Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash sohasida O`zbekiston Respublikasi qonunlari



Yüklə 23,94 Kb.
səhifə1/6
tarix09.05.2023
ölçüsü23,94 Kb.
#110181
  1   2   3   4   5   6
Reja


Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash sohasida O`zbekiston
Respublikasi qonunlari.

2. Soxaga doir O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
qarorlari.

3. Mutaxassis va rahbar xodimlarni o`qitish va bilimlarini tekshirish.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash sohasida O`zbekiston


Respublikasi qonunlari.

Respublikamiz Prezidenti tomonidan amalga oshirilayottan tadbirlarning
barchasida xalq manfaati, inson qadriyati eng oldingi o`rindadir.
So`nggi yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini
kafolatlovchi, fuqarolar mas`uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini
belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. «Yo`l harakati xavfsizligi
to`g’risida», «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to`g’risida», «Odamning
immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishini (OIV kasalligining) oldini olish
to`g’risida», «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g’risida», «Fuqaro muhofazasi
to`g’risida», «Qishloq xo`jalik o`simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va
begona o`tlardan ximoya qilish to`g’risida», «Radiatsiyaviy xavfsizlik
to`g’risida», «Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida»gi qonunlar shular
jumlasidandir.
Yuqorida sanab o`gilgan qonunlar ichida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan
«Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish to`g’risida
»gi qonun favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Ushbu qonun aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro`y berishi va rivojlanishini oldini
olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo`yadi.
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvining barcha darajadagi organlari,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan aholini va hududlarni
favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishning asosiy tamoyillari, maqsadlari,
vazifalari va usullari aniqlanib, mustahkamlab qo`yilgan.
1 - bo`lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanib o`z ichiga 1-5 moddalarni
oladi. Ularda qonunning asosiy maqsadi, favqulodda vaziyatlar bo`yicha asosiy
tushunchalar, qonun xujjatlari, muhofazaning asosiy tamoyillari va axborot
qanday bo`lishi lozimligi ko`rsatib berilgan.
II bo`limda - «Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni ta`minlash tizimi»
(6—14-moddalar) - muhofaza tizimini tashkil etuvchi organlar, ularning
vazifalari haqida so`z yuritiladi. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va unday
vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi, Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda
vaziyatlar vazirligi, vazirliklar idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining
vakolatlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning majburiyatlari belgilab
berilgan, ilk bor fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalarining ishtiroki ko`rsatilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo`yicha maxsus vakolatli davlat
boshqaruvi organi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari 8-moddada
keltirilgan:
-favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va
sog’lig’ini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish, shuningdek,
favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf ztish va zararni kamaytirish yuzasidan
choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
- aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini
tashkil etadi;
- o`z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo`lgan
qarorlar qabul qiladi;
- boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va
vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo`lishini
tashkil etadi;
- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini
amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
- favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib
bo`lmaydigan boshqa ishlar o`tkazilishini tashkil etadi;
- aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish tadbirlari
bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
- ishlab chiqarish va ijtimoiy ob`ektlar bo`yicha loyihalar, qarorlar yuzasidan
davlat ekspertizasi o`tkazilishida ishtirok etadi;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
«Fuqarolarning huquq va majburiyatlari» deb nomlanuvchi III bo`lim
qonunning asosiy bo`limi hisoblanadi. Bu bo`limda shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlari uzviy birlikda ko`rib chiqilgan.
Qonunning 1U-bo`limida (20-25-moddalar) favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etish uchun zarur bo`lgan kuch va vositalar, favqulodda vaziyatlar ro`y bergan
zonalar chegarasi, qo`shimcha kuch va vositalarni olish masalalari yoritilgan.
«YAkunlovchi qoidalar» deb nomlanuvchi V bo`lim moliyaviy va moddiy
resurslarning zahiralarini barpo etish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Bu erda shuningdek aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish sohasidagi qonunni buzganlik uchun tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar javobgar bo`lishlari ta`kiddab o`tilgan.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 26 mayda qabul
qilingan «Fuqaro muhofazasi to`g’risida»gi qonun harbiy harakatlar olib borish
davri masalalariga bag’ishlangan. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi
asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat
organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini,
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini,
shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
Qonun V bo`lim va 23 moddadan iborat. I bo`limi «Umumiy qoidalar» deb
nomlanib, beshta moddani o`z ichiga oladi. Bu moddalarda fuqaro
muhofazasining asosiy tushunchalari, vazifalari, qonun hujjatlari, ushbu qonunni
buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to`g’risida ma`lumrtlar
berilgan.

Yüklə 23,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin