QASHQADARYO VILOYATI YAKKABOG’ TUMANI 24– UMUMTA’LIM MAKTABINING MATEMATIKA FANI BIR SOATLIK
DARS ISHLANMASI
TEXNOLOGIK XARITA
Mavzu
O’NLI KASRLAR
Maqsad,vazifalar
o’quvchilarni o’nli kasrlar tushunchasi bilan tanishtirish;o’nli kasrlarni o’qiy olish va yoza olish ko’nikmalrini berish;
O’quv jarayonining mazmuni
o’quvchilarni o’nli kasrlar tushunchasi bilan tanishtirish; o’nli kasrlarni yozilishini va o’qilishini bo’yicha bilimlarini oshirish;
o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida ulg’ayishiga undash,milliy urf odatlarga hurmatda bo’lishlikka chorlash;
o’nli kasrlarni yo’zilishi va o’qilishi bo’yicha bilimlarini oshirish uchun misol va masalalar yechish.
Vosita:tarqatma va ko’rgazma materiallar,
Metodi: Bahs munozara,aqliy hijim,Bumerang
Kutiladigan natijalar
O’qituvchi:o’quvchilarni o’nli kasrlar tushunchasi bilan tanishtirib; o’nli kasrlar yoza olish ko’nikmalrini hosil qildiradi
Oquvchi: o’nli kasrlarni o’qiy olish va o’nli kasrlarni yoza olish ko’nikmalrini oladi
O’qituvchi:Yangi pedtexnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tatbiq etishni takomillashtiradi;
O’quvchi:mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi va o’rganadi.