Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Guliston davlat universiteti
|
Guliston shahri, IV mavze
|
Kafedra:
|
Tarix kafedrasi
|
“Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti
|
Ta’lim sohasi va yo’nalishi:
|
120000 – Gumanitar fanlar
|
5120300-Tarix
|
Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:
|
Katta o’qituvchi Abdushukurova I.Q.
|
e-mail:
|
ika2575@gmail.com
|
Dars vaqti va joyi:
|
Asosiy bino 310- auditoriya
|
Kursning davomiyligi:
|
15.02-20.06.2021
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Seshanba va juma kunlari 15.00 dan 17.00 gacha
|
Fanga ajratilgan soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
60
|
Ma’ruza:
|
30
|
Amaliyot
|
30
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi :
|
Mustaqillik O’zbekiston tarixining yangi davrini boshlab berdi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan joy egalladi. Mustaqil taraqqiyotning Ushbu dastur fan tarixi kursining predmeti, maksad va vazifalari, yigirma yillik mobaynida vatanimizda amalga oshirilgan ishlar ko’lami asrlarga tatigulik bo’ldi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ma’naviyat sohalarida katta islohotlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, ta’lim sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni alohida ta’kidlash lozim. Barkamol avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan Milliy dastur o’z mevasini bermoqda. Bugun dunyoda kechayotgan mafkuraviy qarama-qarshiliklar ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun ularda tarixiy tafakkurni shakllantirish zarur.
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Ushbu dasturda O’zbekistonning eng yangi tarixi, ya’ni O’zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi. “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”da ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ulardan mustaqil fikrni qaror toptirish, mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o’zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning o’rnini, o’zligini anglatishdan iborat. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.
|
Talabalar uchun talablar
|
o’qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish;
universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
uyali telefonni dars davomida o’chirish;
berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;
ko’chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;
darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o’zlashtirilishi shart;
darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;
talaba o’qituvchidan so’ng, dars xonasiga - mashg’ulotga kiritilmaydi;
talaba reyting ballidan norozi bo’lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin
|
|