[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari),
diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Kasaba uyushmalari to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 24-oktabrda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda.
Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqini amalga oshirish, shuningdek kasaba uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi
qonunchilik
Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qonunchilikda ushbu Qonunni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida,
ichki ishlar organlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida, Milliy gvardiyasida va boshqa harbiy tuzilmalarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
kasaba uyushmasi — fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya
qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.