SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 8
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 769
NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI
Muhayyo Zaripovna Abdiyazova
Bahorgul Yusupovna Mametova
Xorazm viloyati Qo'shko'pir tuman 27-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va
adabiyot
fani o'qituvchilari
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda chet tillarini o’rganish zamon talabiga aylanayotgani ona tilini
mukammal o’rganish va bilishni taqozo etadi. O’z ona tilisini mukammal bilgan, hech
qanday xatolarsiz
yoza va gapira oladigan odam, shak-shubhasiz hamma yerda
qadrlanadi. Ushbu maqola tildagi nutqiy xatolarga bag’ishlangan.
Kalit so’zlar: nutq, nutqiy xato, gap
Nutqiy xatolarga noto’g’ri (noo’rin) tanlangan so’zlar, noto’g’ri tuzilgan gaplar,
morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish kiradi.
Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar
ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni
to’g’rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot
yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish
ustida rejali, muntazam ish olib borish
uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o’rganish,
shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to’g’rilash va oldini
olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi:
lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy,
sintaktik-uslubiy.
Boshlang’ich sinflarda lug’aviy-uslubiy xatolar ko’proq uchraydi. Bunday
xatolarga quyidagilar kiradi:
1.
Bir
so’zni
qayta-qayta
ishlatish.
Bunday
xatoning
kelib
chiqishiga sabab,
birinchidan, o’quvchi so’zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol
lug’atidagi so’zdan
takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o’quvchining so’z
boyligi kam,
sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so’zlar o’rniga olmoshlardan foydalana olmaydi.
Agar o’qituvchi bir so’zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning
ma’nodoshlaridan yoki shu so’z o’rniga olmoshlardan foydalanish
kerakligini yaxshi
tushuntirsa, kichik yoshdagi o’quvchi matnni e’tibor bilan o’qib, takrorlarini nisbatan
tez tuzata oladi.