Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi.
Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan. Akademik I. P. Gerasimov
Geoekologik monitoring bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiy-antropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiladi va nazorat qilinadi.
Mazkur bosqich uchun tabiatni ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori va geotizimlarning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi.
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.
O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi
Qishloq va suv xo‘jaligi Metallurgiya Kimyo Konchilik
Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan.