O'zbeksiton respublikasining markaziy osiyo mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlari masharibov Asrorbek Fahriddin o'g'li



Yüklə 20,67 Kb.
səhifə1/3
tarix16.04.2023
ölçüsü20,67 Kb.
#98903
  1   2   3
MASHARIBOV ASRORBEK FAHRIDDIN O\'G\'LI


O'ZBEKSITON RESPUBLIKASINING MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN XALQARO MUNOSABATLARI
Masharibov Asrorbek Fahriddin o'g'li
Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakultet islom tarixi va man’bashunosligi yo'nalishi 2- kurs talabasi
asrorbekmasharibov68@gmail.com


ANNOTATSIYA
Mamlakatimiz mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan tamoyilllari va normalari, qo'shni mamlakatlar bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo'lida barcha sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga qaratilgan. O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.
KALIT SO'ZLAR
Markaziy Osiyo, qo'shnichilik, tashqi siyosat, tashqi savdo, taraqqiyot, farovonlik, ahillik, rivojlanish, xlaqaro hamkorlik, mintaqa, xalqaro munosabatlar, ekspor, import, investitsiya.
KIRISH
"Bizning bosh maqsadimiz - umumiy sa'y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat.
Buning uchun biz turli nizolarni qo'zg'aydigan va unga ko'maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog'imiz, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta'minlamog'imiz zarur.
Biz bugun taraqqiyotimizning umumiy ustuvor yo'nalishlarini anglagan holda, chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o'tkir mintaqaviy masalalarni yechish bo'yicha oqilona murosayo'lini izlamoqdamiz."
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o'tgan ""Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiyada

Yüklə 20,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin