O’zbekistonda tasviriy san’at sohasida ayollarning faoliyati qarDu Tarix fakulteti 4-kurs talabasi Murodullayeva Durdona Annotatsiya



Yüklə 47,5 Kb.
səhifə1/2
tarix05.04.2023
ölçüsü47,5 Kb.
#93728
  1   2
Murodullayeva maqola 2


O’ZBEKISTONDA TASVIRIY SAN’AT SOHASIDA AYOLLARNING FAOLIYATI
QarDu Tarix fakulteti 4-kurs talabasi Murodullayeva Durdona
Annotatsiya: Mustaqillik yillari O‘zbekiston dastgohli rangtasvirida badiiy jarayon bir muncha shiddatli va serharakat kechdi. Bu davr yillariga oid rangtasvir san’ati turli uslublar ko‘lamining kengligi bilan namoyon bo‘ldi. Mustaqillik ne’matidan bahramand bo‘lgan keksa, o‘rta va yosh avlod rassomlarimiz ijodida ham ijodiy yangiliklar, yutuq va o‘zgarishlar namoyon bo‘lmoqda.
Kalit soz’lar: Tasviriy san’at, ma’naviyat, majoziy-assotsiativ, surat, rang-tasvir, mahorat, obraz, asar, rassom, barkamol, g’oya, estetik yo‘nalishlar.
Inson ma’naviyatini tarbiyalashda san’atning o‘rni beqiyos. U inson hayotini mazmunli qiladi, ma’naviy jihatdan boyitadi. Chunki san’at insonning go‘zallikka bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi barobarida, uning his-tuyg‘ularini uyg‘otadi, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. Bu bilan insonning ma’naviy o‘sishiga sharoit yaratadi, ijtimoiy va shaxsiy hayotida eng murakkab muammolarni hal etishga yordam beradi, har bir kishi hayotda o‘z o‘rnini topishiga ham ko‘maklashadi. Buning uchun san’atni tushunish, u bilan oshno bo‘lish lozim.
Insoniyat azaldan go‘zallikka intilib kelgan, go‘zallik esa insonlarni barkamol, yuksak ma’naviyatli, hurfikr bo‘lishga yetaklaydi va yaxshilik sari olib boradi. Qip-qizil gilamdek bo‘lib yoyilgan lolazorni yoki yuqoridan tinimsiz pastga sho‘ng‘iyotgan sharsharani ko‘rganda, odamning yuragi ajib bir tarzda hapqirib ketadi. Balki mana shunday holatlar qadim ajdodlarimizga ham ilhom bag‘ishlab, ularni qoyatoshlarga surat ishlashga, ust-boshlarini turfa gul va ranglar bilan bezashga, uy-joylarini turli shakllarda qurishga undagandir.
«San’at inson hayotida u yoki bu tarzda namoyon bo‘ladi. Bolalikdan rasm solish, qo‘shiq aytishga qiziqish, o‘smirlikdan kitob o‘qishga ishtiyoq, go‘zallikka intilish, yoshlikdan musiqa olamiga, teatr, kinoga havas kuchaya borib, insonga g‘oyaviy, axloqiy, estetik yo‘nalishlar beradi va go‘zallik kashf etishga undaydi. Go‘zallikni sevish ya’ni estetik tuyg‘u har bir kishiga xos xususiyat. Bu ehtiyoj xuddi oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joyga bo‘lgan ehtiyojdek zarur. Tabiat ko‘rinishlari, mahobatli binolar, inshootlar, kelishgan inson gavdasi, yuksak axloqiy va olijanob xatti-harakatlar, chiroyli taqinchoq, kuzda oltindek tovlangan bog‘, bahorda qiyg‘os gullagan shaftolizor, rassom yaratgan san’at asari – bari insonda estetik zavq uyg‘otadi.1»
«O‘zbek zamonaviy tasviriy san’ati rivojiga O‘zbekiston xalq rassomlari Chizgiz Ahmarov, Malik Nabiyev, O‘rol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, Jaloliddin Mirtojiyev kabi marhum san’at ustalari buyuk hissa qo‘shdilar. Atoqli rassom va haykaltaroshlarimiz Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Vladimir Burmakin, Ilhom Jabborov, Akmal Ikromjonov, mashhur xalq ustasi Ortiq Fayzullayevlarning ijodi haqida har qancha faxrlanib gapirsak, arziydi.2»
«Mustaqillik yillari O‘zbekiston dastgohli rangtasvirida badiiy jarayon bir muncha shiddatli va serharakat kechdi. Bu davr yillariga oid rangtasvir san’ati turli uslublar ko‘lamining kengligi bilan namoyon bo‘ldi. Akademik realizm maktabi o‘z mavqeyini saqlagan holda, ko‘proq noan’anaviy uslublar, majoziy-assotsiativ asarlardan tortib instalyatsiya yechimi tarzida bajarilgan asarlar ustun kelishi kuzatiladi. Agar 70 – 80-yillarda O‘zbekiston rangtasviri rivojida milliy o‘ziga xoslik sotsrealizm uslubidagi izlanishlar bilan belgilangan bo‘lsa, to‘qsoningchi yillar uslub va yo‘nalishlarning kengayishi hamda ijodiy erkinlikning tarannumi bilan izohlanadi. Rassomlar borliqni o‘z ijodiy dunyoqarashlari orqali o‘ziga xos tarzda ifoda etishlari, badiiy jarayon rivojida rassom shaxsining o‘rni ahamiyatli bo‘lganligidan dalolat beradi. Bugungi kunga kelib, 70 – 80-yillarda tamal toshi qo‘yilgan va milliy rangtasvir maktabining o‘ziga xos uslubi sifatida namoyon bo‘lgan dekorativizm bilan yonma-yon, turli avangard yo‘nalishlar hamda miniatyura talqini uslubi ham keng rivoj topdi. O‘zbekiston zamonaviy dastgohli rangtasvir san’atining asosiy tamoyillari uslublarning keng ko‘lamliligi hamda yuqori va chuqur ijrochilik mahorati, obrazlar mazmundorligini saqlagan holda, realistik an’analardan tortib, avangardlik yo‘lidagi izlanishlargacha namoyon bo‘ladi. Badiiy uslubiyatning bu kabi rang-barang to‘planmasi yangi tarixiy voqelik tufayli yuzaga keldi. Bu esa plastik va falsafiy g‘oyalarni erkin ifoda etish imkoniyatini yaratdi.3»
Istiqlol yillari dastgohli rangtasvirida xalq eposi – «Alpomish» dostoniga ham ko‘p bor murojaat etilgan. Bu borada M.Yo‘ldoshev kata muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Uning «Alpomish», «Barchinoy» va boshqa o‘nlab asarlari shundan dalolat beradi. Xususan, «Alpomish» (1998-y.), «Turonlik buyuk arslon – Alpomish» (1998-y.), «Barchinoyning jasorati» (2002-y.) kabi asarlarida chinakamiga afsonaviy tasavvurni ko‘rishimiz mumkin. Ijodkorning «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi asarlari ham anchagina bo‘lib, «Go‘ro‘g‘li ayollari orasida» (1995-y.) kartinasida doston voqealari ko‘z oldimizda qayta gavdalanganday bo‘ladi. Akademik S.Rahmetovning «Alpomish» (2005-y.) portretida Alp o‘g‘lonning qiyofasini egniga harbiy sovut kiyib ot ustida qo‘lida kamoni bilan jangga ketayotgan holda tasvirlangan. Obraz xolatga nisbatan mahobatli ko‘rinadi. Alpomish qiyofasi butun matoni to‘ldirib turibdi, qo‘llari bilan nimalargadir ishora qilmoqda. Nigohlari yerga qadalgan, bir qo‘lida kattakon kamoni bo‘lsa, orqasida, o‘qlari. Oti go‘yo kishnab turibdi, oppoq otning ko‘zlari tomoshabinga qaratilgan.4»
Mustaqillik ne’matidan bahramand bo‘lgan keksa, o‘rta va yosh avlod rassomlarimiz ijodida ham ijodiy yangiliklar, yutuq va o‘zgarishlar namoyon bo‘lmoqda. Manzara va naturmort janrlarida samarali ijod qilayotganlar orasida N.Oripova, L.Salimjonova kabi rassomlarni alohida e’tirof etish mumkin. Ularning asarlarida Vatan jamoli, uning jahonga mashhur olimu fuzalolari, tabiat ehsonlari ifodalangan bo‘lib, bu asarlar yoshlarni Vatanni sevishga, uni asrab avaylashga, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini ko‘paytirishga undaydi, tabiatdagi nafosatdan zavqlanishga chorlaydi.
Bahodir Jalolov portret san’atida ko‘p yutuqlarga erishdi. Uning to‘laqonli asarlarida o‘zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o‘z ifodasini topgan. Bu o‘rinda ayniqsa akademik rassom O‘rol Tansiqboyev, buyuk olim, akademik Vohid Zohidov, san’atning mashhur darg‘alari Komil Yormatov, Malik Qayumov, Muhiddin Rahimov, Hamro Rahimova, Akrom Toshkanboyev, Damir Ro‘ziboyev kabi ulug‘lar siymosi so‘zimizga misoldir.



Yüklə 47,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin