@Talim_fidoiylariga
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB
TA’LIMI VAZIRLIGI
Ta’lim tashkilotlarida oʻtkaziladigan “Mustaqillik darsi”
va mashg‘ulotni tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etiladigan namunaviy
O‘QUV REJA VA DARS (MASHG‘ULOT) ISHLANMASI
(ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun moʻljallangan)
TOSHKENT-2023
TA’LIM TASHKILOTLARIDA OʻTKAZILADIGAN
“MUSTAQILLIK DARSI” VA MASHG‘ULOTNI TASHKIL ETISHDA
FOYDALANISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN NAMUNAVIY
OʻQUV REJA VA DARS (MASHG‘ULOT) ISHLANMASI
Joriy oʻquv yilning birinchi kuni davlat umumtaʼlim maktablarining barcha sinflarida dars mashgʻulotlari “Mustaqillik darsi” sifatida hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulot sifatida tashkil etilib, sinf rahbarlari, fan oʻqituvchilari hamda tarbiyachilar tomonidan olib boriladi.
Jumladan, mazkur darslar (mashg‘ulotlar) maktabgacha taʻlim tashkilotlari, boshlangʻich (1-4) va yuqori (5-11) sinflarda 1 soat (45 daqiqa) hajmida tavsiya etilayotgan namunaviy o‘quv reja va dars (mashg‘ulot) ishlanmasidan foydalangan holda oʻqitiladi (boshlangʻich sinflar uchun 2 soatga, yuqori sinflar uchun
5 soatga moʻljallangan namunaviy mavzulardan birini ixtiyoriy tanlagan holda, oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarga mavzu oʻtib beriladi).
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI
T/r
|
Mavzu nomi
|
Oʻquv soati
|
|
1.
|
Oʻzbekiston – mening Vatanim! (Ilk qadam dasturi asosida)
|
1
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |