Boshqaruvning umumdavlat organlari



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə5/13
tarix02.06.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#122680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
davlat organ

Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari. Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi.
Oliy sud fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yuritish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
Oliy xo’jalik sudi xo’jalik sudlov sohasida sud hokimiyatining eng yuqori organi hisoblanadi. Mulchilikning turli shakillariga asoslangan korxonalar muassasalar, tashkilotlar o’rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o’rtasidagi iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo’jalik nizomlarini hal etish Oliy xo’jalik sudi va xo’jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Ma’lumki, iqtisodiy islohatlarning pirovard natijalari uni amalga oshirish ob’ektidan qat’iy nazar (Respublika, tarmoq, korxona), mujassamlangan holda xududiy birlik(viloyat, tuman, shahar)lar darajasida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishining tarmoq tizimidan funktsional tizimiga o’tishi mahalliy boshqarish organlari mavqeini yanada oshirishni taqozo etadi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyaning XXI bobi-“Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” -deb ataladi. Shu bobga binoan 1993 yil 2 sentyabrda O’zbekiston Oliy Majlisi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida” va “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarishi organlari to’g’risida” ikki muhim qonunni qabul qildi. Shu hujjatlar asosida mamlakatimizda oldin amal qilib kelgan uch bo’g’inli mahalliy boshqarish organlari tizimi o’rniga.
Respublikada tumanlarning ikki turi:

  • viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar;

  • shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar; Shaharlarning esa uch turi:

  • tumanga bo’ysinuvchi shaharlar;

  • viloyatga bo’ysinuvchi shaharlar;

  • respublikaga bo’ysinuvchi shaharlar mavjud.

Mahalliy vakillik organlari ikki bo’g’inli tizimining o’rnatilishi bilan cheklanilmay, mavjud xududiy tuzimilarning ham ba’zilarida mahalliy vakillik organlari tuzilmaydigan bo’ldi. Xususan, Konstitutsiya va qonun shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumanga bo’ysinuvchi shaharlarda vakillik organlarining tuzilishini nazarda tutmaydi.
Mahalliy vakillik organlarining ikki bo’g’inli tizimi bag’rida mahalliy bashqarishning ikkita tutash organi faoliyat ko’rsatadi.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysinadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar turkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari bo’lib hisoblanadilar.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo’lib ayni bir vaqtda tegishli xududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.
Ma’lumki, sobiq sho’rolar tizimida mahalliy boshqaruv organlari o’z faoliyatida ko’proq o’zlari rahbarlik qilayotgan xududlar manfaatini ustunroq qo’ysalar, u holda “mahalliychilikda” ayblanar edilar. Shu sababli viloyatlar, tumanlar, shaharlar ishlab chiqarishni rivojlantirishdan va samaradorlikni oshirishdan, milliy daromadda o’z ulushlarining ko’payishidan manfaatdor emasdilar. Bu, o’z navbatida xududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Uzoq vaqt davomida boshqaruv organlari o’z zimmalaridagi muhim
vazifalarni, ya’ni:

  • iqtisodni rivojlanishiga bevosita rahbarlik qilish;

  • ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;

  • mehnat va iste’mol me’yori ustidan nazorat olib borish;

  • aholiga turli xil xizmatlarni ko’rsatish;

  • mulklarni va jamoat tartibini qo’riqlash;

  • tabiat resurslari va atrof muhitni muhofaza etish kabi, vazifalarni etarli darajada bajara olmadi. Natijada viloyat, tuman va shaharlarning tabiiy- iqtisodiy, sotsial salohiyatidan foydalanish past darajada qolaverdi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa har bir xudud o’z iqtisodiy rivojlanishida ko’proq erkinlikka ega bo’lishlari, ishlab chiqarish natijalaridan, avvalo, ushbu xudud aholisi manfaatdor bo’lishi lozim. Ma’lumki Respublikamizda bozor munosabatlariga o’tish jarayoni yangi-yangi ijtimoiy munosabatlarning, ayniqsa, mulk munosabatlarining vujudga kelishiga sabab bo’ladi. O’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlash, xo’jalik yuritishning yangi usullari vujudga keldiki, bularga eskicha usul bilan, eski organlar bilan rahbarlik qilib bo’lmas edi.
Yangi sharoitda, bu ulkan vazifalarni bajaruvchi, mas’uliyatni his qiluvchi davlat organilari zarur bo’lib qoldi. Bunday davlat organi o’zi masalalarni tezkorlik bilan hal qilish qobiliyatiga ega bo’lishi va o’z harakatiga javob bera olishi kerak edi. Ana shularning hammasi mahalliy ijroiya organlarining kollegial organdan vakillikka asoslangan organlariga, ya’ni: yakkaboshchilik printsipi asosida tashkil qilingan organlarning bo’lishini taqazo etdi.
Ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi organning kollegial organdan yakkaboshchilik asosida ish yurituvchi organga aylantirishning yana bir sababi - bir mahalliy boshqaruv strukturasining davlat faoliyatida qo’llanilayotgan hokimiyatning bo’linish printsipi talablariga, ya’ni davlat boshqaruv strukturasiga muvofiqlashtirish zaruriyati edi.
Ijro hokimiyati organi faoliyatida yakkaboshchilikning tiklanishi, o’zbek davlatchiligi milliy an’analarining tiklanishi desa xato bo’lmaydi. Amir Temur davridagi davlatchilikni ko’rsa ham ayrim xududlar, shaharlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. Mashhur Ulug’bek ham o’z vaqtida, ma’lum muddat Toshkent hokimi bo’lib turgan. Hokimlarning davlat boshlig’i tomonidan tayinlanishi ham an’analarimizga mos tushadi.
Konstitutsiyamizning 100 moddasiga binoan mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:

  • qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

  • xududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

  • mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;

  • mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

  • normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bozor islohotlarining birinchi bosqichida markaziy boshqaruv organlarining mavqei yuqori bo’lgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda islohotlarning asosiy yuki mahalliy boshqaruv organlari zimmasiga tushmoqda. Shuning uchun ham iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi va ulardan kutilgan amaliy natijalarga erishuvi ko’p jihatdan kichik xududiy birliklar va ishlab chiqaruvchilarga bog’liq bo’lib qolmoqda.
Chunki bozor iqtisodi infrastrukturasining shakllanishi natijasida tarmoq, vazirliklar boshqaruv tizimining mavqei birmuncha pasayib, mahalliy, xududiy boshqaruv tizimining ahamiyati ortmoqda.
1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi (15.0.97) va “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi (30.09.97) qarorlari ham ana shu yo’nalishdagi muhim hujjatlardan bo’lib, xududlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni boshqarishni takomillashtirish, mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish bilan bog’liq faoliyatlari samaradorligini yanada oshirishni nazarda tutadi.
Mazkur qarorlar mahalliy-xududiy boshqaruv faoliyatini tubdan o’zgartirishga, tumanlar va shaharlardagi iqtisodiy islohotlarni tahlil qilishga va ularni zamonaviy usullar bilan boshqarishga qaratilgan.
Qarorlarning tub mohiyati, eng avvalo, boshqarishning tarmoq tizimidan funktsional tizimga o’tishni joriy etishdan iborat. Ma’lumki, bozor munosabatlarining to’laqonli shakllanishi sharoitida gorizantal xo’jalik aloqalarining kengayishi natijasida markaziy boshqaruv organlarining vakolatlari kamayib boradi. Saqlanib qolgan tarmoq boshqaruv organlari esa mamlakatimizning strategik iqtisodiy siyosatidan jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda:

  • tarmoq rivojlanishi umumiy yo’nalishlarini;

  • ilmiy-texnikaviy siyosatni;

  • chet el investitsiyalarni olib kelish;

  • ekologik muammolarni hal qilish kabi masalalar bilan shug’ullanadi. Makroiqtisodiy rivojlanish masalalari bilan shug’ullanuvchi vazirliklarning ahamiyati ortadi.

Xududiy boshqaruvni takomillashtirishdan asosiy maqsad mahalliy-xududiy o’zini- o’zi boshqaruvni davlat boshqaruvi bilan uyg’un va muvofiq ravishda olib borish, boshqacha qilib aytganda, mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini kuchaytirgan holda ular faoliyatini markaziy davlat boshqaruv organlari tomonidan bilvosita nazorat qilishdir.
Yuqoridagi qarorlarda hokimliklar zimmasiga iqtisodiy-tabiiy salohiyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanib, ulardagi mavjud muammolarni hal qilishda vazirliklar markaziy boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda sotsial-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish, shu maqsadda dasturlar majmuini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Eng muhim masalalardan yana biri - bu hokimliklarga ular xududida joylashgan vazirliklar, respublika tashkilotlarining xududiy bo’linmalari ishini muvofiqlashtirish huquqlari berilganligidir.
Demak, hokimliklar ushbu xududda joylashgan barcha xo’jalik va korxonalar faoliyatini mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan haolda muvofiqlashtiradilar. Bu

  • xududlar ijtimoiy holatini yaxshilashga, eng avvalo, band bo’lmagan aholini ish bilan ta’minlash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishga keng yo’l ochadi.

O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi (02.09.1993) qonuning 24 moddasiga binoan xalq deputatlari viloyat tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga quyidagilar kiradi.

    • hokimning taqdimiga binoan mahalliy byudjet va uning ijrosiga doir hisobotni, xududni rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash;

    • amaldagi qonunlarga muvofiq mahalliy soliqlar, yig’imlar, boj miqdorini belgilash, mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berish;

    • hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash hokimni va uning o’rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarni tinglash;

    • ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;

    • xalq deputatlari Kengashining ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va boshqa komissiyalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

    • xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa

organlarini tuzish, saylash va tugatish: ularning tarkibini o’zgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;

    • qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va muddatidan oldin to’xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;

    • ijroiya hokimiyati bo’limlari, boshqarmalari, boshqa strukturaviy bo’linmalarning hisobotlarini tinglash;

    • xalq deputatlarining so’rovlarini qarab chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;

    • hokimning va qyishi Kengashning O’zbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qilish;

    • hokimning taqdimiga binoan hokimlik strukturasini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlash kiradi.

Bulardan, tashqari xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir o’z vakolatlariga berilgan masalalrni, tashkiliy masalalr va O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq nazorat etishga doir masalalarni hal etadi.
Xududlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish va markaziy boshqaruv organlari vakolatlarining bir qismini asta-sekin mahalliy boshqaruv organlariga berish, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining XXI bobi va “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 30 sentyabr 1997 yiligi “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori bilan:
Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati boshqaruvining tarmoq tizimidan funktsional tizimiga o’tish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.
Qarorda ko’zda tutilgan o’ziga xos jihatlardan biri hokimliklarda tarmoqlar boshqaruv tizimi o’rniga kotibiyatlar tashkil etilganligidir. Bundan maqsad xududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishni ta’minlash, boshqaruvda yaxlitlikka erishish, qabul qilinayotgan qaror va hujjatlar saviyasini oshirish, ularning quyi boshqaruv organlarida izchil bajarilishini nazorat qilishga qaratilgan.
Qarorga binoan shahar va tumanlar hokimliklari apparati zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklangan:

      • xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan kompreks dasturlarni ishlab chiqish hamda xalq xo’jaligi tarmoqlarida islohotlarni chuqurlashtirish va xalq farovonligini oshirishni ta’minlash yuzasidan hukumat va xududlar dasturlarini amalga oshirish;

      • mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

      • xo’jalik yuritish shakllarini takomillashtirish, mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tarkibiy qayta o’zgartirish bo’yicha takliflar tayyorlash;

      • fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

      • qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari va ularning hokimliklarining qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash;

      • moliya va to’lov intizomini mustahkamlash, o’zaro hisob-kitoblarni takomillashtirish;

      • tadbirkorlik va xususiy tashabbusni qo’llab-quvvatlash va sog’lom raqobot muhitini yaratish.

Xulosa qilib aytganda, qabul qilingan mazkur qaror mahalliy-xududiy boshqaruv tizimi vakolatlarini oshiradi, xududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezkor tahlil qilish, markaziy davlat organlari qabul qilingan qonun va qarorlarning bajarilishini o’z vaqtida ta’minlash uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Eng muhimi, yuqori boshqaruv organlariga taaluqli vakolatlarning bir qismini mahalliy boshqaruv tizimiga beradi va ularning javobgarliklarini oshiradi.
1992 yil 4 yanvarda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to’g’risida”gi qonun bilan Respublikamizda mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ - hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga ham boshchilik qilishi belgilab qo’yildi.
Mazkur qonunda birinchi marta qonun me’yorlari darajasida mahalliy davlat organlari vakillik hokimiyati va ijro hokimiyatiga bo’linishi mustahkamlandi.
1991 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyaning 102 moddasida esa quyidagilar ta’kidlandi:

      • vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi;

      • viloyat hokimlari va Toshkent shahri hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengash tomonidan tasdiqlanadi;

      • tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozmidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi;

      • shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Konstitutsiyaning moddasida esa, “Hokim o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli xududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi”, deb ko’rsatilgan.
Hokimlarning aniq vakolatlari O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunning (02.09.93) 25 moddasida yanada batafsilroq keltirilgan.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin