axborot
mahsuloti, o’quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi,
usuliga
bog’lik.
Moddiy ishlab chiqarishda turli mahsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar
ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham uzining «uskunalari», vositalari
mavjud. Bo’lar kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar
orqali axborotga ishlov berilib, o’zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish
uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo’llanilmokda.
Axborot
texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo’llanishiga urg’u
berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida
gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o’zi uchun asosiy muhit bo’lgan
axborot tizimlari bilan
bevosita bog’likdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud
bo’lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli hil
murakkablikdagi operatsiyalar,
amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng
muhim usullaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga kadar bir necha evolyutsion
bosqichlarni bosib o’tdi.
Ana shu bosqichlarga qisqacha to’htalib o’tamiz.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «qo’llik»
axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob.
Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali hat vositasida
amalga oshirilgan.
Dostları ilə paylaş: