O`zbekiston respublikasi



Yüklə 42,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix11.06.2022
ölçüsü42,06 Kb.
#61265
  1   2   3   4   5
ayrim manodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning lugatlardagi izohi xususida



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI 
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI 

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Sharopova Ra’noning 


Ayrim ma’nodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning 
lug‘atlardagi izohi xususida 

mavzusida yozgan 
Navoiy -2013 


Ayrim ma’nodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning 
lug‘atlardagi izohi xususida 
 
 
 
 
Reja: 
1. Izohli lug‘atlarda so‘z va terminlar izohi. 
2. Filial va bo‘lim leksemalarining termin sifatida qo‘llanishi. 
3. Seksiya va shu’ba leksemalarining termin sifatida qo‘llanishi. 
Xulosa
 
 
 


Izohli lug‘atlarda so‘z va terminlar izohida, jumladan, ijtimoiy-siyosiy 
terminlar izohida ham izohning qo‘shimcha tarkibiy qismi sifatida ma’nodosh 
so‘zdan ko‘p foydalaniladi. Bunda termin ma’nosiga berilgan izohdan so‘ng nuqtali 
vergul qo‘yib ma’nodosh termin keltiriladi. Shuningdek, so‘z (yoki termin)ni 
yaqqolroq tasavvur etish uchun yordam beradigan uning (so‘z yoki termin) 
ma’nosiga yaqin so‘z (termin) qo‘shimcha izoh sifatida beriladi. Masalan, filial 
hamda bo‘lim terminlariga qo‘shimcha izoh sifatida shu’ba leksemasi berilgan. 
Ularning o‘zaro ma’no munosabatini kuzatamiz. Filial so‘zi O‘TILda quyidagicha 
izohlangan:
Filial - Yirik korxona, muassasa yoki jamoat tashkilotining mustaqil bo‘limi, 
shu’ba. (O‘TIL, 4, 346).
Bo‘limning shu’baga yaqin ma’nosi esa (bo‘lim ko‘p ma’noli hisoblanadi) 
O‘TILda quyidagicha izohlanadi: Idora va turli ishxonalarning ma’lum ish bilan 
shug‘ullanadigan har bir qismi; muayyan idoraga qarashli quyi idora, sho‘’ba (?) 
(O‘TIL, 1, 409). 
Shu’ba 1 esk. Biror tashkilot yoki muassasaning alohida bir qismi, bo‘lim; 
idora. Misol. (O‘TIL, 5, 9-b ) 
Izohlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu terminlarning ma’nolari «biror korxona, 
tashkilot yoki muassasaning bir qismi, bo‘lagi, bo‘linmasi, idorasi» umumiy 
semasiga ko‘ra yaqin. Mana shu umumiy ma’no asosida ularning ma’nodosh deb 
tasavvur qilinishiga, lug‘atda ma’nodosh birliklar singari izoh tarkibida berilishiga 
sabab bo‘lgan. Lekin ular to‘la ma’noda sinonimlar emas, biri o‘rnida ikkinchisini 
qo‘llab bo‘lmaydi (Zero, terminologiyaning talabi ham bir tushunchaning ikki yoki 
undan ortiq atamasi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir).

Yüklə 42,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin