1-ma’ruza grammatika haqida umumiy ma’lumot reja



Yüklə 383,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü383,86 Kb.
#177778
  1   2   3   4   5   6
1-maruza



1-MA’RUZA 
GRAMMATIKA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 
REJA: 
 
1. Grammatika haqida umumiy ma’lumot. 
2. So`z shakl va grammatik ma’no. 
3. Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari. 
4. So`zning grammatik shakli. 
5. Grammatik kategoriya. 
6. So`z turkumlariga ajratish tamoyillari. 
 
Grammatika haqida umumiy ma’lumot 
 
Grammatika
– tilning grammatik qurilishini o`rganuvchi tilshunoslikning 
bo`limi. Grammatika so`zlarning gapda o`zgarishi va ularning o`zaro birikib, so`z 
birikmasi, gap hosil qilishi haqidagi qoidalar to`plamidir. 
Grammatika ikki qismdan: morfologiya va sintaksisdan iborat. 
Morfologiya 
qismida
 
so`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida baxs yuritilsa
sintaksis 
qismida
 
so`zlarning bir-biri bilan bog`lanib, gap, so`z birikmasi hosil 
qilishi tekshiriladi. 
Ko`rinadiki, grammatika ham leksikologiya singari so`zni o`rganadi. Ammo 
leksikologiya leksik so`zni – leksemani o`rgansa, grammatika grammatik so`zni – 
so`zning shaklini, so`z shaklini tekshiradi. 
So`z shakl va grammatik ma’no 
Leksik so`z yoki 
leksema
ma’no va ifoda birligidan iborat bo`lganidek 

kitob
» leksemasining ma’nosi, yoki mazmun plani - «o`qish quroli» 
tushunchasini anglatishi, ifodasi yoki ifoda plani 
k, i, t, o, b
tovushlaridan tashkil 
topishidir), grammatik so`z, yoki so`z shakl grammatik ma’no ham grammatik 
ifoda (shakl) birliogidan iboratdir. Jumladan, 
kitob
so`zi «o`qish quroli» 
tushunchasidan tashqari ot, birlik son, bosh kelishik tushunchalarini ham bildiradi. 
Bunda 
kitob
so`zining «o`qish quroli» tushunchasini ifodalashi uning leksik 
ma’nosi sanaladi va shu so`zning otga mansubligi, birlik son va bosh kelishikda 
ekani uning grammatik ma’nosidir. 
So`zning grammatik ma’nosi uning leksik ma’nosi bilan belgilanmaydi. 
Masalan, 
suv, havo, shamol, bulut
kabi so`zlarning leksik ma’nolari turlicha, lekin 
grammatik ma’nolari bir xil, ya’ni bularning barchasi birlik, bosh kelishikdagi 
otlardir. Aksincha, birgina leksik so`z, leksema, ma’lum leksik ma’no anglatgani 
holda turli shakllarda qo`llanib, har xil grammatik ma’noni ifodalashi mumkin. 
Masalan, 
o`qimoq
fe’lining tuslanishli shakllari turli grammatik ma’nolarni 
bildiradi: 
o`qiyapman
so`z shakli hozirgi zamon davom fe’lining I shaxs birlik 
ma’nosini, 
o`qiyapsan
so`z shakli hozirgi zamon davom fe’lining II shaxs birlik 
ma’nosini va h.k. 
Demak, so`zning ma’lum turkumga mansubligini ko`rsatuvchi, so`zning 
ma’lum bir grammatik shaklini ifodalaydigan ma’no 
grammatik ma’no


hisoblanadi. Ko`rinadiki, grammatik ma’no o`z xususiyatiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 
1) ma’lum bir so`z turkumi uchun umumiy bo`lgan ma’no, ya’ni 

Yüklə 383,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin