O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI
60410100"Buxgalteriya hisobi va audit" ta`lim yo`nalishi bo`yicha I kurs Bh-321 guruh talabasi To’xtasinov Jaxongirning
TANISHUV AMALIYOTI BO’YICHA HISOBOTI
“Uchko’prik tumani Irrigatsiya boshqarmasi”
Institutdan amaliyot rahbari:
I.F.D. Toshnazarov S
Korxonadan amaliyot rahbari:
Hisobchi Eraliyeva Rozaxon Rafiqovna
Farg’ona-2022
MUNDARIJA: Kirish……………………………………………………………………….…...….3
1.Bo’lim faoliyati va uning asosiy ko’rsatkichlari bilan tanishish…..……….…5
2.Bo’limning huquqiy maqomi, , faoliyati haqidagi hujjatlari, tashkiliy tuzilishi bilan tanishish………………………………………………………………………..…..8
3.Bo’limning umumiy strukturasi, boshqaruv organlari, bo’limlari, ularning vazifalari, huquqlari va majburiytlari bilan tanishish……………………..……10
4.Bo’lim buxgalteriyasi, buxgalteriya apparati strukturasi, bosh hisobchining va buxgalterning funksional vazifalari bilan tanishish……………………………….12
5. Bo’limning hisob siyosati, ishchi schyotlar rejasi bilan tanishish……………..16
6. Hujjatlashtirish tizimlari bilan tanishish………………………………………..18
7. Bo’lim ichki nazorati bilan tanishish…………………………………..…….20
8. Moliyaviy hisobotlar bilan tanishish…………………………………….……..22
Xulosa………………………………………………………………………..…...26
Ilovalar
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar ta’lim sohasini ham keng qamrab olgan. Yil sayin oliy ta’limga e’tibor eng asosiy masalaga ko’tarilmoqda. Olib borilayotgan islohatlarni samarasini yanada oshirish maqsadida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan 2022 – 2026-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishni bo`yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi.
Ushbu Harakatlar strategiyasining Ῑ Ῑ Ῑ bo’limi 22-maqsadiga asosan “ Milliy iqtisodiyot barqarorligi siyosatini ta’minlash “ bo`limida qayd etilganidek “Iqtisodiyot sohasi va Qishloq xo’jaligini rivojlantirish va aholi turmush tarzini jadal rivojlantirish”.1
Shuningdek Prezidentimizning PQ-3151-sonli “ Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori talabalarning amaliyotlarini samarali tashkil etishga asos yaratdi .2
Buxgalteriya hisobini chuqur o`rganishda malakaviy amaliyot muhim rol o`ynaydi. Shu maqsadda biz “Buxgalteriya hisobi va audit “ yo`nalishi talabalari o`quv rejaga muvofiq 1 kurs davomida mutaxassisligimiz bo`yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash , chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko`nikmalarimizni shakllantirish maqsadida Malakaviy amaliyotini o`tadik .
1 2022 – 2026-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasi
2O`z.Res.Pre. SH.Mirziyoyevning PQ-3151-sonli “ Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori.
Malakaviy amaliyot davomida oldimizga qo`yilgan vazifalar quyidagilardan iborat :
1–chizma. Tanishuv ishlab chiqarish amaliyotining vazifalari
Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda men amaliyotni “Uchko’prik tumani irrigatsiya bo’linmasi” da o`tadim . Tanishuv amaliyoti davomida to`plangan amaliy tajribalar asosida hamda 1- kurs davomida olgan bilimlarga tayanib va amaliyot davrida to`plagan hujjatlarga asoslanib ushbu hisobotni yozdim . Tanishuv ishlab chiqarish amaliyotning ob`yekti Farg’ona viloyati Uchko’prik tumanida joylashgan “Uchko’prik tumani irrigatsiya bo’limi”davlat organi hisoblanadi.
1-Mavzu:Bo’lim faoliyati va uning asosiy ko’rsatkichlari bilan tanishish
Iqtisodiyotda ma`muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o`ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur`atlar bilan o`sishini, inflatsiyani prognoz ko`rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta`minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay shart-sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan. 2022 – 2026-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasining 3 bandi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” da bunga alohida e`tibor berilgan.
Tashkiliy – huquqiy maqomiga ko`ra davlat tashkilotlari ,ishlab chiqarish korxonalari ,aksiyadorlik jamiyatlari , ma`sulyati cheklangan jamiyat , xususiy korxona hamda davlat unitar korxonasi kabi turlarga bo`linadi . Bu turdagi korxonalarni tuzish va ular faoliyatini yuritish tartibi Respublikamizning maxsus qonunlari va davlat korxonalari to`g`risida Nizom bilan belgilanadi.
Men tanishuv amaliyoti o`tagan joy, ya`ni, “Uchko’prik tumani Irrigatsiya boshqarmasi” hisoblanib, u tuman fermer xo’jaliklarini va aholini suv bilan ta’minlash va suv resurslarini samarali boshqarish,” Uchko’prik tumani Irrigatsiya boshqarmasi” bo’linmasi Qishloq xo’jalik vazirligi va Davlat organlari tomonidan 1972 yil 25 fevralda 559319 son raqam bilan ro`yxatdan o`tib tashkil topgan.
“
Zamonaviy fan-texnika yutuqlarini suv xo’jaligida qo’llash
Suv resurslarini maqsadli yo’naltirish
Fermer xo’jaliklari va aholi turmush tarzini yaxshilash
Suv xo’jaligi bo’linmasining vazifalari
Uchko’prik tumani Irrigatsiya boshqarmasi” Farg’ona viloyati Uchko’prik tumani Sog’lom avlod ko’chasi 5-uyda joylashgan.
2 chizma.” Uchko’prik tumani Irrigatsiya boshqarmasi “ ning tashkil etilishidan maqsadi.
Bo’linmaning tashkil etilishidan asosiy maqsad aholi manfaatlari uchun foyda keltirish va ularga xizmat ko’rsatish. Bo’lim faoliyatining predmeti bo’lib O’zbekiston qishloq xo’jaligiga yangi ishlab chiqilgan texnologiyalarini tadbiq etish,ichki suv ehtiyoji va xalq iste’molini to’liq qondirish bilan birga, shuningdek turli xil xo’jalik xizmatlarini ko’rsatish, natijasida xalq manfaatlari uchun foyda keltirishdan iborat hisoblanadi.
Shu jumladan:
Suv xo’jaligi texnikalari, uskuna va boshqa turdagi resurslardan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek ularning saqlanishini taminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Shartnoma asosida qishloq xo’jaligi sohasini suv resurslari bilan ta’minlash, bo’linmadagi texnikalarni ta’mirlash va servis xizmati ko’rsatish ishlarini amalga oshirsh;
Mexanizatsiya , va servis xizmati ko’rsatkichlari va ularning qishloq xo’jaligidagi iste’mollari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va hisob-kitoblar mexanizimini takomillashtirish;
Belgilangan tartibda , fermer va dehqon xo’jaliklarini, aholini hamda boshqa suv resurslari iste’molchilariga mexanizatsiya, ta’mirlash, maxsus servis xizmatlarini amalga oshirish;
Boshqarma turli assortimentlarda tayyorlagan xalq iste’moli,maxsus zamonaviy qurilish va qishloq xo’jaliga xizmat ko’rsatish va suv taminoti rejalarini ishlab chiqadi va ularning shartnomasini va ta’minotini amalga oshiradi;
Avtotransport, texnik umum servisi, maxsus qurilsh, rekonstruktsiya, suv inshootlari qurilishi, loyihalashtirish, ta’mirlash va andozalash ishlarini amalga oshiradi, innovatsion texnikalar va qurilmalarni texnik ko’rigini o’tkazadi, bosh muxandis gidrotexnik, gidrometr va boshqa texnik ishlarini bajaradi;
Fermer xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan suv ehtiyojini o’rganish va talablarni qondirishni tashkillashtirish;
Boshqarma ishchilarining mulkiy va tashkiliy shakllarini huquqiy zarur yordamlarni ko’rsatish;
“Qishloq xo’jaligi vazirligi” buyruqlari asosida qishloq xo’jaligi uchun suv inshootlarini barpo etishga shartnomalar tuzishni tashkil etish,va boshqa ish faoliyatlari bilan shug’ullanadi.
2-Mavzu: Bo’limning huquqiy maqomi, faoliyati haqidagi hujjatlari, tashkiliy tuzilishi bilan tanishish
O’zbekiston mustaqillikka erishgach davlat organlari, xususiy korxonalarni, masuliyati cheklangan jamiyatlarning, aksadiyorlik jamiyati , tadbirkorlarning sonini ko’paytirish va Davlat organlarini sohalarini kengaytirish maqsadida ko’plab sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu bilan birga “Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi” o’z tarmoqlarini rivojlantirdi.
Bo’lim O’zbekiston respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi.Bo’lim belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilib tashkil topgandan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Bo’lim o’z faoliyatini tartibda belgilangan budjeti va O’zbekiston respublikasining qonunlariga muvofiq va ta’sis hujjatlariga asosan amalga oshiradi. Bo’lim o’z majburiyatlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Bo’limning nosozliklari maxsus komissiya tomonidano’rganiladiva ularning majburiyatlari bo’yicha javobgarlikka tortiladi va bo’lim faoliyati bilan bog’liq noto’g’ri faoliyat olib borgani uchun o’zlarining vakolati doirasida javobgar hisoblanadi.
Bo’limning o’z hissasini to’la qo’shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha har bir ishtirokchi hissasining to’lanmagan qismining qiymati doirasida javobgar hisoblanadi.
Bo’lim o’zining davlat tarkibidagi nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda ro’yxatga olingan o’z emblemasiga, o’z budjetiga ega bo’lishga haqli. Bo’lim o’z faoliyatida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, o’z nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.
Bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va O’zbekiston Respublikasining “Budjet tashkilotlar va davlat organlari sohalarini moliyalashtirish”qonunidagi (06. 05. 2014y. O’RQ-370 – son) Qonun va “Davlat tashkilotlarni moliyaviy ta’minlash ”to’g’risidagi (03.06.2016y. O’RQ-387 –son) Qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.
Boshqarma buyruqlari asosida ish olib borish
“Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi” ning moliyaviy mablag’lari O’zbekiston Respublikasining “Davlat tashkilotlari hamda Nodavlat tashkilotlar to’g’risidagi” qonuni va boshqa qonun osti hujjatlari, shuningdek “Qishloq xo’jaligi vazirligi” tomonidan 1972 yil 25-fevraldagi buyruq asosida ishlab chiqilgan.
Bo’linma faoliyat tuzilmasi
Xo’jalik faoliyatini faollashtirish
Ma’muriy ichrochilik vazifasini bajarish
Boshqa budjet tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash
Tashkilotning ta’sis shartnomasida quyidagilar bayon qilingan:
Bo’lim tashkil etishdan maqsad va faoliyat turlari
Tashkilot xodimlarining o’z vazifalarini suv iste’mol qilishiga javobgarlik
Tashkilot faoliyati davomidagi yuksalish va kamchiliklarini hal etish
Tashkilot faoliyati yuritilish tartibi
Moliyaviy va boshqa turdagi muammolarni hal qilish
Bo’limning shaxsiy yoki maxsus fondi mavjud emas,shuning uchun tashkilot davlat organi hisoblanadi va davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bo’limda ish boshqaruvchi yoki bo’lim boshlig’i davlat idoralari tomonidan tayinlanadi va bosh tashkilot buyruqlari asosida ish ko’radi .
3-mavzu: Boshqarma umumiy strukturasi, boshqaruv organlari, bo’limlari, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyalari bilan tanishish
Bo’limning boshqaruvi ishtirokchi, soha boshqaruvchining oliy organi hisoblanadi.
Bo’limning joriy faoliyatning rahbarlik qilish sohalarning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqarma direktori:
Hayitov Dilshod
Boshqarma bosh buxgalteri:
Salimov Ahadjon
3-chizma. “Uchko’prik tumani Irrigatsiya bo’limi” ning boshqaruv strukturasi
Tashkilot va korxona , muassasalar, jamiyatlarda boshqaruvchi bo’lib direktorlar tayinlanadi.
Men amaliyot o’tagan tashkilotda ham boshqaruvchi bo’lib, direktor hisoblanadi. Bo’limning boshqaruv organlari bo’lib quyidagilar belgilanadi:
a) Ishtirokchilarning umumiy yig’ilishi- oliy boshqaruv organi;
b) Direktor bo’limning ijro etuvchi organi
Ishtirokchilar umumiy yig’ilishining vakolatlari (shu jumladan mutloq vakolatlari), chaqirish, ko’rib chiqish kun tartibiga masalalarni kiritish, qarorlar qabul qilish tartibi va muddatlari O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari va davlat tashkilotlarini boshqarish nizomlari bilan belgilanadi.
Direktorning vakolatlari, muddati, javobgarligi va faoliyat yuritish tartibi:
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, boshqaruv ishlari, direktor va
bo’lim o’rtasidagi mehnat shartnomasi, boshqa mahalliy normativ hujjatlar
bilan belgilanadi.
Bo’limning har bir ishchisi bo’lim ishtirokchilarining umumiy yig’ilishida bo’lim budjet fondiga o’z ulushiga mutanosib ovozlar asnosida hal bo’ladi.
Boshqarma xodimlari umumiy yig’ilishi mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Boshqarma faoliyati asosiy yo’nalishlarini belgilab beradi;
Bo’lim moliyaviy budjetini miqdorini o’zgartirish;
Ma’muriy hujjatlariga o’zgartirishlar kiritish;
Yillik hisobotlarni tasdiqlash;
Boshqarma faoliyati davomida xodimlar xavfsizligini ta’minlash
Bo’lim tizimini qayta tashkil etish;
4-Mavzu:. Boshqarmaning buxgalteriyasi, buxgalteriya apparati strukturasi, bosh hisobchining va buxgalterning funksional vazifalari bilan tanishish
Boshqarma buxgalteriya hisobining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatlarini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb etilgan buxgalter xizmatidan foydalanish, buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ularning buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash shakillaridan birini qo’llagan holda bo’lim buxgalteriyasini yuritadi.
Buxgalteriya hisobida suv xo’jalik faoliyati natijasida sodir bo’layotgan barcha operatsiyalar hujjatlar asosida qayd qilinib boriladi. Suv xo’jaligida operativ rahbarlik va mablag’lar harakatini nazorat qilish uchun shu ma'lumotlardan foydalaniladi.
Lekin tuman, viloyat va respublikamiz taraqqiyotini belgilash uchun har bir xo’jalikning joriy hisob ma'lumotlari hali yetarli emas. Chunki har bir xo’jalik buxgalteriya hisobi ma'lumotlari , faqat shu xo’jalik mulki bo’lgan mablag’lar holati va ularning manbaalarini ifodalaydi.
Misol «asosiy vositalar» schyoti shu xo’jalikda qancha so’mga qanday turdagi asosiy vositalar borligini, ularning operatsiyalari natijasida qanday o’zgarganligini, "Materiallar" schyoti esa shu xo’jalikda qancha so’mlik va qanday turdagi,qancha xom-ashyo materiallar borligini va ularning harakatini bildiradi.
Suv xo’jalikka yaxshi rahbarlik qilish uchun, bu yil iste’mol darajasi va suv zahirasi o’tgan yildagidan ko’pmi yoki kammi, shuningdek xizmat xarajatlari va uning oy, yilda qancha va o`tgan oy, yilda qancha edi , ishlab chiqilgan strukturaning nafliligi ,va uning qay tarzda amaliyotga tadbiq etilishi-yu , aholining suv va texnika iste’moli qandayligi , ulardan qaysi turlari foydaliroq va hakozolar.
Bu savollarga biror hudud bo’yicha javob olish uchun buxgalteriya hisobotlarini umumlashtirish zarur.Chunki shu kabi savollarga o’xshash suv xo’jaligiga rahbarlik qilish uchun kerakli bo’ladigan ko’pgina ma'lumotlarni beradi
Bo’lim rahbari hisobot ma'lumotlari asosida faoliyat natijalarini , mablag’larning joylanish , debitor qarzlarning o’zgarishini va shu kabi ko’rsatkichlarni o`rganadi. Bo’lim xodimlari uchun mehnat haqi va iqtisodiy rag`batlantirishni yaxshilash uchun faoliyat holati va uning o’zgarishi qiziqarli.
Ish faoliyatini tashkil qilib beruvchilar , sohani rivojlantiruvchilar, banklar buxgalteriya hisobotlari ma'lumotlari asosida tashkilotning to’lovga layoqatligini , moliyaviy barqaror rivojlanayotganligini tahlil qiladi.
Shuning uchun ham buxgalteriya hisoboti ma'lumotlari haqqoniy real voqeani (summani) aks ettirishi, daromad va xarajatlar hisobot davriga mos bo’lishi, hisobot ma'lumotlari o’zaro taqqoslama bo’lishlari, hamda o’z muddatida tuzilgan bo’lishi lozim.
Mamlakatimizda “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonunning 11-moddasiga muvofiq xo`jalik yurutuvchi subyektlarda Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi .
Bo’limlar buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish , buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga ( auditorlik tashkilotlari , soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha xizmat ko`rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar ) shartnoma asosida yuklash shakllaridan birini qo`llagan holda korxona buxgalteriyasini yuritadi .
Men tanishuv amaliyoti o`tagan ”Uchko’prik tumani Irrigatsiya tumani” da buxgalteriya hisobini Bo’lim bosh hisobchisi Salimov Ahadjon tomonidan amalga oshiradi .
Bosh hisobchi tashkilot hisoboti va boshqa turdagi maxsus qonun hujjatlari bilan ishlashni o’z zimmasiga olgan hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagilarni ta`minlashi shart :
Hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqilishi
Buxgalteriya hisobi to’liq va ishonchli yuritilishini nazoratga olish
Ichki nazorat tartibini yo’lga qo’yish
Hisob hujjatlarini asl holida va yaxshi saqlanishi
Moliyaviy hisobotning tayyorlanishini tashkil etish
Soliq hisoboti va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishi
Hisob-kitoblarning o’z vaqtida tayyorlanishi
Dostları ilə paylaş: |