Qariyalarini
e’zozlagan yurt
Tayyorladi:G’afurov Zulfiya
Qarisi bor uyning
parisi bor
Xalqimizda
“Qarisi bor uyning parisi bor”,
“Qari bor uyning zari bor”, “Qari uyning
farishtasi, saranjomi, sarishtasi
” degan
hikmatona naqllar yuradi. Haqiqatan,
keksalari bor xonadon fayzli va barakali
xonadondir. Ular davrasida
ulg‘ayayotgan
yosh avlodning
ma’naviyatiyu ta’lim-tarbiyasi
yuksak
bo‘ladi. Shu ma’noda, keksalarga
boy va ular
e’zozlangan yurtda ham ezgulik,
mehr-oqibat va farovonlik hukm suradi.
Qari bor
uyning zari
bor
•
Azal-azaldan yurtimizda keksalar e’zozda
bo‘lib, ularga alohida hurmat va ehtirom
ko‘rsatib kelinadi. Bu yoshlar zimmasidagi
mas’uliyat va farzga aylangan desak,
mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, joriy yilning
27 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod
vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy
faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni
yangi bosqichga ko‘tardi.
Qarorga ko‘ra, keksa avlod vakillarini ijtimoiy
himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni
kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash, faol
va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash,
ularning boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish
maqsadida BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil 14
dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan e’lon qilingan 1
oktabr – “Xalqaro keksalar kuni”ni mamlakatimizda
ham har yili mazkur sanada keng nishonlash
maqsadida oktabr oyining birinchi haftasi
“keksalar haftaligi” etib belgilandi. Shuningdek,
qarorda yana ko‘plab o‘zgarishlar va yangiliklar
keltirilgan.
Get to Know Me
Yurtimizda kekskalarni ezozlash ularni qadrlash juda ham yaxshi deyimishimiz munkin va bu gapimizning
isboti tariqasida shu yilgacha ikki yil ya’ni 2002 – 2015-yillar keksalar uchun bag’lishlandi. 2002-yil
Qariyalarni qadrlash yili 2015- yil Keksalarni ezozlash yili deya nom olgani barchamizni yodimizda
Dostları ilə paylaş: |