O‘zbekiston Respublikasining Qonuni



Yüklə 93,4 Kb.
tarix10.06.2022
ölçüsü93,4 Kb.
#61143
O‘RQ-376 25.09.2014




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik
Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ijtimoiy sheriklik va uning subyektlari
Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: mazkur Qonunning 2-bob (“Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi”).
Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlaridir.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasining 56-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73 — 78-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 2-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuninng 1-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 4-moddasi.
Davlat organlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlari.
4-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonunga bo‘ysunish;
teng huquqlilik;
ochiqlik va shaffoflik;
hammaboplik;
mustaqillik;
xolislik;
o‘zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va mas’uliyat;
majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi.
5-modda. Ijtimoiy sheriklik sohalari
Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:
aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘llab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish;
aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirish;
atrof muhitni, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish;
har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo‘naltirish;
onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, sog‘lom oilani shakllantirish;
fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;
aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash;
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g‘oyalarini mustahkamlash, ko‘p asrlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik qonunchilikka muvofiq boshqa sohalarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-bob. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi
6-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 7-moddasi.
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 7-moddasi.
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 8-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 9-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va shartnomalar deb yuritiladi) tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 10-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot almashish.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 11-moddasi.
7-modda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ularning roziligiga ko‘ra jalb etishi mumkin.
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan takliflar to‘plashni amalga oshiradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismi, “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Uslubiy ko‘rsatmalarning 9-bandi (ro‘yxat raqami 2352, 09.04.2012-y.).
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqishda, tegishli takliflar va loyihalarni tayyorlashda ishtirok etishga, shuningdek ularni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazishda, ishlab chiquvchilar bilan kelishuvga ko‘ra, ularning jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishda ishtirok etishga, loyihalar yuzasidan takliflarni ishlab chiqishga, ularni to‘plashni va umumlashtirishni amalga oshirishga, shuningdek ushbu takliflarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
birgalikda tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan loyihalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishga;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, uning yakunlari bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni vakolatli davlat organlariga kiritishga haqli.
Davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini ko‘rib chiqishi shart.
8-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va ta’minlash, boshqa sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish maqsadida tashkil etiladigan davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar hamda jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ushbu loyihalarga doir takliflarni tayyorlashga, ularni davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida ko‘rib chiqish uchun kiritishga;
davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlariga ularning vakolatiga kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish, mazkur masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflar bilan murojaat etishga;
oldindan kelishuvga ko‘ra davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida ularning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘z vakili orqali so‘zga chiqishga haqli.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyalar to‘g‘risida nizom”.
9-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari:
konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik so‘rovlar shaklida va boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar;
bitimlar va shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi mumkin.
Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikrlarini so‘rash, ular ishtirokida davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tuzish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
10-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari bitimlar va shartnomalar tuzishi, shuningdek birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi mumkin.
Bitimlar taraflarning o‘z zimmalariga olgan o‘zaro majburiyatlaridan iborat bo‘lib, ular doirasida taraflar birgalikdagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini, yo‘nalishlarini aniqlaydi, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllarini ko‘rsatadi.
Shartnomalar ishlar bajarishni yoki xizmatlar ko‘rsatishni, shuningdek ijtimoiy sheriklik subyekti tomonidan moddiy, shu jumladan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Birgalikdagi loyihalar va rejalar, bitimlar hamda shartnomalarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini belgilaydi.
11-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot almashish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘z vakolatlari doirasida o‘quv-uslubiy, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydi.
Ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘z tasarrufida bo‘lgan va hamkorlik predmetiga taalluqli axborotni yozma so‘rovlar asosida bir-biriga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yozma so‘rovga javob, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, imkoni boricha qisqa muddatda, lekin so‘rov olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay berilishi kerak.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijtimoiy sheriklik subyektlari davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborotni taqdim etishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshi, O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
3-bob. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
12-modda. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari
Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari quyidagilardan iborat:
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 13 va 14-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berish;
(12-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 19 — 22-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-bobi (“Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash”).
13-modda. Mulkiy yordam ko‘rsatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga vaqtincha foydalanishga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishi kerak.
14-modda. Axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
Ijtimoiy sheriklik sohasida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:
ijtimoiy sheriklik sohasidagi axborotdan erkin foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalariga doir uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda nashr etish;
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish hamda bilim beruvchi tadbirlar, uslubiy maslahatlar, ilmiy-amaliy seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
Mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada rivojlantirishga hamda bunda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablag‘larni jamlaydi, bu mablag‘lar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etadi;
(15-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
mablag‘larni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashga taqsimlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga yo‘naltiradi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy maslahat, tashkiliy, texnik jihatdan va boshqa xil yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi to‘g‘risida nizom”
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga ko‘maklashish maqsadida tuziladi.
Parlament komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, adliya va moliya vazirliklarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Parlament komissiyasi:
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat organlarining takliflarini o‘rganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning o‘tkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘larning hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni ta’minlaydi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, o‘z majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari to‘g‘risida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga ko‘maklashadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam ko‘rsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tizimli ishlar olib boradi;
ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
bajarilgan ishlar to‘g‘risida har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Senatiga axborot taqdim etadi;
o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament komissiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(16-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi to‘g‘risida nizom”
17-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslarini rivojlantirish hamda rolini kuchaytirish, shuningdek ularning joylarda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qonunchilikka muvofiq jamoat fondlari tuzilishi mumkin.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari:
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy budjetdan va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondidan olinadigan mablag‘larni, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalarini, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jamlaydi;
(17-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamlangan mablag‘lardan nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini, ularning joylardagi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanilishini tashkil etadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashadi.
18-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari
Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, shuningdek boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan rais, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiya a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Jamoat komissiyalari:
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorligini chuqurlashtirishga ko‘maklashadi, ularning takliflarini o‘rganish asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining joylarda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablag‘larning zarur hajmlarini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi hamda tegishli buyurtmalarni Parlament komissiyasiga yuboradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari mablag‘larining samarali taqsimlanishini tashkil etadi, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
tegishli hududda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi;
ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘rtasida manfaatlarni kelishib olishga va birgalikdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va o‘tkazadi, ular o‘rtasida bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga ko‘maklashadi;
ijtimoiy sheriklik sohasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Jamoat komissiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat komissiyalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoat komissiyalari o‘z faoliyatini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi.
Jamoat komissiyasining namunaviy reglamenti Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoat komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
19-modda. Davlat subsidiyasi va uni ajratish tartibi
Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan beriladigan hamda aniq loyihalar bilan bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy ko‘makdir.
Davlat subsidiyalaridan faqat nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish uchungina foydalaniladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat subsidiyasini olish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga buyurtmalar bilan murojaat etadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining buyurtmalarini umumlashtiradi, subsidiyalash hajmlariga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni Parlament komissiyasiga kiritadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi va zarur hajmlari to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti tasdiqlanganidan keyin Parlament komissiyasiga davlat subsidiyalarini taqsimlashga doir takliflarni taqdim etadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining takliflari olinganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratiladigan davlat subsidiyalarining hajmlarini aniqlaydi.
Davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda ayrim nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun davlat tomonidan subsidiyalashning boshqacha tartibi ham nazarda tutilishi mumkin.
(19-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 12-moddasi.
20-modda. Davlat granti va uni ajratish tartibi
Davlat granti ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek jamoat fondlarining mablag‘lari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmalari bo‘yicha tanlov asosida beriladigan pul mablag‘lari va moddiy resurslardir.
Davlat grantlarini ajratish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari orqali amalga oshiriladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari davlat grantini taqsimlash maqsadida grant tanlovlarini tashkil etadi.
Grant tanlovlarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni taqdim etgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishga haqlidir.
Grant tanlovlariga taqdim etilgan loyihalarni tanlab olish va g‘oliblarni aniqlash Parlament komissiyasi, jamoat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat granti ajratilayotganda grant beruvchi va grant oluvchi o‘rtasida grant ajratilganligi to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi hamda shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 13-moddasi.
21-modda. Davlat ijtimoiy buyurtmasi va uni berish tartibi
Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o‘rtasida shartnoma tuzish yo‘li bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga doir davlat topshirig‘idan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari orqali, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat organlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida o‘z faoliyatining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari qo‘llab-quvvatlashini talab etadigan ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi hamda kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to‘g‘risida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga buyurtmalar yuboradi. Buyurtmada davlat organi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ishlar bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga doir topshiriqning maqsadlari, vazifalari va shartlari ko‘rsatiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan tushgan takliflarni umumlashtiradi hamda ularni tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga kiritadi.
Parlament komissiyasi yoki jamoat komissiyalari tegishincha Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishning maqsadga muvofiqligi va ularning hajmlari to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi, davlat buyurtmachilarining ro‘yxatini va ko‘rsatilgan mablag‘larni ajratish rejalashtirilayotgan faoliyat yo‘nalishlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga taqdim etadi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilayotganda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish to‘g‘risida buyurtma yuborgan davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Davlat organlari Parlament komissiyasi, jamoat komissiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bunda qo‘shimcha moliyalashtirish miqdori umumiy moliyalashtirish summasining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 14-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organlari sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi mumkin. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish davlat buyurtmachilarining ro‘yxati va faoliyatning mablag‘lar ajratish rejalashtirilayotgan yo‘nalishlari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida oldindan e’lon qilingan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushadigan loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov g‘olibi loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Davlat boshqaruvi organi va tanlovda g‘olib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o‘rtasida shartnoma tuziladi.
(21-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish, shuningdek tanlov shartlari va uni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(21-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan “Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi to‘g‘risida nizom”.
22-modda. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 69-moddasining birinchi qismi uchinchi xatboshi, 70-moddasining birinchi qismi 2-bandi.
ijtimoiy sheriklik subyektlarining o‘z mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-bob. Ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlari
23-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘z ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘z a’zolari va ishtirokchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning turli masalalari bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlariga tegishli takliflar kiritish;
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan davlat organlarining qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etish;
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
davlat organlariga axborot olish to‘g‘risida so‘rovlar bilan murojaat etish, shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlari.
ijtimoiy sheriklik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalar tuzish to‘g‘risida takliflar kiritish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash hamda muhokama qilishda ishtirok etish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qo‘shma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuninng 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 15-moddasi.
24-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
o‘z faoliyatining ochiqligi va shaffofligini;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar va loyihalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini;
ijtimoiy sheriklik doirasida faoliyatni amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlari hisobga olinishini;
ijtimoiy sheriklik doirasida taqdim etilgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 8-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuninng 19-moddasi.
25-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etishga;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda ishchi guruhlar hamda komissiyalar tuzishga, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat organlari huzuridagi jamoatchilik-maslahat organlari ishida ishtirok etishini ta’minlashga;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bitimlar hamda shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, birgalikdagi tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishga;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy sheriklik doirasida berilgan davlat pul mablag‘laridan va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishi ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshirishga haqli.
(25-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
faoliyatning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni talab qiladigan ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashi, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish orqali aniqlashi;
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ular ijtimoiy sheriklikda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslari hamda takliflarini ko‘rib chiqishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining borishi bo‘yicha zarur hollarda jamoatchilik muhokamasini tashkil etishi, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ularni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga doir takliflarini ko‘rib chiqishi;
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oldindan maslahatlashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazilishini ta’minlashi;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar hamda loyihalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
27-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda. Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(29-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-sentabr,
O‘RQ-376-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 39-son, 488-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )

Yüklə 93,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin