Reja: Kirish I bob. Boshlang’ich ta’limda boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashning nazariy asoslari



Yüklə 241,96 Kb.
səhifə1/5
tarix13.06.2023
ölçüsü241,96 Kb.
#129428
  1   2   3   4   5
diplom ishi


Mavzu: Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlash
Reja:
Kirish
I bob. Boshlang’ich ta’limda boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashning nazariy asoslari.

    1. So’z – til birligi , leksik hodisa

    2. Boshlang’ich ta’limda so’z bilan ishlashning nazariy jihatlari

II bob. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashning samaradorligi.
2.1 Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari bilan ishlashda tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar ustida ishlashda kompanent tahlil metodidan foydalanish
2.2 Tajriba sinov ishlari tahlili
III bob. Xulosa

KIRISH
Mustaqillik yillari tom ma’noda mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish maqsadida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyatimizning barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan - yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida jonbozlik, fidokorlik, shijoat hamda qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda.
Davlat ta'lim standarti ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini bеlgilaydi. Ta'lim mazmunining o’zagi hisoblangan me’yoriy vositasida mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan turli muassasalarda ta'limning me’yorlashgan darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi.
Davlat ta'lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar va boshqa mе'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta'limning standarti o’zining tuzilishi, mazmuniga ko’ra ta’lim beruvchilar hamda ta’lim oluvchilar manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi, eng asosiysi o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kеlib chiqadi.

Yüklə 241,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin