O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’limi vazirligi urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi



Yüklə 77,63 Kb.
səhifə1/7
tarix24.06.2023
ölçüsü77,63 Kb.
#134869
  1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi Mavzu Savod o‘rgatish davrida dars tiplari. Ularning


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIMI VAZIRLIGI
Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi 3- kurs 209-guruh talabasi Sultanova Sevinchoyning Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan tayyorlagan
Kurs ish

Mavzu: Savod o‘rgatish davrida dars tiplari.Ularning maqsad , mazmuni va qurilishi.

Topshirdi: Sultanova Sevinchoy


Qabul qildi:
Urganch-2023

MUNDARIJA :


KIRISH
I BOB. SAVOD O’RGATISH DAVRIDAGI DARSLARNING QURILISHI . 1.1. Savod o’rgatish mashg’ulotlari.
1.2. Savod o‘rgatish davrida yozuvga tayyorlash
II BOB.Savod o‘rgatish davrida dars tiplari. Ularning maqsad , mazmuni va qurilishi.
2.1. Savod o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan metod va usullar
2.2 Savod o‘rgatish jarayonida nutqqa o‘rgatish
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz1” –degan da’vatlari ta’limning sifatiga va uning samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan, savod o‘rgatish ham, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq holda uyushtiriladi. Savod o‘rgatish davridagi ishlarning miq yosi kеng bo‘lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, prеdmеt darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar bilan bog‘lanadi. Bu davrda o‘quvchilar nutqini o‘stirishning vazifalari:
1) bolalar nutqidagi kamchiliklarni to‘g‘irlash;
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kеngaytirish bilan bog‘liq holda lug‘atini boyitish;
3) o‘quvchilar nutqidagi ayrim so‘zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish;
4) gap va uch-turt gapli kichik «hikoyacha» (bog‘lanishli nutq)ni og‘zaki turli tuzish ko‘nikmasini o‘stirishdan iborat.
Ular bu ko‘nikmalarni amaliy-mashqlar yordamida egallaydilar.Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq o‘stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Prеdmеtlar, uy-ro‘zg‘or asboblari, o‘simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun tеma bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi. Birinchi sinf o‘quvchilari nutqni o‘stirishda bolalarning o‘yin va ermaklari, rasm ko‘rish va Bu nima? Bu kim? Bu qanday prеdmеt? Kim nima qilyapti? Kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi. Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli prеdmеtlarning nomini, ularning bеlgilarini aytish, prеdmеtlarni ma'lum bеlgilari asosida gruppalash kabi mashqlar kiradi.

Yüklə 77,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin