Tarbiyalanuvchilarda hissiy og'zaki ta'sir ko'rsatish asosida ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda baxs munozaralarning ro`li haqida Reja



Yüklə 43,16 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#122706
Tarbiyalanuvchilarda hissiy og\'zaki ta\'sir ko\'rsatish asosida ma


Tarbiyalanuvchilarda hissiy og'zaki ta'sir ko'rsatish asosida ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda baxs munozaralarning ro`li haqida


Reja:

  1. Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rni

  2. Og'zali ta'sir ko'rsatish

  3. Ma'naviy-axloqiy tushunchalar

Xulosa

Jamiyat taraqqiyotida tarbiyaning o‘rni beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va uning xulq-atvorini bosqichma-bosqich malakaga aylantirish va asosiy kompetensiyalarni shakllantirish zarur. Bugungi kunda ta’limning zamonaviy modeli jamiyatda erkin fikrlovchi shaxsni shakllantirishga olib kelmoqda. U real maqsad va irodaga ega insonlarni tarbiyalash imkoniyatini beradi. Ta’lim va kadrlar tayyorlash zamon talablari asosida muttasil rivojlanib, yangilanib bormoqda. Uzluksiz ta’lim sharoitida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘zini namoyon qila oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlari zamonaviy ta’lim modeli asosida qayta ko‘rib chiqildi. Takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari o‘quvchilarning tayanch va fan yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.


Ma'naviyat (arabcha «ma'naviyat» - ma'nolar majmui) mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta'sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui hisoblanadi. Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi. Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma'naviyati yuksaladi.


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Ma'naviyat sohasida ijobiy yechimini ta'minlash zarur bo‘lgan asosiy vazifani ko‘rsatar ekan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta'kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat». Demak, ma'naviyatli inson bilimli, ma'lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson. O‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand bo‘ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarashi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir. Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviyruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. «Axloq» (lotincha – xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir. Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma'naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.


TADQIQOT NATIJALARI Tarbiyaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etishda ma'naviyat, axloq inson ongining shakli, inson madaniyatining bir qismi ekanligi haqidagi tushunga ega bo‘lish nazarda tutiladi. Ma'naviyat va axloqning mohiyati, uning me'yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish o‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon beradi. Natijada ular o‘zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan baholaydilar. Ma'naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma'naviy-axloqiy e'tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma'naviy-axloqiy e'tiqodga inson axloqiy me'yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma'naviyaxloqiy me'yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e'tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma'naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, o‘quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo‘lgandagina shakllangan deyish mumkin. Ma'naviy-axloqiy tarbiya tizimida ma'naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan, uning hoveahodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra ma'naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng asosiy bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, o‘quvchida ma'naviy-axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo‘lishi shart. Demak, ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma'naviy-axloqiy xattiharakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me'yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir. Xatti-harakatlar tizimi ma'naviy-axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:


 ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;
 o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o‘z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;
 shaxsda o‘z idealiga intilishiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otishga yo‘naltirilgan xattiharakatlarni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni tarbiyalash;
 ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, tarbiya qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;
 tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar – insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish;
 fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko‘p ma'naviy-axloqiy sifatlar – boshqlarga g‘amxo‘rlik qilish, odamlarning g‘am-tashvishi, quvonchini tushuna olish, o‘z manfaatidan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish, axloqiy me'yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni to‘xtataolish, ma'lum xattiharakatlarni amalga oshirishda jamoa a'zolarining fikri bilan o‘rtoqlashish, mas'uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak.
O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy " fazilatlar hech qachon o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha “robba” fe’lidan olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”. Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo’ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi . Odob masalasini insoniyat tarixida to’laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi odobga bag’ishlangan asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q [1:342]. Qadimda Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi kunda ham muhim ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o’tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi” . Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o’z farzandlarini barkamol inson bo’lishini istaydi, o’zlari eta olmagan orzuumidlariga bolalarining etishligini o’ylaydi. Bolalarning har bir yutug’idan " quvonishadi, mag’lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko’rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi. O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz. Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o’zining ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo’sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo’lmoqda. “Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko’ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o’zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo’ylik, halollik, o’z-o’ziga talabchanlikni targ’ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o’quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o’zini olib qochishga undaydi” [3:10]. Shuning uchun ham ta’lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yana bir yiriq allomalardan biri Burxoniddiy Marg’inoniydir. Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi g’oyalari shaxsni har tomonlama va uyg’un rivojlantirishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta’limotining yirik nomoyondasi Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e’tiqod, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o’rinni egallaydi . Alloma Marg’inoniy o’zining axloqiyhuquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma’naviyatini rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo’shgan. Farzandga adab, hunar o’rgatmakni meros deb bilg’il. Agar sen xoh unga adab o’rgatg’il, xoh o’rgatmag’il turmush mashaqqatlarining o’zi unga o’rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur . Kaykovus 44 bobdan iborat bo’lgan “Qobusnoma” asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o’zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo’pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning mas’uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg’u beriladi. Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim va tarbiyaga oid " yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to’g’ri foydalanish – ta’lim jarayonida o’qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq mavzuiga bo’lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka erishganimizdan so’ng, tarixiy va madaniy merosimizni o’rganishga bo’lgan ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma’naviy qadriyatlarimizning mazmunidagi axloqiy g’oyalarni bilishga bo’lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib borayotganligidir. Ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo’nalishini tubdan o’zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ko’tarishning birinchi sharti – unga bir butun tizim sifatida yondoshish va shunga muvofiq, ish olib borishdan iboratdir . Yosh avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Insonlar o’zligini chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi . Taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deb yozgan edi [8:14]. Mashoyixlarning aytishlaricha, “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdur” . A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta’lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o’qitilgan. A.Avloniyning asarini chuqur o’rganar ekanmiz, biz o’sha davrda maktablarda o’quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, xalq og’zaki ijodi, Qur’on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning hikmatli so’zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko’ramiz. Masalan, “Yaxshi xulqlar” qatoriga kiruvchi “Sabr” mavzusida: “Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdurki, janobi haq sobrlarni madh qilishdur. Shariati islomiyada janobi Haq tarafidan kelgan balo va qazoga sabr qilmoq farzi ayndur”. Shul xususda so’ylanmish bir hadisi sharifning ma’nosi “ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql dalili, yaxshi amal sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur,” - deyilishi. Arablar “assabru miftohulfalah”- sabr shodlig’ning kalilidur deyurlar. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning milliy pedagogik va uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqishga bugungi kundagi ehtiyoj va uni samarali hal etishning optimal yo’llarini topish asosiy " muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola tarbiyasiga bo’lgan talabi ortib boradi. Ayni vaqtda - davlatning, ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi, farzandlarning ota-ona oldidagi mas’uliyatini oshirishdagi roli kuchayadi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov aytganlaridek, “Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi” [5:7]. “Milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damlarda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish” Milliy taraqqiyotimiz uchun fundamental ahamiyatga ega ushbu fikr, ko’rsatma san’atga oid ilmiy tadqiqotlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to’xtalib: “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko’mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o’g’il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog’liq” [11] deya ta’kidlab o’tdi. Tarbiya o’z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o’z farzandlarimizni baxtisaodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo’lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviy qo’rg’oni bo’lmish o’z oilamizning mustahkamligini ko’rishni istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e’tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma’naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o’rni va roli o’ziga xos xususiyatga va ko’rinishlarga ega. “Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan” yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o’rganishda ta’lim tizimi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratishlozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o’rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega” Ular o’z asarlarida shaxs ma’naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo’lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o’z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma’naviy-ahloqiy sifatlarni ulug’laydilar va shunday fazilatlarga ega bo’lishga barchani chorlaydilar. Ma’naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g’oya yoki mafkura aslo o’z ta’siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyukdir.


XULOSA Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilar xatti-harakatlarida ko‘zga tashlanadigan salbiy odatlar – jamoa joylarida qattiq gapirish, ko‘pol so‘zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o‘ylamay gapirish, ishonli bo‘lmagan hamda, dalillar bilan tasdiqlanmagan voqyea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo‘lish, qo‘lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib borilishiga alohida e'tibor qaratish zarur.
Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin