O’zbekiston respublikasi soliq tizimi va soliq munosabatlari sub‘ektlarinnig huquq hamda majburiyatlari mavzusida Mustaqil ish



Yüklə 354,5 Kb.
səhifə1/2
tarix16.09.2023
ölçüsü354,5 Kb.
#144273
  1   2
Mirzarahimov SH 9421





O’zbekiston respublikasi soliq tizimi va soliq munosabatlari sub‘ektlarinnig huquq hamda majburiyatlari mavzusida
Mustaqil ish

Tayyorladi: SMMT 94/21 guruxi talabasi


Mirzarahimov Sh
Toshkent 2023 yil


Mavzu. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ MUNOSABATLARI SUB‘EKTLARINNIG HUQUQ HAMDA MAJBURIYATLARI
Reja:

1. Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi
2. Soliq to’lovchilarning huquqlari va majburiyatlari
3. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish yo’llari

Tayanch iboralar:

Soliq kodeksi, huquq, majburiyat, vakolat, egri soliq, to’g’ri soliq, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji va yer qa‘ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar, soliq to’lovchilarning huquqlari, soliq to’lovchilarning majburiyatlari.


1. Soliq tizimining mohiyati va soliqlarning guruhlanishi
Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimini bir-biridan farqini bilish zarur. Soliqlar tizimi mohiyati jihatdan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillar yig’indisiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Demak, bu yerda tizim iqtisodiy kategoriyani o’z ichiga oladi. U asosan soliq undirishni tashkil etish masalalarini o’rgatadi. Bu tizimning roli va tuzilishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan aniqlanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va majburiy to’lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta‘rif soliq tizimini keng ma‘noda tushunish demakdir.
O’zbekiston Respublikasi Soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimidan iborat.
Soliq Kodeksining 23-moddasida e‘tirof etilganidek, O’zbeksiton Respublikasi hududida amal qiladigan soliqlarni va majburiy to’lovlarni quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish mumkin.
Soliqlar soliq solish ob‘ektiga qarab to’rt guruhga bo’linadi:


Yüklə 354,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin