O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi



Yüklə 249,23 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.06.2020
ölçüsü249,23 Kb.
#31786
sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish
sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish

 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



 

OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti 

 

 



PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

 

“Boshlang’ich ta’limda gumanitar fanlarni o’qitish uslubiyati” kafedrasi 

 

5141600- Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo’nalishi 3-kurs talabasi 



 

Xolbekova Dilnavozning 

 



Ona tili o’qitish metodikasi

” 

 

fanidan 

 

 



KURS ISHI 

 

 



 

 

MAVZU: “Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish” 

 

 

 



 

Ilmiy rahbar:              k.o’qit. X.Xo’janov 

 

 

 

Samarqand-2011 

 



REJA 



 

I.KIRISH 

          II. ASOSIY QISM  

 

1.bob. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish metodlari 

 

1.1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari. 

 

1.2. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish usullari. 

 

2.bob. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etish bosqichlari   

 

2.1.Sinfdan tashqari o’qishda yosh xususiyatlarini hisobga olish 

2.2. Sinfdan tashqari o’qish darslarining namuna-ishlanmasi  

III.XULOSA. 

 

Adabiyotlar ro’yxati  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 



I.KIRISH 

 

MAVZUNING  DOLZARBLIGI.  Boshlang’ich  sinflarda  sinfdan 

tashqari  o’qishga  kichik  yoshdagi  o’quvchilarni  ona  tilini  puxta  o’zlashtirishga 

tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning 

muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan  tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi 

o’quvchilarni  bolalar  adabiyoti  va  xalq  og’zaki  ijodining  xilma-xil  namunalari  bilan 

tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir. 

Sinfdan    tashqari  o’qish  dasturining  mazmuniga  ko’ra  ta’limning  har  bir 

bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi: 

1-bosqichda  o’qish  doirasi,  ya’ni  o’qitiladigan  kitoblar  va  ularni  qaysi  tartibda 

o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. 

2-bosqichda  shu  o’quv  materiallari  asosida  bilim,  ko’nikma  va  malakalar 

shakllantiriladi. 

Umumiy  o’rta ta’limning Davlat standartlari  va  o’quv  dasturiga ko’ra 1-sinfda 

sinfdan  tashqari  o’qish  mashg’ulotlarida  savod  o’rgatish  darslarida  hosil  qilingan 

ko’nikma  va  malakalar  asosida  bolalarning  ona-vatan,  istiqlol,  milliy  qadriyatlar 

haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi. 

 

MAVZUNING  ISHLANGANLIK  DARAJASI.  Umumiy  o’rta  ta’limning 

Davlat  standartlari  va  o’quv  dasturiga  ko’ra  1-sinfda  sinfdan  tashqari  o’qish 

mashq’ulotlarida  savod  o’rgatish  darslarida  hosil  qilingan  ko’nikma  va  malakalar 

asosida  bolalarning  ona  vatan,  istiqlol,  milliy  qadriyatlar  haqida  ta’lim  sohasida 

Q.Shodiyeva, 

F.R.Qodirova, 

M.R.Qodirova, 

Y.Razbayeva, 

Q.Abdullayeva, 

K.Nazarov,  Sh.Yo‘ldosheva,    K.Qosimova,    S.Matchonov,  Sh.Sariyev,  O.Roziqov, 

M.Mahmudov,  B.Adizov,  A.Hamroyev  va  boshqalar  qator  o‘quv  qo‘llanmalar, 

darsliklar,  uslubiy  qo‘llanmalar  yaratganlar.  Yuqorida  keltirilgan  olimlarimizdan  Q. 

Shodiyeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, SH.Yo‘ldoshevalarning maktabgacha ta’limda 

va  umuman,  savod  o‘rgatish  metodikasi  bo‘yicha  olib  brogan  ishlarini  alohida 



 

ta’kidlab  o‘tish  maqsadga  muvofiqdir.    Chunki,  aynan,  ularning  olib  borgan 



tadqiqotlari bolalarni savodga o‘rgatish sohasida katta ahamiyatga egadir.  

TADQIQOTNING  OB’EKTI.  Sinfda  va  sinfdan  tashqari  o’qish  darslari 

boshlang’ich  sinflarda  o’tiladigan  barcha  predmet  dasturlarining  bo’limlari  bilan 

bevosita  bog’liq  mashg‘ulotlarning    yangiligini  ta’minlashga  qaratilgan  innovatsion 

texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayoni tadqiqotimizning ob’ektini tashkil etadi. 



TADQIQOTNING 

PREDMETI. 

Sinfdan  tashqari  o’qish  darslari,o’qish 

samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan 

tashqari  o’qish  darslari  boshlang’ich  sinflarda  o’tiladigan  barcha  predmet 

dasturlarining  bo’limlari  bilan  bevosita  bog’liq.  O’qish  darslarida  o’tilgan  mavzular 

asosida  badiiiy  kitiblar  axtarish,asar  qahramonlarining  nomlarini  yozish,ularni 

tasvirlab  berish,ijodiy  rasm  ishlash,fikrni  yakunlash  uchun  mos  maqollar  yod  olish 

ko’nikmalarini  shakllantirish  dolzarb  metodik  manba  ekanligini  aniqlash,  ularning 

didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.  

TADQIQOTNING  MAQSADI.  Sinfdan  tashqari  o’qish  mashg’ulotlarida  va 

unga  ma’lum  bir  o‘zgartirishlar  kiritishda  yangi  pedagogik  texnologiyalardan 

foydalanishning  samarali  usullarini  shakllantirish  kurs  ishi  mavzusi  bo‘yicha  olib 

borayotgan tadqiqot ishimizning maqsadi hisoblanadi. 



TADQIQOTNING VAZIFASI: Yuqorida oldimizga qo‘ygan maqasadimizdan 

kelib chiqib: 

1.  Kurs ishida tanlangan mavzu bo‘yicha ijtimoiy-pedagogik, falsafiy-ma’rifiy, 

ilmiy-metodik 

hamda  o‘quv  adabiyotlarni  o‘rganib  chiqish  va 

umumlashtirish. 

2.  Sinfdan  tashqari  o’qish  mashg’ulotlari  o’qish  darslariga  oid  mashg‘ulotlari 

bilan ishlash jarayonini o‘rganish va tahlil qilish. 

3.  Mavzuga  oid  ilmiy  metodik  manbalarni  o‘rganish  va  tahlil  qilish  asosida 

sinfdan  tashqari  o’qish  mashg’ulotlarini  shakllantirishga  oid  mashg‘ulot 



 

mazmuni,  maqsadi  va  qurilishini  o‘rganish  hamda  qayta  takomillashtirish 



dolzarb nuammo ekanligini aniqlash. 

4.  Sinfdan 

tashqari 

o’qish 


mashg’ulotlariga 

oid 


mashg‘ulotlarning 

samaradorligini  oshirishga  yo‘naltirilgan  yangi  pedagogik  texnologiyalar 

asosida dars ishlanmalarini yaratish. 

TADQIQOT ISHINING ILMIY FARAZI.  

-  Sinfdan  tashqari  o’qish  mashg’ulotlarini  shakllantirishga  oid  mashg‘ulotlar 

bugungi davr va bugungi kun bolasi nuqtai nazarini hamda uning individual, 

yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish; 

-  Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari

 

shakllantirishga oid mashg‘ulotlarning 



izchil tizimi yaratish; 

-  Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarini shakllantirishga oid mashg‘ulotlarni 

takomillashtirishning yangi-yangi usullari o‘ylab topish; 



TADQIQOTNING 

METODOLOGIK 

ASOSLARI. 

O‘zbekiston 

Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”, 

prezidentimiz I.A.Karimovning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh 

qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, qarashlar, ta’lim 

jarayonini  takomillashtirishga  yo‘naltirilgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining qarorlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, ilmiy-metodik manbalar.   

TADQIQOT  ISHINING  ILMIY  AHAMIYATI.  Ushbu  kurs  ishini  bajarish 

natijasida  boshlang’ich  sinflarda  sinfdan  tashqari  o’qishga  kichik  yoshdagi 

o’quvchilarni  ona  tilini  puxta  o’zlashtirishga  tayyorlashning  ajralmas  qismi,ta’lim 

jarayonida  ularni  ahloqiy-estetik  tarbiyalashning  muhum  vositasi    sifatida 

qaraladi.Sinfdan  tashqari  o’qishning  maqsadi  kichik  yoshdagi  o’quvchilarni  bolalr 

adaboyoti  va  xalq  o’gzaki  ijodining  xilma-xil  namunalari  bilan  tanishtirish,ularda 

kitobxonlik  madaniyatini  tiklashga  oid    mashg‘ulot  ishlanmalarini,  uning  maqsadi, 


 

mazmuni, tipi, qurilishiga oid yangi tushunchalari bilan boyitishning didaktik asoslari 



ko‘rib chiqildi hamda ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitish nazarda tutildi. 

TADQIQOT  ISHINING  AMALIY  AHAMIYATI.  Tadqiqot  natijasida 

aniqlangan  ilmiy  yondashuvlar,  ishlab  chiqilgan  tavsiyalardan  nutqning  tovush 

madaniyatini  shakllantirishga  oid  mashg‘ulotlarini  boyitish,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalarida  olib  boriladigan  turli  o‘quv  pretmetlarini  takomillashtirish  hamda  

bolalarni  maktabga  tayyorlashda,  ularning  bilimini  o‘stirishda,  malakasini  oshirishda 

keng foydalaniladi. 



KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, 

har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.   



 

 

 

  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



1.bob. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etish metodlari 

Boshlang’ich  sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik  yoshdagi  o’quvchilarni 

ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni 

ahloqiy-estetik  tarbiyalashning  muhum  vositasi    sifatida  qaraladi.Sinfdan  tashqari 

o’qishning  maqsadi  kichik  yoshdagi  o’quvchilarni  bolalr  adaboyoti  va  xalq  o’gzaki 

ijodining  xilma-xil  namunalari  bilan  tanishtirish,ularda  kitobxonlik  madaniyatini 

tiklashdan  iboratdir. 

 

Sinfdan  tashqari  o’qish  dasturining  mazmuniga  ko’ra  ta’limning  har  bir 



bosqichida ikki-asosiy bo’limga ajratiladi. 

 

 1-boshqichda o’qish doirasi,ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda 



o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi. 

 

2-bosqichda  shu  o’quv  materiallari  asosida  bilim,ko’nikma  va  malakalar 



shakllantiriladi. 

 

Umumiy  o’rta  ta’limning  Davlat  standartlari  va  o’quv  dasturiga  ko’ra  1-sinfda 



sinfdan  tashqari  o’qish  mashq’ulotlarida  savod  o’rgatish  darslarida  hosil  qilingan 

ko’nikma  va  malakalar  asosida  bolalarning  ona  vatan,istiqlol,milliy  qadriyatlar 

haqidagi tasavvurlari  kengay-tiriladi,boyitiladi. 

 

Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik savodlari 1-sinfda haftada 1 marta savod 



o’rgatish  darslarining  20    daqiqasida  bolalar  badiiy  adaboyoti  bilan 

tanishtiriladi.Maqsad  kichik  yoshdagi  bolalarda  kitobga  mehr  uyg’otish,  mustaqil 

uquvlarini  paydo  qilishdir.Asosan  bu  sinf  o’quvchilariga  kitob  bilan  muamola 

qilish,kitob  o’qish  qolidlari,  kitobni  asrash,asar  qhramonlarining  hatti-harakatlarini 

kuzatish,ijobiy  tamonlarni  o’rgamnish,obrazli  qilib  qayta  hikoya  qilib  berish, 

bilim,ko’nikma  va  malakalarini  shakllantirishdir.Bu  sinf  o’quvchilari  uchun  asosan 

rasmlarga  boy  kitoblar  olinadi.O’qituvchi  bolalarning  his-tuyg’ularini  o’stiradigan 

kitoblarni 

o’qib 

berish 


orqali 

mustaqil 

mamlakatimiz,uning 

go’zal 


shaharlari,qishloqlari,milliy 

urf-odatlari,qadriyatlari,o’tmishi,insonlarning 

orzu-

istaklari bilan tanishtiradi.Ularda bilimga havas uygotadi. 



 

 



2-sinfda  o’quvchilar  kichik  hajmdagi  asarlarni  o’qituvchining  yordami  va 

topshirrigi  asosida  mustaqil  o’qishga  o’tadilar.Bu  sinfda  2  haftada  bir  marta  sinfdan 

tashqari 

o’qish 


darlari 

o’tkaziladi.Ona-Vatan 

va 

ota-bobolar 



jasorati,o’simliklar,qushlar  hamda  hayvonlar  haqidagi  asarlarini  o’qituvchi 

topib,tanlab o’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qiladi. 

 

3  va  4-sinflarda  sinfdan  tashqari  o’qish  mashg’ulotlarida  o’quvchilarning 



mustaqil  o’qishlari  uchun  kishilarninig  hayoti,yorqin  tasvirlardan,ularning  ma’naviy-

ahloqiy turmush tarzi aks rttirilgan badiiy va ilmiy-ommobop asarlar tavsiya etiladi.3-4 

sinflarda  sinfdan  tashqari  o’qish  darslari  ikki  harflarda  bir  marta    o’tkaziladi.Bu 

sinflarda  o’qituvchi  sinf  kutubxonasida  kerakli  bo’lgan  o’quvchilar  yoshiga  mos 

kitoblarni  o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi.Bu sinflarda o’qituvchi sinf 

kutubxonasiga  kerakli  bo’lgan  o’quvchilar  yoshiga  mos  kitoblarni  to’plashni  davom 

ettiradi.Sinfdan  tashqari  o’qish  burchagi  turlicha  bezatishi  mumkin.Bunda  o’qituvchi 

va  o’quvchilar  hamkorlikda  ish  olib    boradilar.Badiiy  va  ilmiy-ommsbop  asarlar 

mustaqil  ravishda  va  izchil  oqib  borilsagina,o’quvchilarning  dunyoqarasglarini 

kengaytirishga,shakllantirishga xixmat qiladi. 

 

Sinfdan  tashqari  o’qish  bolalarda  ezgulikka  muxabbat,yozuvlikka  nafrat 



uyg’otish,boglanishli nutqni o’stirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat 

qiladi.Bolalr  adabiyoti  avvalo  o’zining  qiziqarli  mazmuni,badiiy  obrazlarning 

go’zalligi,tilning ifodaliligi,she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch 

bahsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.Bolalar adabiyoti 

o’quvchilarga jonajon o’lka, tabiyatini,kishilarning mehnati,hayoti,ularning qilayotgan 

ishlari 


va 

ko’rsatayotgan 

qahramonliklari,bolalar 

hayotidan 

olingan 

voqelikni,bolalarning o’yinlarini tushunshga o’rgatadi. 



 

 

 

 

 

 



1.1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari. 

 

Xalqimimzning  tarixi,uning  urf  odatlari,moddiy  va  ma’naviy  boyliklari,barcha 



orzu  istaklari    yillar  davomida  yaratilgan  ertaklarda  saqlanib  kelmoqda.Kishilar  o’z 

orzu  havaslarini  yosh  avlodlarda  il-qizlarida  ko’rishni    istaydilar.Shu  sababdan  ham 

o’quvchilarga  ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi.Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni 

yengishga,botir,jasur 

bo’lishga  intiladilar.O’quvchilar  yer  yuzidagi  barcha 

insonlarning  men  bir  bo’lagiman,men  o’z  xalqimga  qilayotgan  ishlarim  bilan  ularga 

munosib  bo’lib  ulg’ayishim  kerak  desalargina  o’z  xalqini  munosib  farzandlari  bo’la 

oladilar.Ertaklar  yosh  avlodni  ana  shu  ruhda  tarbiylaydigan  baynalminal  badiiy 

quroldir.”Uch og’ayni botirlar”,”Zumrad va qimmat”,”Egri va To’g’ri” kabi bir qator 

ertaklar  o’quvchilarning  sevimli  ertaklaridir.O’quvchilar  bu  ertaklardan  kishi  o’z 

mehnatiga ishonib yashashni kerakligigini,birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik 

kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushinib yetadilar. 

 

“Ur  to’qmoq”  ertagining  bola  harakterining  shakllanisida  alohida  o’rni  bor: 



ertak  yaxchiga-yaxshi,yomonga-yomon  bo’lish  kerak  degan  muhim  qoidani  o’rtaga 

tashlaydi.Haqiqatdan  ham  xalqimizning  “Qaynar  xumcha”,”Ochil  dasturxon”larini 

zo’rovonlik  bilan  tortib  oladigan  shaxslarga  nisbatan  “Ur  to’qmoq”larni  ishlatish 

zarurligini uqtiradi. 

 

Sinfdan  tashqari  o’qish  mashg’ulotlari  o’qish  darslari  bilan  bog’lab  olib 



boriladi.O’quvchilar  o’qituvchi  rahbarligi  ostida  avval  mavzuga  oid  bir  necha  kitob 

bilan  tanishsalar,so’ngra  bolalarning  qiziqishlariga  yaqin  har  xil  mualliflarning  bir 

mavzuga  doir  kitoblarini  mustaqil  tanlab  olishga  o’tadilar.Bunga  asosan  o’qituvchi 

o’quvchilar  bilan  maktab  kutubxonasiga,3-4-  sinflardan  boshlab  tuman  yoki  shahar 

kutubxonasiga  sayohat  uyushtirib,bolalar  adabiyoti  bilan  muntazam  tanishtirib 

boraradi.Shuningdek  bolalar  gazeta  va  jurnallari  ham  o’quvchilarga  ertak,hikoyalar 

o’qishga yordam beradi. 

 

Sinfdan  tashqari  o’qish  darslari,o’qish  samaradorligini  ijobiy  tomonga  ta’sir 



qilishning eng  qulay  usulidir. Sinfda  va sinfdan tashqari  o’qish  darslari  boshlang’ich 

sinflarda  o’tiladigan  barcha  predmet  dasturlarining  bo’limlari  bilan  bevosita  bog’liq. 



 

10 


O’qish  darslarida  o’tilgan  mavzular  asosida  badiiiy  kitiblar  axtarish,asar 

qahramonlarining  nomlarini  yozish,ularni  tasvirlab  berish,ijodiy  rasm  ishlash,fikrni 

yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. 

 

Har  bir  sinfda  sinfdan  tashqari  o’qilgan  barcha  asarlarni  o’quvchilarga  mos 



ravishda 

biror 


voqeani 

sahnalashtirish 

mumkin.Bu 

boladagi 

nutqni 

rivojlantirishga,lug’at  boyligini  oshirishga  yordam  beradi.Shungdek  sahnalashtirilgan 



asarni tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati 

o’sadi.Hatto    sahnalashtirish    o’quvchini  har  tomonlama  yo’naltiradi,ya’ni  aktiyorlik 

qobiliyatini  rivojlantiradi,suxandonlik,rejissorlik  kabi  kasblarda  ilk  tasavvurlarni 

o’rgata  boshlaydi.Asarni  sahnalashtirishga  davrida  albatta  o’qituvchi  rahbarlik 

qiladi.O’quvchilar ifodali o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga,badiiy 

asarga havas,uni o’qib o’rganishga intilish uyg’toadi.Sinfdan tashqari o’qish darslarida 

o’qituvchi  o’quvchilarni  bolalar  yozuvchilari  va  shoirlar  bilan  tanishtirib  borishi 

lozim.Q.Muhammadiy,P.Mo’min,Z.Diyor,A.Obidjon  kabi  yozuvchi  va  shoirlarning 

asarlari  o’quvchilarda  katta  qiziqish  uyg’otadi.Shuning  uchun  har  bir  maktab,  ta’lim 

muasssasi  o’quvchilar  o’rtasida  turli  mavzularda    ijod  ahli  bo’lgan  shoir  va 

yozuvchilar  bilan  uchrashuvlar  tashkil  etib  turishlari  kerak.Bunday  uchrashuvlar 

o’quvchilarni  vatanni  madh  qilishga  uni  sevib  ardoqlashga  chaqiradi.Kitobni,asarni 

qanday  paydo  bo’lishini,uni  hurmat  qilish,  asrab-avaylashni  o’’rgatadi.Shunday  qilib 

badiiy  adabiyot,bolalar  adabiyoti  voqelikni  haqqoniy  aks  ettirish,yorqin  obrazlar 

yaratish  bilan  bolalarda  estetik  did  va  ahloqiy  sifatlarni  mujassamlashtradi.Ularda 

hayot  go’zalligini  idrok  etishga  o’rgatadi.So’z  san’ati  badiiy  asarda  o’z  ifodasini 

topadi.Xalq  badiiy  so’zning  yosh  avlod  tarboyasidagi  kuch-qudrati  va  jozibasiga 

qadim  zamonlardanoq  e’tibor  berib  kelingan.Badiiy  so’z  xalqning  barcha  madaniy 

boyliklarini  abadiylashtirgan.Buning  uchun  esa  o’quvchi  albatta  og’zaki  xalq  ijodni 

yaqindan  o’rganishi  lozim.Ertaklar-yaxshilikka    yetaklar  deganlariday  o’quvchi 

ertaklar  bilan  tanishar  ekan  mard,jasur,vatanparvar,mehribon  bo’lishga,topishmoqlar 

o’qir  ekan,topog’on,bilimdon,zukko  bo’lishga  intiladi.Shu  bilan  bir  qatorda  sinfdan 

tashqari  o’qish  darslarini    samaradorligini  o’stirishda  “Sinfdan  tashqari  o’qish” 


 

11 


burchagini  yuritish  juda  katta  ahamiyatga  ega.Chunki  “Sinfdan  tashqari  o’qish 

burchagi  turlicha  bezatilishi  mumkin.Bu  ishlar  o’quvchilarning  ilg’or  pedagogik 

mahoratiga  va  ijodkorligiga  bog’liqdir.”Sinfdan  tashqari  o’qish  burchagi”  qanday 

bezatilmasin,u  yerda  topshiriq,,rasm  va  shu  kabilarni  ishlab  ilib  qo’yish  uchun  taxta 

yoki  kitob  javoni  bo’lishi  shart.(150x100)  kattalikdagi  stend  devorga  qistirilib,uning 

tepa  qismiga  “Sinfdan  tashqari  o’qish  burchagi”  deb  yozub  qo’yiladi.O’quvchilar  

navbatdagi  sinfdan  tashqari  o’qish  darsigacha  o’qishlari  uchun  tavsiya  etiladigan 

adabiyotlar  ro’yxati  unga    joylashtirilishi  mimkin.  Masalan:“  Do’stlik”  mavzusida 

sinfdan tashqari o’qish burchagi tashkil qilsak ishni quyidagicha bajaramiz. 

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar: 

 

____________________________ 



1.”Laylak bilan tulki” O’zbek xalq ertagi. 

2.”Arslon bilan it”. Lev Tolstoy. 

3.”Kapalak” Zulfiya. Sherlar to’plami. 

4.”O’tinchi yigit bilan sher” ertak. 

5.”Ko’ngilchan o’tinchi” ertak. 

6.”Asalari bilan pashsha” ertak.  

Ertak asosida chizilgan  sur’atlar va 

aplikassiyalar. 



_______________________________ 

 

O’qilgan adabiyotlar. O’quvchilar    

                         tavsiya qiladigan 

                         adabiyotlar. 

 

 

O’quvchilar  ikki  xafta  davomida  kitoblar  bilan  tanishadilar.O’zlariga  yoddan 



asar qaxramonlarining rasmlarini chizadilar,aplikasiyalar bilan  bezatilgan rasmlar ham 

tayyorlashlari  mumkin.Xafta  yakunida  o’qigan  kitoblari  asosida  sahna  ko’rininshlari 

tayyorlaydilar,monolog 

va 


diologlar 

o’iydilar.Savol-javob,test 

uslublaridan 

foydalanadilar. 

 

Darsllar  jarayonida  o’zgangan  xalq  maqollari,hikmatli  so’zlar,tez  aytishlardan 



foydalanib  o’quvchilarning  o’g’zaki  nutq  ko’nikmalarini  shakllantiish,mustaqil 

fikrlash qobiliyatlarini  o’stirishga ega bo’ladilar. 

Masalan:”Mexnatsevarlik”  mavzusida  quyidagi  interfaol  uslublardan  foydalanish 

mumkin. 


 

12 


 

Mehnat-mehnatning......raxat 

Mehnat.... keltirar 

Xunar-xunardan .....unar 

Ishlagan tishlaydi, 

Ishlamagan ...... 

Ishlaganing uyingga, 

o’rganganing ........ 

Halol mehnat yahshi odat, 

berar senga ....... 

Yigit kishiga ....... 

Xarakating erta bo’lsa 

Kyzda ......o’rasan. 

Gap bilan ....... berma, 

Ish bilan dalda ber 

Mehnat bersa to’yimli. 

 

Kelajagimiz  bo’lgan  yosh  avlodni  milliy  qadriyatlarimizni  bilgan  holda  aqlan 



yetuk,  jismonan  sog’lom  qilib  tarbiyalash  biz  murabbiylar,  ustozlar  zimmasidadir. 

Shunday  ekan  mashaqqatli,  ammo  sharafli  kasbimizni  bajarishda izlanuvchan  ijodkor  

bo’lishimiz  zarurdir.Chunki  yurtboshimiz  aytganidek,  ”Farzandlarimiz  bizdan  ko’ra 

kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli bo’lishlari shart” 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

13 


2.1.Sinfdan tashqari o’qishda yosh xususiyatlarini hisobga olish 

Maktabdagi  tarbiya  ishlari,  avvalo  ta’lim  jarayonida  amalga  oshiriladi. 

O’qituvchi    o’quvchilarga  ta’lim  berishda  faqat  ma’lum  bilimlargagina  berish  bilan 

cheklanmay,  ularda  kuchli  e’tiqod,  iroda  va  xarakter  sifatlarini  ham  tarkib  toptirishi, 

qobiliyat va iste’dodlarini o’stirish kerak. 

 

Maktabda ta’lim- tarbiya ishlarini yaxshilashda, o’quvchilarning har tomonlama 



kamol  topishida  sinfdan  tashqari  o’qish  darslarini  muntazam  ravishda  o’tkazib  turish 

yoshlarning hayotda o’z o’rinlarini egallashlarida muhim ahamiyatga egadir. 

 

Bolalar  va  o’smirlar  ta’limga  bo’lgan,  yakka  tartibdagi  ortib  boruvchi  talab 



ehtiyojlarini undirish ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat 

organlari  jamoa  tashkilotlari  shuningdek  boshqa  yuridik  va  jismoniy    shaxslar 

madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari 

va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.  

 

Maktabdan  tashqari  ta’limni  rivojlantirish,    uning  tuzilmasi  va  mazmun, 



mundarijasini  takomillashtirish  vazifalarini  hal  etish  uchun  quyidagilarni  amalga 

oshirishi  kerak:  ta’lim  berish  va  kamol  toptirishga  yo’naltirilgan  xizmatlar 

ko’rsatuvchi  muassasalar  tarmog’ini  kengaytirish  va  bunday  xizmatlar  turlarini 

ko’paytirish; 

 

Milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg’or tajribani inobatga 



oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish; 

 

O’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va 



jismoniy  tarbiya  sog’lomlashtirish  tadbirlarining,  bolalar  turizmining,  xalq 

xunarmandchiligining  mavjud  turlari  va  shakllarini  tiklash  hamda  amaliyotga  joriy 

etish. 

 

Sinfdan  tashqari  o’qishning  asosiy  maqsadi,  o’quvchilarni  kitoblarga,  badiiy 



asarlarga  qiziqishlarini  oshirish,  bilimlari  asosida  kitob  ustida  ishlash  yuzasidan 

ko’nikma  va  malakalar  hosil  qilish,  dunyoqarashi  va  nutqlarini  o’stirish  hamda 

kutubxonada  mustaqil  ishlash  tajribalarini  paydo  qilishdan  iboratdir.  Boshlang’ich 


 

14 


ta’lim  va  nutq  o’stirish  dasturida  sinfdan  tashqari  uqishning maqsadi  o’quvchilarning 

bilimlarini  kengaytirish,  kitobga      va  bilim  olishga  havasini  tarbiyalash,  kitob  bilan 

mustaqil  ishlash  malakasini  takomillashtirish,  ularning  kitob  o’qishga  qiziqishlarini 

oshirishdir. 

 

Bu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  yosh  kitobxonlarda  kitobni  mustaqil 



o’qishga  havas  uyg’otish;  yosh  xususiyatlariga  mos  bo’lgan  adabiyotlar  va  ularning 

turlari bilan o’quvchilarni tanishtirish, mustaqil o’qish uchun kitob tanlash, tanlangan 

kitoblarni  ongli  ravishda  o’qib,  o’qilganlarning  mazmunini  idrok  etish,  fikrlash, 

mulohaza  yuritishga  o’rgatish  talab  etiladi.  Sinfdan  tashqari  o’qish  uchun  kitob 

tanlashda uning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor beriladi. 

 

Sinfdan  tashqari  o’qish  sinfdagidek  dars  shaklida  emas,  balki  suhbat,  ertaklik, 



mustaqil  o’qish  kabi  turli  ko’rinishlarda  amalga  oshiriladi.  Ammo,  o’qish  dasturidagi 

talablar asosida, sinfdagi dars mashg’ulotlari bilan bog’liq holda o’quvchilar bilimini  

kengaytirish, o’qish ko’nikma va malakalarini o’stirish maqsadida guruh tartibda olib 

boriladi. 

Sinfdan  tashqari  o’qish  uchun  o’zbek  xalq  og’zaki  ijodi  materiallari,  o’zbek 

bolalar  yozuvchilari  asarlari  va  O’zbekiston  tabiati  manzaralari  asos  qilib  olinadi. 

Sinfdan  tashqari  o’qish  bolaning  sinfda  olgan  bilimlarini  chuqurlashtiradi.  O’quvchi 

maktabga qadam qo’ygan kundan boshlab kitobni mustaqil o’qish malakalari shakllana 

va bosqichli amalga osha boradi. 

 

 



1. T a y yo r l  o  v      b o s q i ch i: 

 

 



 

Bu  1-sinfning  savod  o’rgatish  davriga  to’g’ri  keladi.  Unga  darsning  bir  qismi 

17-20  daqiqasi  ajratilgani  uchun  STU  mashg’uloti  deb  yuritiladi.  Uning  o’ziga  xos 

xususiyatlari  shundaki,  o’qituvchi  asarni  o’zi  tanlaydi,  asarning  kichik  hajmda 

bo’lishiga  va  boshqa  kitob  tanlash  tamoyillariga  e’tibor  beradi.  Asarni  o’zi  o’qib 

beradi.  O’quvchilar  asarni  eshitishga,  eshitganlarini  idrok  etishga,  ularga  soddagina 

baho  berishga,  asar  mazmuni  bilan  sarlavhasining  mosligini  aniqlashga  o’rgatiladi, 


 

15 


asar  mazmunini  hikoyalab  berishga  o’rgatiladi.  O’qish  gigienasi,kitobga  qanday 

munosabatda bo’lish bilan tanishadilar. 

 

 

 



2. B o sh l a n g’ i ch      b o s q i ch: 

 

 

1-sinfning  2-yarim  yilligiga  to’g’ri  keladi.  1  va  2  –bosqichdagi  STU  haftada  1 



marta o’tkaziladi. Boshlang’ich bosqichda 45 daqiqalik dars ajratiladi. Tanlangan asar 

yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson 

o’qiladigan  o’rinlarini  bo’sh  o’qiydigan  o’quvchilarga  o’qitish  mumkin.  Bu  ularda 

o’qishga  qiziqish  uyg’otadi.  Asar  o’qilgan  o’quvchilar  asar  nomini,  muallifi  bilan 

tanishadilar,  rasmlarini  tomosha  qiladilar,  kitobxonlik  daftarlariga  u  haqida  qisqa  va 

soddagina qilib muallif, asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. 

 

 

3. A s o s i y      b o s q i ch: 



 

 

2-4  sinfga  to’g’ri  keladi.  Bu  davrda  o’quvchilarning  o’qish  malakalari 



mustaqkamlanadi.  Bu  bosqichda  o’quvchilarning  sinfdan  tashqari  o’qiganlariga  baho 

quyiladi.  Baho  qo’yishda  dastur  talablariga  asoslaniladi:  sinfning  umumiy  ishlariga 

qatnashishi,  o’qigan  kitoblarining  sifat  o’zlashtirishiga  miqdoriga,  o’qigan  kitobiga 

munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir 

bir  necha  asarlarni  o’qib  keladilar,  ularning  ayrim  o’rinlarini  ifodali  o’qib  beradilar, 

o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar. 

 

STO’  darslarini  xususiyatlari.  STO’  bosqichlari,  dastur  talablari,  tarbiyaviy 



vazifalari,  o’quvchilarning  qiziqishlari  bilan  belgilanadi.  Masalan,  tayyorlov 

bosqichida  kichik  hajmdagi  asarni  o’qituvchi  o’qib  bersa,  o’qilganlari  yuzasidan 

suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir 

xil  kitob  bilan  ta’minlanadi,  barcha  o’quvchilar  bitta  matn  ustida  ishlaydilar.  Bunda 

bitta  yozuvchi  yoki  bir  mavzudagi  asarlar  ko’rgazmasi  tashkil  qilinadi.  Asar  ichida 

o’qishga  topshirilishi  ham  mumkin,  al’bomlar  tayyorlanadi,kinofil’m,diafil’mlardan 



 

16 


parchalar  ko’rsatiladi,  musiqiy  daqiqalar  o’tkaziladi,  asar  mazmuni  yuzasidan  ijodiy 

rasmlar  chizdiriladi,  kitobni  saqlash  maqsadida  kitobni  yamash,  urash  o’rgatiladi, 

«ertaklar bayramlari», «Ifodali o’qish konkursi» o’tkaziladi. 

 

Asar  tahliliga  doir  ishlar  kengaytiriladi,  o’quvchilar  o’qiganlarini  taqqoslashga 



umumlashtirishga,  xulosalashga  o’rgatiladi.  Qahramonlarni  elementar  tavsiflaydi. 

Rollarga  bo’lib  o’qishdan  foydalaniladi.  Asosiy  bosqichda  STU  darslari  2-sinfda 

haftada  1  marta,3-4  sinflarda  2  haftada  1  marta  o’tkaziladi.  O’quvchilar  mustaqil 

o’qishga  o’rgatiladi,  ular  «G’uncha»,  «Gulxan»  jurnalari  bilan,  «Tong  yulduzi» 

gazetasi  bilan  tanishtiriladi,  ya’ni  bolalar  matbuoti  bilan  tanishtiriladi.  Bu  bosqichda 

o’zbek,  qardosh,  chet  el  adabiyoti  yozuvchilarining  turli  janrdagi,  turli  mavzudagi 

asarlaridan  foydalaniladi.  Qo’shimcha  sahnalashtirishlardan  foydalaniladi.  Bir  darsga 

o’quvchilar  bir  nechta  asarlar  o’qib  kelib,  ular  haqida  o’z  fikrlarini  aytib  beradilar. 

Qahramonlarni  tasvirlab  rasm  chizadilar.  Yozuvchilar  hayoti  va  ijodiga  doir  kechalar 

uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon 

shaxsi shakllantiriladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

17 


 

Dars tuzilishiga doir dars namunalari 

1.Tayyorlov bosqichi. 



Mavzu: Cho’pon yigit bilan Shiroq. 

Darsning maqsadi:  

a)  afsonaviy  qahramonlar  haqida  ma’lumot  berish.  b)  o’quvchilarda  vatan 

tushunchasini,vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash; 

Darsning metodi: suhbat. 

Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar. Darsning borishi: 

1.Kirish 

suhbati. 

O’quvchilardan 

vatanini 

dushmandan 

asragan 

qahramonlardan  kimlarni  bilishlari  so’raladi.  To’maris,  Jaloliddin  Manguberdi, 

Najmiddin  Kubro  nomlari  sanalib,  Shiroq  degan  qahramon  ham  o’tganligini,  uning 

qahramonligi  haqida  halqimiz,  «Cho’pon  yigit  Shiroq»  degan  afsona  yaratgani 

aytiladi. 

2. «Cho’pon yigit Shiroq» afsonasi o’qib beriladi. 

3.Afsona yuzasidan dastlabki suhbat: 

 

Afsona    sizga  yoqdimi?  Unda  kimning  qahramonligi  hikoya  qilib  berilgan? 



Shiroq nima uchun hanjari bilan burni, quloqlarini kesdi? Keyin Shiroq kimning oldiga 

bordi? U shox Doroga nima dedi? Shiroq Doro qo’shinlarini qaerga olib bordi? Shiroq 

nima deb  hayqirdi? O’quvchilar javobi umumlashtirilib,  ular vatanni sevishga; uning 

tinchligi uchun kurashishga chorlaydilar. 

4.Asarga ishlangan rasmlar ko’rsatiladi. 

5.Shiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig’i beriladi.  

    Ota-onalaridan  qahramonlik  haqida  ertak,  hikoya  bilib  kelishlari  va  ota-onalariga 

Shiroq haqida gapirib berishlari aytiladi. 

6.Yana  nimalar  haqida  bilishni  istashlari  o’quvchilardan  so’raladi.                                             

 

O’quv yilining ikkinchi yarmida 1-sinfda o’tkaziladigan sinfdan tashqari o’qish 



darsining  rejasi  birinchi  yarim  yildagiga  qaraganda    bir  muncha  murakkablashadi. 

Darslarda  o’quvchilar  badiiy  asarni  ovoz  chiqarib  o’qishga  hajmi  uncha  katta 



 

18 


bo’lmagan  ertak,  hikoya  va  she’rlarni  ichga  o’qishga,  o’qilganlarning  mazmuni 

yuzasidan  suhbat  orqali  esa  asar  qahramonlarining  xatti-harakati,  odob-axloqini 

taqqoslab,  xulosa  chiqarishga  o’rgatib  boriladi;  avval  o’qilganlar  yuzasidan  hosil 

qilingan bilim va malakalari mustahkamlanadi; navbatdagi bunday darsda o’qiladigan 

kitoblar, bajariladigan ishlar tushintiriladi.  

 

Boshlang’ich bosqichda sinfdan tashqari o’qish uchun haftada bir dars ajratiladi.  



O’quv  yilinig  birinchi  yarmida  o’tkazilgan  sinfdan  tashqari  o’qish 

mashg’ulotida o’quvchi asar mazmunini o’quvchining o’qib, yoki hikoya qilib berishi 

orqali  idrok  etgan  bo’lsa,  ikkinchi  yarim  yilda  o’tkaziladigan  sinfdan  tashqari  o’qish 

darsi  uchun  mavzudagi  yoki  temasi  yaqin  ikki  badiiy  asar  tanlanadi.  Ularni  birinchi  

o’qituvchi  o’qib  beradi,  ikkinchisini  o’quvchilar  mustaqil  o’qiydilar.  Har  ikki  asarni 

o’zaro  taqqoslab  suhbat  o’tkaziladi.  Bunda  o’quvchilarning  kitob  o’qishga  bo’lgan 

xohishini  hisobga  olib,  yaxshi  o’qiy  olmaydigan  o’quvchilar  sarlavhasini  o’qib, 

rasmlarini ko’rib chiqib, mazmunini aytishga o’rgatiladi. 

Bu  bosqichda  o’tkaziladigan  sinfdan  tashqari  o’qish  darsning  ko’rilishi 

quyidagicha bo’lishi mumkin; 

1.Darsning  qisqacha  kirish  qismida  o’quvchilar  uy  vazifasini  qanday 

bajarganliklari aniqlanadi. O’quvchi tanlagan kitobni ko’rib chiqib, mavzu aniqlanadi. 

2.O’quvchilarning kitobxonlik darajasini kengaytirish, o’stirish, ularga mustaqil 

o’qishga  havas  uyg’otish,  qiziqtirish  maqsadida  tanlangan  badiiy  asarni  o’qituvchi 

ovoz chiqarib, ifodali o’qib beradi. 

3.O’qilgan kitob mazmuni yuzasidan suhbat o’tkaziladi. 

4.O’quvchilar  mustaqil  o’qish  uchun  tanlangan  yangi  kitobni  o’zlari  ko’zdan 

kechirib chiqadilar. 

5.O’quvchilar o’zlari ko’rib chiqqan badiiy asarni mustaqil ravishda ichda o’qiy 

oladilar. 

6.O’quvchilar  o’qigan  asarni  o’qituvchi  ifodali  o’qib  bergan  asar  bilan 

taqqoslagan holda suhbat o’tkaziladi. 



 

19 


Sinfdan  tashqari  va  dasrdan  tashqari  vaqtlarda  o’quvchilar  yozuvchilarning 

asarlari  «Tong yulduzi» gazetasi va «G’uncha» jurnalini o’qiydilar.  

3-sinfda sinfdan tashqari o’qish darslariga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish 

quyidagicha bo’lishi mumkin: mashg’ulot boshlanishidan bir hafta oldin mavzusi e’lon 

qilinadi.  Mashg’ulotda  ko’zda  tutilgan  maqsad,    amalga  oshiriladigan  vafalar 

uqdiriladi. Sinfdan tashqari o’qish uchun  asarlar ro’yxati tavsiya etiladi. 

Masalan  tabiat  va  ekologiya,  Orol  dengizi  mavzusiga  oid  she’r,  maqolalar, 

o’qish  va  yodlash,    gazeta  va  jurnallarda    shu  mavzuga  doir  rasmlar  to’plash 

topshiriladi.  Olib  kelingan  materiallar  o’qituvchi  rahbarligida  ko’zdan  kechiriladi  va 

dars  davomida  maqola,  she’r  va  rasmlardan  o’rni  bilan  foydalanish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Bolani  nima  qiziqtirsa,  u  shu  haqda  fikr  yuritadi,  esda  saqlab  qoladi.  Bu  sea 

quvonch hislarining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Dastlabki jarayonda o’quvchilarni 

yangi sharoitlarga o’rgatish, ko’niktirish  muhim o’rin tutali. Buning uchun ishni biz 

birinchi  kundan  boshlab  bolalarning  individual  xususiyatlarini  kuzatishdan 

boshlashimiz  maqsadga  muvofiqdir.  Ko’pgina  bolalar  xavotirlanish,  asabiylashishi 

seziladi, natijada ba’zi bir o’quvchilarni hech narsa qiziqtirmaydi.  

Biz  o’qishning  birinchi  kunidan  boshlab    o’quvchilar  bilan  iliq  muloqotda 

bulishga, ularning fikrini qo’llab quvvatlashga, sinfda ijobiy muhitni shakllantirishga 

harakat qildik, hamda sinfdagi sog’lom ruhiy sharoitni doimo saqlab bordik. Sinfdagi 

ruhiy  sharoit  bolalarning  ongli  xulqini  shakllantirish  va  darsga  bo’lgan  qiziqishlarini 

orttirish imkoniyatini paydo qildi. 

Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida ularning e’tiborini jalb  etish, o’qishga 

qiziqishini  oshirish  uchun  dastlab  matnga  mos  ishlangan  ertak  qahramonalari 

tasviridan    foydalanish  mumkin.  Ertak    qahramonlarinig  sinfda  paydo  bo’lishi 

bolalarda o’qishga bo’lgan qiziqishini orttiradi. 

Qiziqish  –  bolalar  xulqini  tartibga  solib  borish  bilan  birga,  ularda 

o’zlashtirishning  yaxshilanishi,  o’qish  tezligining  ortib  borishiga  ham  ijobiy  ta’sir 

etadi.    Qiziqarli  dars  eng  kamgap  bolalarni  ham  faollikka  undaydi.  Sinfdan  tashqari 


 

20 


o’qish  darslarida  sehrli  soatlar  qatnashadi  va  ular  bolalarga  qanday  qilib  barcha 

topshiriqlarni tez va to’g’ri bajarish haqida eslatib turadi. ertak qahramonlari bolalarga 

rahmat aytishadi. Buni eshitish uchun mashg’ulotda ular faol ishlashadi, yana shunisi 

qiziqarliki, kimda-kim yaxshi javob bersa,  ertak qahramonlari ularning qo’lini  ushlab 

minnatdorchilik bildiradi. Bu esa o’quvchilar qiziqishini oshiradi. 

Sinfdan tashqari o’qish darslarini matematika darslari bilan bog’lash ko’zlagan 

maqsadimizga  erishishimizda  katta  yordam  berdi.  Dars  boshlanishidan  oldin  biz 

quyidagilarni  ma’lum  qildik:  «Bolalar,  bugun  biz  sinfdan  tashqari  o’qish  darsida 

hisoblaymiz, misol echamiz,ertak qahramonlari esa yaxshi javob bergan o’quvchining 

qo’lini  ushlab,  minnatdorchilik  bildiradi».  Bu  gaplar  bolalar  faolligini  oshiradi,  ular 

tezda  ishga  kirishadilar  va  katta  istak  bilan  ish  boshladilar.  Bundan  tashqari  har  bir 

darsning  boshlanishida  bolalarda  televidinie  va  radiodan  qanday  qiziqarli 

eshittirishlarni ko’rdingiz deb so’rash ham bolalarning qiziqish bilan hikoya qilishiga 

olib  keladi.  Mashg’ulotning  birinchi  kunidan  boshlab,  bolalarning  o’qishga  bo’lgan 

qiziqishini shakllantirishga harakat qilish lozim.  

Topishmoqlar ham bolalarni topqir, o’tkir zehnli, zukko qilib voyaga etkazishda 

alohida e’tiborga loyiq. Topishmoqlar bolalarning obrazli fikrlaydigan va so’zlaydigan 

bo’lishiga, so’z boyligining orta borishiga, nutqining o’sishiga yordam beradi. Bolaga 

topishmoq topishni o’rgatish, unda fikrning asta-sekin yuksala borishiga sabab bo’ladi. 

Chunonchi, «Er tagida oldin qoziq», «Pak-pakana bo’yi bor, etti qavat to’ni bor» kabi 

topishmoqlar  kundalik  ro’zg’orda  ishlatiladigan  sabzi  va  piyoz  ekanligini  o’ylab 

topishga undaydi. Bolalar bu sabzavotlarni ko’p marotaba ko’rishgan, ammo sabzining 

oltin qoziqqa o’xshashligi va piyozning qavat-qavatligi uning to’ni ekanligi to’g’risida 

uylashmaydi.  Ana  endi  topishmoq  aqli  shakllanayotgan  bolalarning  dunyoqarashini 

o’stirishga uylab idrok qilishga kuzatuvchan bo’lishga o’rgatadi. Boshqaruvchi shaxs-

o’qituvchi  juda  adolatli  bo’lishi  lozim.  Topishmoqni  birinchi  bo’lib  topgan  bolani 

maqtov bilan rag’batlantirish, lekin ortiqcha darajada maktab yubormaslik joiz. Topa 

olmagan  bolani  esa  sira  kamsitmaslik,  balki  uni  uylashga,  izlanishga  o’rgata  borish 

zarur.  Dars  jarayonida  topishmoqlardan  uyin  vaziyatlarini  tashkil  etish  bolalarni 


 

21 


o’qishga  bo’lgan  qiziqishini  oshirishga  olib  keldi.  Qiziquvchanlik    bolada 

kuzatuvchanlikning o’sib borishiga yordam berdi. 

Sinfdan  tashqari  o’qish  darsliklarida  uyin  vositasidan  foydalanish  ham  yaxshi 

samara  berganligi  aniqlandi.  Uyin  jarayonida  ularning  rasmlarini  almashtirib  borish 

kerak. 

Bolalarning  qiziqishini  rivojlantirishi  uchun  ularning,  faoliyatiga  doimo 



rahbarlik  qilish  kerak.  Darsda  bolalar  ko’p  eshitadilar,  chizadilar,  hikoya  qiladilar. 

O’quvchilarni  yanada  darsga  qiziqtirish  uchun  ushbu  ertakni  o’zingiz  davom 

ettiring,uylab  topinglar,  qahramonlarning  nomini  toping  deb  murojaat  etish  mumkin. 

Bunda o’quvchilar o’zlaricha uylay boshlaydilar, ularning e’tibori mazkur muammoga 

qaratilgan bo’ladi. Sehrli  soat esa har  bir daqiqani bekor  o’tkazmang deb  shoshiradi. 

Albatta, bunday darsni tashkil etish oson emas, darsga ertak qahramonlarini taklif qilib 

turish,  ular  tilidan  o’quvchilarni  topshiriqlarni  bajarishga  undosh  darsning  yanada 

qiziqarli bo’lishiga olib keldi. Bolalar   ular bergan topshiriqlarni o’z xoxishlari bilan 

bajaradilar.  Biroq  shu  bilan  birga  bolalarda  kutilmagan  qiyinchiliklar  ham  yuzaga 

keldi.  Chunki  bolalar  o’qituvchining  orqasidan  yurishni,  erkalatishini,  shirin  so’zlar 

aytishini  yaxshi  ko’rishadi.  O’qituvchi  bunda  ziyrak  bo’lib,  hech  bir  o’quvchini 

nazardan  chetda  qoldirmasligi  kerak.  Bolalarni  e’tiborlikka  odatlantirish  uchun  dars 

jarayonida ularni qiziqtirish deb belgiladik. Doimo uyinni talab etadigan bolalar bilan 

biz  asta-sekin  uyinni  darsning  ma’lum  bir  kompanenti  sifatida  o’tkazdik.  Ko’plab 

uyinlar  oldindan  uylab  topilar,  ayrimlari  esa  darsda  o’z-o’zidan  yuzaga  kelishi 

mumkin.  Ayniqsa,  «Xotira»  uyini  diqqatga  sazovordir.  O’qituvchi  bunday  uyinlarni 

o’tkazish  bilan  bolalar  xotirasini  charxlaydi,  ularning  darsga  bo’lgan  qiziqishni 

oshiradi. Sinfda quvnoq muhit yaratiladi va bolalar faolligi oshadi. Muammoli ta’lim 

bolalarda o’zlari olayotgan bilimga faol munosabat ruhini hosil qilish, o’rganilayotgan 

narsa  va  hodisalar  haqida  oldindan  taxminiy  xulosa  chiqarish  uchun  hal  etish  lozim 

bo’lgan  masalani  tezda  izlab  topish  iqtidorini,  fikrlash,  mustaqil  faoliyat  ko’rsatishni 

vujudga keltirishdan iboratdir.  



 

22 


O’quvchilar  aqliy  faoliyatini  o’stirish  vositalarini  o’z  ichiga  olgan  o’quv 

jarayoni  muammoli  vaziyatni  vujudga  keltiradi.  Dastlabki  mashg’ulotlardan  boshlab 

ana shunday vaziyatni elementar ravishda qo’llab borish bolalarda tobora murakkabroq 

aqliy faoliyat ko’nikmalarining hosil bo’lishiga yordam beradi.       



           

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

23 


2.2. Sinfdan tashqari o’qish darslarining namuna-ishlanmasi  

 

                   Mavzu: Inson odobi bilan. 

 

Darsning maqsadi: Odob inson ko’rki ekanligi,odobli bola elga manzur bo’lishni 



bir so’z bilan aytganda ,odob xulq atvorlar yug’indisi ekanligini o’quvchilar onggiga 

singdirish  va  shu  orqali  ularni  odobsizlikdan,noo’rin  xatti-harakatlardan  o’zlarini 

saqlashga o’rgatish. 

 

Darsni jihozlanishi.           

1.Alisher Navoiyning rangli rasmi. 

2.Plakat va ko’rgazmalar.Kitob jurnallardagi odobli bolalarning suratlari. 

3.Xalq maqollaridan namunalar. 



  Darsning borishi: 

  O’quvchi: 

  Odob  insonning  oliy  fazilatidir.Xazrat  A.Navoiy  ham  o’z  asarlarida  shu  jumladan 

“Hayratul  abror”  dostonida  odobni  to’la  tushintirib  beradi.Yoshi  ulug’larga  samimiy 

hurmat-izzat  keltirish har  kimning  holatiga  qarab  bo’lishi  kerak.Agar  yosh  bolaga  ilk 

turib  salom  berishsa,uni  odob  demaydilar.Gadoning  oldida  sajda  qilish  kerak 

emas.Unga  bir  tiyin  berilsa  shu  karam  bo’ladi.Bolalar  Navoiy  bobomiz  nihoyatda 

kamtar bo’lganlar. 

 

Hozir  sinfdoshlaringiz  Alisherning  odobi  bilan  bog’liq  bir  voqeani  namoish 



qilishadi.(Oldindan 

tayyorlangan 

nafar,biri 



Sh.A.Yazdiy 

rolida 


biri 

Alisher,Qolganlari uning o’rtoqlari qiyofasida chiqishadi.) 

O’quvchi(izoh beradi): 

 

A.Navoiy 1947 yili Taft shahrida mashxur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy 



bilan  ucharashib  qolibdi.Shahada  bir  mo’safid  xayolga  cho’mib  o’tiradi.Shu  payt  bir 

to’da  (5-6)  nafar  bolalar    quvalashib  o’ynay  boshlaydilar.Ularni  kuzatib  o’tilran 

mo’ysafid bolalarni yoniga chorlaydi. 

 

-Qani  bolalarim  buyoqqa    kelinglarchi,  bolalar  mo’ysafidning  ovozni  eshitib 



tarqab  ketishadi.Faqat  5-6  yoshlar  chamasidagi  bola  qoladi.Uning    boshida  oq 

 

24 


sallacha,egninda  yupqa  matodan  tikilgan  ixcham  kamzul,oyog’ida  etikcha.U  yugirib 

kelib,qollarini ko’ksiga qo’ygancha salom beradi. 

 

-O’g’lim oting nedur?-deb so’radi mo’ysafid. 



 

-Alisher-dedi bola. 

 

-Maktabga qatnaysamnmi? 



 

-Qatnayman.Qur’onning taborak sur’asigacha o’qiganman. 

 

-Men 


chaqirganimda  o’rtoqlaring  qochib  ketdi.Sen  esa  huzurimga 

kelding.So’roqlarimga  yaxshi  javob  qilding.Shuning  ucun  senga  rahmat.Umrng 

uzoq,boshing  omon  bo’lsin.Olim,fozil  bo’lib’yaxshi  o’bro’ga  erishgaysan,-mo’ysafid 

uni duo qildi. 

 

Bu  sahna  ko’rininshidan  keyin  bo’lib  o’tgan  voqealar  bolalar  bilan  tahlil 



qilinadi.Alisherning  yoshi  ulug’  kishilarga  salom  berishi,o’zini  tutish,odobli  ekanligi 

haqida uqtiriladi. 

 

Shuningdek,insonga  hos  odatlaridan  biri  kulgi  haqida  ham  A.Navoiyning 



fikrlaridan foydalanish mumkin. 

O’quvchi:  Kulgi  insonga  xos  odatlardan  biri,boshqacha  aytganda,kulgi  orqali 

odamning  qanday  ekanligini  bilish  mumkin.Hozir  tengdoshlaringiz  bu  haqda  Navoiy 

ijodidan namunalar keltiradi. 



 

 

1-o’quvchi: 

Bo’lmas odobsiz kishilar  arjumand, 

Past etar ul xaylini  shaxsi baland. 

O’quvchi:(izoh beradi).Har bir kishinung izzat hurmati odobi orqali keladi. 



 

2-oquvchi: 

Tarki odobdin biri kulgu durur

Kulgu odob tarkida belgu durur. 

O’qituvchi: 

 

Adabsizlikning 



bir 

ko’rininshi 

noo’rin 

va 


beo’xshov 

kulgidir.Demak,bo’lar-bo’lmasga  irjayish yoki bo’lmasa ho’mrayib yurish insonning 

zebi-ziynati emas. 


 

25 


 

3-o’quvchi: 

Haddan ortiq dog’l marg’ub emas, 

O’qituvchi:  O’zga  kishilar  to’g’risida

kishilarga  esa  o’rtacha  muomala  qilish  lozim  deydi.Darvoqe,bolalar  Payg’ambarimiz 

Rasulolloh  Alayhis  Salom  Hadisda    “Ko’p  kulmang,ko’p  kulish  dilni  o’ldiradi”  deb 

nasihat qilgan ekanlar. 

 

Endi  bolajonlar  mana  bu  rasmga  (A.Navoiy  portretiga  ishora  qilib.)  qaranglar 



undan danday ma’no uqyapsiz? 

 

4-O’quvchi: Bobomizning yuzlari tiniq ekan. 



 

5-o’quvchi: Yuz-ko’zlaridan odobli ekanliklari bilinib turibdi. 

 

O’qituvchi: Barakallo,juda ham to’g’ri angladinglar.Demak,biz odobni ko’proq 

kimdan o’rgansak bo’lar ekan? 

 

O’quvchilar: 

Navoiy 

bobomizdan.Shundan 



so’ng 

mashg’ulot 

yakunlanadi.Navbatdagi  mavzu  e’lon  qilinib,oquvchilarga  odob-ahloqqa  oid  4-5 

maqollarni o’rganib kelish topshiriladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

26 


III.XULOSA 

Har  bir  sinfda  sinfdan  tashqari  o’qilgan  barcha  asrlar  o’quvhilarga 

mos  ravishda  biror  voqeani  sahnalashtirish  mumkin.    Bu  boladagi  nitqni 

rivojlantirishga,  lug’at  boyligini  oshirishga  yordam  beradi.  Shuningdek 

sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada 

saqlash  qobiliyati  o’sadi.  Hatto  sahnalashtirisho’quvchini  har  tomonlama 

yo’naltiradi,  ya’ni  aktyorlik  qobiliyatini  rivojlantiradi,  suxandonlik, 

rejissorlik  kabi  kasblarga  ilk  tasavvurlarni  o’rgata  boshlaydi.  Asarni 

sahnalashtirish  davrida  albatta  o’qituvchi  rahbarlik  qiladi.  O’quvchilar 

ifodali,  obrazli,  shuningdek  qahramonlar  harakatini  to’g’ri  bajarishlari, 

o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, 

uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida 

o’qituvchi  o’quvchilarni  bolalar  yozuvchilari  va  shoirlari  bilan  tanishtirib 

borishi  lozim.  Q.Muhammadiy,  P.Mo’min,  Z.Diyor,  A.Obidjon  kabi 

yozuvchi  va  shoirlarning  asarlari  o’quvchilarda  katta  qiziqish  uyg’otadi. 

Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli 

mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil 

etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga 

uni  sevib  ardoqlashga  chaqiradi.  Kitobni,  asarni  qanday  paydo  bo’lishini, 

uni hurmat qilish asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, 

bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi 

bilan  bolalarda  estetik  did va  ahloqiy  sifatlarni  mujassamlashtiradi.  Ularda 

hayot  go’zalligini  idrok  etishga  o’rgatadi.  So’z  san’ati  badiiy  asarda  o’z 

ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati 

va  jozibasiga  qadim  zamonlardanoq    e’tibor  berib  kelingan.  Badiiy  so’z 


 

27 


xalqning  barcha  madaniy  boyliklarini  abadiylashtirgan.  Buning  uchun  esa 

o’quvchi  albatta  xalq  og’zaki  ijodini  yaqindan  o’qishi  lozim.  Ertaklar- 

yaxshilikka  yetaklar  deganlariday  o’quvchi  ettaklar  bilan  tanishar  ekan 

mard,  jasur  vatanparvar,  mehribon  bo’lishga,  topishmoqlar  o’qir  ekan, 

topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

28 


Adabiyotlar: 

1.  Abdullaeva K 

va 

boshqalar. 



Savod o'rgatish darslari.T.,«O'qituvchi».1996 y.

 

2.  Abdullaeva Q. Raxmonbekova S. 



2-sinfda. O'qish darslari. (O'qituvchi kitobi.) 

Toshxent. O'qituvchi, 2004 

y.

 

3.  Abdullaeva 



Q. va 

boshqalar. 

O'qish kitobi. 2-sinf ToshKent. O'zbekiston, 2003-

yil.


 

4. 


G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdieva G. «Alifbe»-(«Savod»); «Ona tili», 

T., «O'qituvchi», 1999- yil.

 

5. 


G'afforova T. G'ulomova X. 1-sinfda o'qish dasrlari (O'qituvchi Kitobi.) 

ToshKent. 

SHarq 

2003 -yil.



 

6. 


SHojalilov A. va boshqalar.«O'qish Kitobi»,«O'qituvchi», 2004-yil. 8 Umarova 

M. «O'qish Kitobi» 3- sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003- yil.

 

7. 


Umarova M. 3-sinfda O'qish darslari (O'qituvchi Kitobi.) ToshKent «Ijod 

dunyosi» 2003.

 

8. 


SHojalilov A. va boshqalar. «O'qish Kitobi», «O'qituvchi», 2004 yil. 

ll.Qosimova K.,  Fuzailov  S.  «Ona tili»,  2-sinf uchun,  T.,  «O'qituvchi», 

2003- yil.

 

9. 



Fuzalov S., Xudoyberganova 

M. 


«Ona tili» 3-sinf uchun. T., «O'qituvchi» 2003 

-yil.


 

10. 


iKromova R. GrammatiKa, imlo va nutq o'stirishdan tarqatma materiallar. T., 

«O'qituvchi», 2003- y.

 

11. 2-sinfda 



o'qitish. Tuzuvchi Mavlonova R.A.T., «O'qituvchi», 1977- y.

 

12. IKromova 



R. GrammatiKa, imlo va nutq o'stirishdan tarqatma materiallar. T., 

«O'qituvchi», 

1993 -yil.

 

13. Ma'qulova   



B.   va   boshqalar.   Boshlang'ich   sinfdan  tashqari   o'qish 

mashg'ulotlari. 

T., «O'qituvchi», 1996- yil.

 

14. Mirzaev 



I. Dars tahlili. T., «O'qituvchi», 1985- yil.

 

15. Oripov 



K., Obidova M. Ifodali o'qish. T., «O'qituvchi», 1982- yil.

 

16. To'rt 



yilliK boshlang'ich sinflar dasturi. T., «O'qituvchi», 1999- y.

 

17. 



Umarova 

M, Hudoyberganov M. Bayonlar to'plami.T."O'qituvchi",1992-y 

18. 

Qosimova  K.    Boshlang'ich  sinflarda  ona  tili  o'qitish  metodiicasi.    T., 



'O'qituvchi", 1985- yil.

 

19. 



Qosimova K., Ubaydullaeva.2-sinfda ona tili darslari.T., "O'qituvchi", 1987- y.

 

20. G'ulomov M. Husnixat metodiKasi. T., "O'qituvchi", 1976 -yil. 



 

 

 



Yüklə 249,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə