Boshqaruvning umumdavlat organlari


Boshqarishning umumdavlat mahalliy va tarmoq organlari



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə2/13
tarix02.06.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#122680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
davlat organ

Boshqarishning umumdavlat mahalliy va tarmoq organlari


Organ-bu biror boshqaruv tizimi tarkibiga kiruvchi muassasa, tashkilotdir. Boshqarish organi esa ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususan boshqaruv mehnati taqsimoti natijasida vujudga kelgan boshqaruv apparatidir.
Boshqarish apparatini tuzish jarayoni boshqarishning qabul qilingan strukturasi doirasida uning funktsiyalarini amaldagi qoidalariga binoan taqsimlash va vazifalarini aniqlshdan boshlanadi. So’ngra harbir funktsiyalar:

    • guruhi;

    • ularning hajmi;

    • darajasi va bosqichi;

    • ixtisoslashtirilishi;

    • markazlshtirilishi va kooperatsiyalashtirilishi tahlil qilinadi.

Ana shulardan keyin aniq ishlar yo’nalishi aniqlanadi, yangi organ tuzish yoki mavjud bo’linmadan mustaqil organ ajratish, yoxud mavjud organlarga qo’shimcha funktsiyalarni topshirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Boshqarish organlarini tuzishda quyidagi ikki tamoyilga e’tibor beriladi:
Birinchi tamoyil-bu boshqarish doirasi boshqarish normasi cheklashni, ya’ni bir rahbarga muayyan va qat’iy cheklangan xodimlar va bo’linmalar sonining bo’ysinishi nazarda tutiladi. Bunda hozircha yagona normalar belgilanmagan. Ba’zi chet el mutaxassislari bo’ysinuvchi ijrochilar va bo’linmalar soni 5-6 kishidan oshmasligi kerakligini tavsiya qiladilar.
Bizning iqtisodchilar boshqarish normasi 6-12 kishigacha bo’lishi mumkin va master darajasida boshqarilish normasi 30 tagacha ishchi miqdorida belgilash tavsiya etiladi. Amalda esa ularning soni 17 va 20 kishigacha etadi.
Ikkinchi tamoyil-bu boshqarish strukturasidagi ierarxik bosqichlar sonini cheklashni nazarda tutadi. Bizdagi va chet ellardagi amaliyot shuni tasdiqlaydiki, rahbar bilan ishchi o’rtasidagi darajalar 4-5 tadan oshmasligi kerak. Aks holda bosqich va bo’g’inlar sonining ko’payishi natijasida axborotlarning o’tishi sekinlashadi, boshqarishning tezkorligiga va ishonchligiga putr etadi.
Bo’ysinuvchi xodimlar va ierarxik bosqichlar sonini cheklashni ko’zda tutadigan bu ikkala tamoyil bir biriga ziddir. Bo’ysinuvchilar sonini oshirib, bosqichlar soini kamaytirish va aksincha qilib boshqarish strukturasini takomillashtirish mumkin (3.9-javdvalga qarang).
Mamlakatimizning ulkan xududida murakkab xalq xo’jaligini boshqarish uchun ko’p tarmoqli boshqaruv-organlari tuzilgan. Ular respublika miqyosidagi oliy vakolatli organlar bo’lib tarkibi quyidagilardan iborat.
Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi Konstitutsiyamizning 11-moddasi bilan qonunlashtirilgan. Bu organlarning har biri o’zaro chamabarchas harakat qilishi bilan birga o’z vakolatlari doirasida mustaqil va erkin faoliyat ko’rsatadilar. Bu esa hokimiyatning bitta organ ixtiyoriga haddan tashqari mujassam bo’lmasligini ta’minlaydi, ularning xalq va qonun oldidagi huquqlarini aniq taqsimlab berishga xizmat qiladi. Boshqaruvning eng tepasida Prezident turadi. Bosh Komusimizning 89- moddasida shunday deyilgan:
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda vazirlar mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Prezident O’zbekiston Respublikasi tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan- to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan besh yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyamizning 93-moddasiga binoan. Prezident quyidagi vakolatlarga ega.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin