O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Sharopova Ra’noning
Ayrim ma’nodosh ijtimoiy-siyosiy terminlar va ularning
lug‘atlardagi izohi xususida
mavzusida yozgan
Navoiy -2013
Izohli lug‘atlarda so‘z va terminlar izohida, jumladan, ijtimoiy-siyosiy
terminlar izohida ham izohning qo‘shimcha tarkibiy qismi sifatida ma’nodosh
so‘zdan ko‘p foydalaniladi. Bunda termin ma’nosiga berilgan izohdan so‘ng nuqtali
vergul qo‘yib ma’nodosh termin keltiriladi. Shuningdek, so‘z (yoki termin)ni
yaqqolroq tasavvur etish uchun yordam beradigan uning (so‘z yoki termin)
ma’nosiga yaqin so‘z (termin) qo‘shimcha izoh sifatida beriladi. Masalan,
filial
hamda
bo‘lim terminlariga qo‘shimcha izoh
sifatida shu’ba leksemasi berilgan.
Ularning o‘zaro ma’no munosabatini kuzatamiz. Filial so‘zi O‘TILda quyidagicha
izohlangan:
Filial - Yirik korxona, muassasa yoki jamoat tashkilotining mustaqil bo‘limi,
shu’ba. (O‘TIL, 4, 346).
Bo‘limning shu’baga yaqin ma’nosi esa (bo‘lim ko‘p ma’noli hisoblanadi)
O‘TILda quyidagicha izohlanadi: Idora va turli ishxonalarning ma’lum ish bilan
shug‘ullanadigan har bir qismi; muayyan
idoraga qarashli quyi idora, sho‘’ba (?)
(O‘TIL, 1, 409).
Shu’ba 1 esk. Biror tashkilot yoki muassasaning alohida bir qismi, bo‘lim;
idora. Misol. (O‘TIL, 5, 9-b )
Izohlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu terminlarning ma’nolari «biror korxona,
tashkilot
yoki muassasaning bir qismi, bo‘lagi, bo‘linmasi, idorasi» umumiy
semasiga ko‘ra yaqin. Mana shu umumiy ma’no asosida ularning ma’nodosh deb
tasavvur qilinishiga, lug‘atda ma’nodosh birliklar singari izoh tarkibida berilishiga
sabab bo‘lgan. Lekin ular to‘la ma’noda sinonimlar emas, biri o‘rnida ikkinchisini
qo‘llab bo‘lmaydi (Zero, terminologiyaning talabi ham bir tushunchaning
ikki yoki
undan ortiq atamasi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir).