Boshqaruvning umumdavlat organlari
R е j a:
1. Boshqaruv tarkibi to’g`risida tushuncha.
2. Boshqaruvning umumdavlat organlari.
3. Boshqaruvning mahalliy organlari.
4. Boshqaruvning tarmoq organlari.
5. Jamoat va o’z-o’zini boshqarish organlari.
Kirish
“Menejment va marketing asoslari” fanining o’qitishdan maqsad talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish uyg’otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug’dirishdir. Chunki hozir boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o’rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona hamda firmalarni iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli sohalarini boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiquvchilar bo’lib etishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi. Menejment va marketing asoslari jamiyatning iqtisodiy negizi bilan o’zaro bog’liq holda ko’rib chiqish lozim, bunda boshqarishning ikki tomoni hisobga olinadi: tashkiliy-iqtisodiy va texnik-iqtisodiy. Menejment va marketingning asosi uning ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga tayangan asl ilmiyligidir. Bu qonunlarni ma’lum sharoitlarda o’qib va o’rganib, xo’jalik rahbarlari Respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiyasi va taktikasini aniqlaydi. Menejment va marketingning davlat miqyosidagi eng pirovard maqsadi bqlib, kuchli demokratik huquqiy davlat va barqaror bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyat qurishdir. Iqtisodiy islohotlarni olg’a surish, iqtisodni umumjahon xo’jaligiga kirib borishi uchun boshqaruv munosabatlari mexanizmini mukammal bilish kerak. Talabalarga tavsiya qilingan bu fanning maqsadi menejment va marketing asoslari tushunchasining asosiy g’oyalarini etkazib berish va barcha bakalavr talabalariga bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv sir-asrorlarini o’rgatish, uni tahlil qilish va kelib chiqqan muammolarni to’g’ri yecha bilish yo’llarini o’rgatishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |