Boshqaruvning umumdavlat organlari


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə3/13
tarix02.06.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#122680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
davlat organ

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti:


  1. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishning kafilidir;

  2. O’zbekiston Respublikasining suvirneneti, xavfsizligi va xududiy yaxlitligini muhofaza etish milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’radi;

  3. Mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;

  4. Muzokaralar olib boradi va O’zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

  5. O’z huzurida akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik va boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

  6. O’zbekiston Respublikasining chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi hamda lavozimlardan ozod qiladi;

  7. Respublika Oliy Majlisiga har yili ichki va xalqaro ahvol xususida ma’lumotnoma taqdim etadi;

  8. Ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; O’zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo’mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni Oliy Majlis tasdig’iga kiritadi;

  9. Bosh Vazir, uning birinchi o’rinbosari, o’rnbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, O’zbekiston Rsepublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdig’iga kiritadi;

  10. Oliy Majlisga Konstitutsiyaviy sud raisi va a’zolari, Oliy sud raisi va a’zolari, Oliy xo’jalik sudi raisi va a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O’zbekiston Respublikasi tabiatini muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi.

  11. Viloyat, tuman, shahar va xo’jalik sudlarining sud’yalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

  12. Viloyat hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni tegishli xalq deputatlari kengashining tasdig’iga qo’yadi; Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o’z sha’ni va qadri-

qimmatiga dog’ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimdan ozod etishiga haqli;

  1. Respublika boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarining qabul qilgan hujjatlarini to’xtatadi va bekor qiladi;

  2. O’zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi; qonunga o’z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo’yish Oliy Majlisga qaytarishga haqli. Agar Oliy Majlis ilgari o’zi qabul qilgan qarorni uchdan ikki qismdan iborat ko’pchilik ovoz bilan tasdiqlasa, Prezident qonunni imzolaydi;

  3. Favqulotda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko’zlab, O’zbekiston rsepublikasining butun xududida yoki uning ayrim joylarida favqulotda holat joriy etadi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O’zbekiston Rsepublikasi, Oliy Majlisining tasdig’iga kiritadi. Favqulotda holat joriy etish shartlari, va tartibi qonun bilan belgilanadi.

  4. Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi; Oliy harbiy unvonlarni beradi;

  5. O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini muhofaza qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug’ilganda urush holati e’lon qiladi, qabul qilgan qarorini uch kun mobaynida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig’iga kiritadi;

  6. O’zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig’i bilan mukofotlaydi, O’zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

  7. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;

  8. Amistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qiladi va O’zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan fuqarolarni avf etadi;

  9. Milliy xavfsizlik va davlat nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, hamda o’z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni hal qiladi.

Perzident o’z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqarishning umumdavlat organlari tarkibiga qonun chiqaruvchi organlar ham kiradi. Qonun chiqaruvchi organ-bu Oliy Majlisdir. Konstitutsiyamizning 76-77 moddalarida shunday deb yozilgan:
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, xududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyalilik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1994 yil 25 dekabrda saylangan bo’lib, mamlakatda demokratiya taraqqiyotining yangi bosqichini o’zida ifodalaydi.
Parlament ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tashkil qilingan. Lavozimi bo’yicha uning tarkibiga rais o’rinbosari, Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyasi raislari, blok va fraktsiyalar vakillari kiradi.
Oliy Majlis tarkibiga quyidagi qo’mitalar faoliyat ko’rsatadi:

  • byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo’yicha;

  • iqtisodiy islohatlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish;

  • qonun chiqarish va sud-huquqiy masalalar bo’yicha;

  • xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo’yicha;

  • sanoat, energetika, tarknsport, aloqa va aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha;

  • agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat bo’yicha;

  • mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo’yicha;

  • qurilish va uy-joy xo’jaligi bo’yicha;

  • matbuot va axborot bo’yicha;

  • mudofa va xavfsizlik masalalar bo’yichcha.

Deputatlik birlashmalarining tarkibi esa quyidagicha taqsimotga ega.
Deputatlik birlashmalari tarkibi




Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin