kichkintoylar qalbida ona yurtga muhabbat uyg‘otishda uning go‘zalligini madh etish yoxud tabiiy boyliklarni sanash yo‘lidan bormaydi. Aksincha, bu muqaddas tuyg‘uni dov-daraxtlarni parvarishlab yashnatishga oz bo‘lsa ham hissa qo‘shgan bolalarga mehri, tabiat boyliklarini payhon qilgan ovchiga nafrati orqali tashviq etadi
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Jumaboyev.M Bolalar adabiyoti. Toshkent. O'qituvchi. 1994
2.Sayumov. A. Jumaboyev. R. Bolalar adabiyotining. Toshkent. O'qituvchi. 1995
3.Qahramonov. Q. Adabiy tanqid va o'zbek bolalar adabiyoti. T. Fan. 1991
4.www.ziyonet.uz sayti
5.www.arboblar.uz sayti

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin