5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra. Ma`lumotlarning modeli



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə1/12
tarix23.06.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#134377
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va


5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra.


Ma`lumotlarning modeli — bu ma`lumotlar o`zaro bog`langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to`plamidir. Modelning shaklli va unda foydalaniladigan ma`lumotlar tuzilishining turi (ma`lumotlar bazalarini boshqarish tizimida unga asos qilib olingan modelning yoki ma`lumotlarga ishlov berish amaliy dasturi yaratiladigan) dasturlash tizimi tilida foydalangan ma`lumotlarni tashkil etish va ishlov berish kontseptsiyasini aks ettiradi.
Malumotlar bazasi tuzilmasining asosi bu ma`lumot modellaridir. U o`z ichiga ma`lumotlarning o`zaro bog`lanishi, ularning tuzulish ketmaketligi va boshqa bir qancha ma`lumotlarni oladi. Model MBda fizik, mantiqiy va ko`rsatish bosqichlarini tasvirlashni o`ziga xos bir yo`li. Ma`lumot modellari quyidagi 4 ta turkumga bo`linadi:

  • Munosabat modeli. Jadvallarni va ulardagi ma`lumotlarni o`zaro bog`lanish munosabatlarini tasvirlash uchun foydalaniladi. Har bir jadvalning bir necha ustunlari va har bir ustunning yagona takrorlanmas nomi bo`ladi. Bu model MBni boshqarish tizimida juda keng foydalaniladi.

  • Mohiyat - aloqa modeli. Bu modeldan asosan obektlarning yig`indisini va ular o`rtasidagi bog`liqlikni tasvirlaydi. Mohiyat bu biror narsa yoki obekt haqiqiy dunyodagi boshqa obektlardan farqlaydi. Bu modeldan MB tuzilmasida keng foydalaniladi.

  • Ob`ekt-baza ma`lumot modeli. Ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash dasturlash metodlari ichida ustuvor hisoblanadi. Ob`ektga yo`naltirilgan ma`lumot modelida tayyor ob`ektlardan foydalaniladi.

  • Yarimtuzilgan ma`lumot modeli. Bu model ma`lumotlarning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu model yuqorida keltirib o`tilgan modellarga zid ishlaydi. Bunda har bir ma`lumot qismini o`ziga xos xususiyati o`rnatilgan bo`lishi kerak.

Ma`lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma`lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo`lib, u ko`plab omillardan bog`liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik va dasturiy ta`minot avtomatlashtirilayotgan masalarning murakkabligi va axborotning xajmi kabilar kiradi
Ma`lumotlar modeli quyidagi tarkibiy qismdan iborat:

        1. Foydalanuvchining MBga munosabatini namoyish etishga mo`ljallangan ma`lumotlar tuzilmasi.

        2. Ma`lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo`lgan operatsiyalar. Ular ko`rib chiqilayotgan ma`lumotlar modeli uchun ma`lumotlar tilining asosini tashkil etadi. Yaxshi ma`lumotlar tuzilmasining o`zigina yetarli emas. Ma`lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma`lumotlar bilan amallar bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bo`lish zarur.

        3. Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma`lumotlar modeli uning yaxlitligini saqlash va ximoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan ta`minlangan bo`lishi lozim. Quyida Shunday cheklanishlarning namunalari keltirilgan:

a) har bir "kichik daraxt" tugunga ega bo`lishi kerak. Ma`lumotlarning ierarxik bazalarida birlamchi tugunsiz "tug`ma" tugunlarni saqlash mumkin emas.
b) ma`lumotlarning relyatsion bazasiga nisbatan bir xil kortejlar bo`lmaydi. Fayl uchun bu cheklash barcha yozuvlarning yagonaligini talab etadi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin