Tilning vazifaviy uslublari orasida badiiy va publitsistik uslubning chambarchas bogʻliqligi badiiy matnlarda koʻzga tashlanadi [1].Shu boisdan tilimizda badiiylik, milliylik ruhi ufurib turmogʻi kerak.
Til - millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir, - deyiladi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonunida. Haqiqatan ham, ozbek tili ozbek xalqining bebaho boyligi, tengsiz kuchga ega boʻlgan qudratli kuchi, tengsiz tilsimidir.
Olamning gultoji boʻlgan insonga tuhfa qilingan til uning mislsiz boyligi hisoblanadi. Ozbek tilining borligi, boyligi, boy-basti-yu butunligini korsata olgan filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov takidlaganlaridek, Odamni, olamni va Ollohni tanimoqday mashaqqatli, sharafli yo’lning avval-oxir charogboni shu tildir.
Dunyoda ozining kimligini anglash, qavmining jamiyati va hurligini korish tuygʻusi ham, avvalo, til tufayli poydordir. Ona tilining inson va aqliy va manaviy-ruhiy dunyosining tayanchi ekanligidan iborat haqiqatni hushi oʻzida bolgan odamlarning barchasi etirof etadi. [2]. Har qanday milliy til oʻzida shu tilda sozlovchi xalqning estetik, axloqiy-badiiy va falsafiy, diniy- etnografik, tarixiy va ijtimoiy, mafkuraviy va manaviy qarashlarini, ular haqidagi tushunchalar, tasavvurlar, kategoriyalar, mushohadalarni oʻzida ifoda etadi hamda buyuk merosni avloddan avlodga olib otuvchi, ularni asrovchi va saqlovchi manaviy qurolga, xazinaga aylanadi. Shu sababli ham tilni shunchaki aloqa quroli deb bilish va baholash mantiqqa mutlaqo togri emas.
Oʻzbek tili - oʻzbek xalqining milliy tili. Unda ozbek xalqining oʻzligi, tabiati, saviyasi, tafakkur tarzi oʻz tajassumini topar ekan, demak, mazkur tilni asrab- avaylash, uning nufuzini, obro- mavqeyini kotarish shu tilda sozlovchi har bir shaxsnning insoniy burchi va huquqidir.
Keyingi vaqtlarda ozbek tilining mavqeyi haqida bildirilayotgan koplab fikr-mulohazalarni oʻqishimizga togri kelayapti. Xullas, soha mutaxassislari ham, oddiy odamlar ham, talabalar ham uning jamiyatimizda egallagan oʻrnidan rozi emas. Muammo shundaki, tilning jamiyatdagi mavqeyini har qancha qaror-u farmonlar bilan ham, janjal-u majlislar bilan ham mustahkamlab boʻlmaydi.
Faqatgina jamiyatda kitobxonlikni muttasil rivojlantirish, targib etish lozim.
Munavvar qori tayyorlagan boshlangʻich sinf darsligida 50 ga yaqin sodda, lekin ibratli hikoya va sherlarni, Elbekning Ornak darsligida yuzdan ortiq maqol va matallarga boy ibratli hikoyalarni sanadim. Ular oʻquvchilarning ongiga milliy qadriyatlar va oʻzlikni singdirgan. Bolalarimizda badiiy tafakkurni oʻstirish uchun bayon va insholarni qaytarish kerak...
Muomalaga yangi soʻz kirib kelayaptimi, jamiyat ongiga muhrlanib ulgurmasidan ziyolilarimiz bu chet soʻzning oʻzimizga qulayroq boʻlgan shaklini hozirjavoblik bilan taklif etishi kerak. Bu avvalo, lugʻatlar orqali, qolaversa turli ommaviy axborot vositalari orqali amaliyotga tatbiq qilinishi muhim. Aks holda muammo chigallashgandan chigallashaveradi.
Shu oʻrinda yana jadid bobolarimizning tajribasi bizga qoʻl keladi. Ular otgan asrning boshlarida jamiyatda yangi munosabatlarning qaror topishi jarayonida minglab chetdan kirib kelayotgan yangi soz va birikmalarga qarshi ozlarining ehtiyot choralarini qoʻllaganlar. Jumladan, 20-30-yillarda kimyo, meditsina, texnika, sanat, siyosat, iqtisod, harbiy sohalarga tegishli qator lugʻatchalar yaratib, zudlik bilan ommaviy nashrlar va darsliklarga joriy etganlar.
Til - shunchaki gapirish yoki yozish emas, til - odamning tiynati, dil oynasi, madaniyati. Odam olgan jami tarbiyalarning hosilasi. Ataylab shevada yozish, farqi yo‘q, kino filmda aktyorlarni gapirtiramizmi yoki televizorda o‘zimiz mahalliy vatanparvarlik qilamizmi, bu bilan ma’naviy cheklanganimizni, manan qashshoqligimizni koz-koz qilamiz. Oʻylamaylikki, shu bilan tilimga tabiiylik beraman, ham mahallalarimizga yaqinroq boʻlaman deb. Aksincha, adabiy tilni buzishga jinoiy modda qoyilmagan, chunki bunga jazo millatning javobgar azosi sifatida har bir odamning oʻzi bilan. Hozirgi adabiy tilimiz ne-ne asrlar davomida qancha minglab ijodkorlarning tinimsiz mehnati hosilasi ekanini bir oylab koraylik. Til tarixini gapirganda Oʻrxun-Enasoy yodgorliklaridan boshlaymiz, budun, ulus, qoon, ochunni hali ham bilishimizdan faxr qilamiz. Devonu lugatit turkni yaratib bergani uchun Mahmud Koshgariyni til piridek xotirlaymiz. Qutadgu bilig yaratilganmi, binobarin, unga zamin til va uni kitobga muhrlab asrash zarurati bolgan. Agar tilni qoriqlash, uning obrosini joyiga qoʻyish, yangi martabalarga kotarish ehtiyoji bo'lmaganda, vaziri azamning mingta, sheriyatining yuz mingta ishidan vaqt ajratib, fors-u arabiy tillarni suv qilib ichgan hazrat Navoiy bobomiz turkiy til shan- shavkati borasida Muhokamatul- lugʻataynni yozmagan boʻlur edilar. Kerak ekan ona tilini qoʻriqlash, bosqinlardan himoyalash va oʻstirish kabi fidoyiliklar qilingan. Bugungi kunda biz nima qilyapmiz? Mustaqillik dedik, tilimizni mustaqil davlat tili qilish uchun kurashdik, shu maqomga kotarib oldik va... endi ozimizniki, nima qilsak ixtiyorimiz deb, uni ham oz ixtiyoriga tashlab qoydik. Endi erkinlik bo`ldi deb, tilimizning ming yillardan beri shakllangan qoida-tartiblaridan ham ozimizni erkin qilib oldik.
Tilimizni ozimiz sekin-asta, ammo tubdan buzib borayotganimizga yana bir oxshatma misol: shahrimizga, shaharlarimizga bir razm soling, qanchalar ozgarib ketdi, kochalar boyi, istirohat bogʻlari, hiyobonlarda ozimizning tol-u teraklarni koʻrmaysiz, tokilib, antisanitariya holatini yuzaga keltiradi deb, mevali ogochlarni jamoat joylariga ekmaymiz, ular faqat odamlarning bogʻlariga qamalgan: olmazor, orikzor mahallalar barmoq bilan sanarli qolgan. Hammayoqni Ovrupo daraxtlari egallagan. Mayli, koʻrk, manzara uchun oʻstirilayotgan begona ogʻochlarning oʻzida ayb yo`q, urugʻi uchib kelmagan, ba’zilarini olib kelamiz, aksarini koʻchatdan koʻpaytiramiz. Buni oʻzimiz qilamiz va, albatta, kerakligi uchun. Shaharga, uning koʻcha-yu xiyobonlariga zamonaviy koʻrk berish kerak. Lekin mehmon ogʻochlar mezbon ogʻochlarni oʻz makonidan siqib chiqarayotganligi bor gap.
Foydalanilgan adabiyotlar
Mirziyoyev Sh.M. 20.02.2020-yil Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilishdagi nutqi.