Notanish odamlar yoki tashkilotlar tomonidan yuborilgan havolalarni hech qachon bosmang. Shuningdek, olingan har bir havola salohiyatli xavfga ega deb hisoblang. Hamkasbingiz, bank yoki siz foydalanayotgan ijtimoiy media xizmatidan elektron xabar olganingizda, undagi havolani bosishga shoshilmang. Toʻliq veb-sayt manzilini havola ustiga kursorni olib borib (ustiga bosmang) tekshiring. Shunda qilib havolani bosish kerak yoki yo’qligini aniqlay olasiz. Shu bilan bir qatorda, sayt haqiqiy ekanligiga amin bo’lish uchun brauzer oynasini ochib, manzilni to’g’ridan-to’g’ri URL maydoniga kiritishingiz mumkin.
Sizga biroz bo‘lsada shubhali bo‘lib ko‘ringan havolaga bosishdan avval uning xavfsizligini tekshirish uchun havolalar skaneri, masalan, Norton Safe Web dan foydalaning.
Qisqartirilgan URL havolalardan foydalanishda esa o’ta ehtiyot bo’ling. Qisqartirilgan havolaning ortidagi asl URL havolani har doim tekshiring. Qisqartirilgan URL manzilini “dekodlash – ochib ko’rish” uchun UnshortenIt kabi bepul onlayn xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
7. Qalqib chiquvchi oynalarga ishonmang
Hammamiz ham Internetdan foydalanayotganimizda to’satdan qalqib chiqib, kompyuterimiz zararlanganligi va uni himoyalash uchun zarur dasturni yuklab olishimizni tavsiya qiladigan qalqib chiqivchi oynalarga duch kelganmiz. Bunday tuzoqlarga ilinmang. Oqilona ish tuting.
8. Tashqi ma’lumot saqlash vositalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalaning
Zararli dastur ko’pincha USB xotira karta, tashqi qattiq disk, flesh-kartalar va boshqalar tashqi ma’lumot saqlash vositalari orqali turli qurilmalarga tarqaladi. O’zingizga tegishli bo’lmagan notanish bunday qurilmani kompyuteringizga hech qachon ulamang. Agar sizga tanish tashqi ma’lumot saqlash media qurilmasidan foydalanishingiz zarur bo’lsa, ochishdan oldin uni antivirus dasturi bilan skanerlaganingiz ma’qul.
Hulosa:
Har birimizning hayotimizda axborot olamining ahamiyati tobora kuchayib borayotgani kundek ravshan. «Infosfera» (axborot olami) olis manzillarni yaqinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Mazkur olamda insoniyat tarixining barcha bilimlari jamlangan. Bizdan esa “Infosfera”ning kirish eshigi, undan foydalanish imkonini beruvchi asosiy kalit – internetni bilish talab etiladi, xolos.Har birimiz internet orqali qanday saytlarga va qanday dasturlarni yuklayotganimizni bilishimiz shart.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S.K.Ganiev, T.A.Kuchkarov. Tarmoq xavfsizligi (Mobil tarmoq xavfsizligi). O‘quv qo‘llanma. –T.: «Aloqachi», 2019, 2. S.K.Ganiev, M.M.Karimov, Z.T.Xudoyqulov, M.M.Kadirov. Axborot xavfsizligi bo‘yicha atama va tushunchalarning rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi izohli lug‘ati. –T.: «Iqtisod-moliya», - 2017, 3. S.K.Ganiev, M.M.Karimov, K.A.Tashev. Axborot xavfsizligi. –T.: «Fan va texnologiya», 2016, 4. S.K.Ganiev, M.M.Karimov, K.A.Tashev. Axborot xavfsizligi. Axborot-kommunikatsion tizimlar xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma. –T.: «Aloqachi», 2008,