TEXNIK TIZIMLARDA AXBORT TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1.
Texnik tizimlarda AKTning asosiy vazifalari.
2.
O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi
davlat siyosatining asosiy
yo’nalishlari, amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari
va
Vazirlar
Mahkamasining
qarorlari,
Respublikada
kompyuterlashtirishni va AKTni rivojlantirish dasturi va undagi vazifalar va
boshqaruvdagi roli.
3.
AKT soxasini texnik yo’nalishlarida tadbiq etish tamoillari.
Texnik tizimlarda AKTning asosiy vazifalari.
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot
texnologiyasi deb ataladi.
Axborot texnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash,
izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar,
qurilmalar, usullar va jarayonlar.
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AT ni
muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini
beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o’zbelgilash va “oyoqqa
turish”dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi. Multmediyali
texnik vositalarga ega
bo’lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan
foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o’zida murojaatlarni
tashkil qilsa bo’ladi, bu esa kalit so’zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni
osonlashtiradi. Gipermediya
tizimlari faqat matnni emas, balki tasvirni,
raqamlashtirilgan tovushni,
rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o’zaro bog’lash
imkonini beradi.Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo’llanmalari,
spravochniklarni, kitoblarni, ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar
yordamida tarqatish imkonini beradi.
Ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi,
bilimlar bazalaridagi,
elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi
ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi.
Bu terminalogiyaga mos xolda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o’quv
jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish
usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa buladi. TATda qo’llaniladigan
Elektron
vositalar tarkibiga metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat, dasturiy va
axborot komponentlari kiradi.