Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#119351
  1   2   3   4   5   6   7   8
54 sonli qaror



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
TOMORQADAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH, SHUNINGDEK
AHOLINING TADBIRKORLIK TASHABBUSLARINI MOLIYAVIY QO„LLAB-
QUVVATLASH BO„YICHA QO„SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO„G„RISIDA 
Tomorqa xo„jaliklarida mahsulot yetishtirishni ko„paytirish orqali aholi daromadini 
oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to„ldirish, tomorqada yetishtirilgan 
mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratish, shuningdek, har bir tumanda tomorqa yer 
egalari va ishlab chiqaruvchilar o„rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida: 
1. Tomorqada mahsulot yetishtirishni qo„llab-quvvatlash maqsadida Tiklanish va 
taraqqiyot jamg„armasi mablag„lari hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi 
qarz mablag„lari quyidagi bosqichlarda Fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalarini 
qo„llab-quvvatlash jamg„armasiga (keyingi o„rinlarda — Jamg„arma) milliy valyutada 4 yillik 
imtiyozli davr bilan 9 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo„naltirilsin: 
1-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag„lar 2022-yil 1-
yanvarga qadar; 
2-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag„lar 1-bosqich 
mablag„laridan foydalanish samaradorligi natijalariga ko„ra 2022-yil 1-iyunga qadar. 
2. Mazkur qarorning 
1-bandida 
belgilangan mablag„lar tijorat banklariga resurs sifatida 
yo„naltirilgan holda, tomorqachilik loyihalarini kreditlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 
dasturlarida belgilangan shartlar asosida: 
a) tomorqa yer egalariga: 
qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo„y va 
echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo„lga qo„yish, shuningdek, ixcham 
issiqxonalar, “dala do„konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish
kichik intensiv bog„dorchilik, limonchilik va uzumchilik; 
poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit 
ajratiladi; 
b) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta‟minlash va kambag„allikni qisqartirish 
masalalari bo„yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o„rinlarda — hokim 
yordamchisi) tavsiyasiga ko„ra “Tomorqa xizmati” MChJlarga urug„lik va ko„chat, motokultivator 
va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag„ uchun 300 million so„mgacha 
garovsiz kredit ajratiladi. 
Bunda, “Tomorqa xizmati” MChJlarga beriladigan kreditlar bo„yicha Jamg„arma 
mablag„lari garov ta‟minoti sifatida qabul qilinadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mazkur garovsiz kreditlar qaytmasligi xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin 
sug„urtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy vositalarga tijorat banki 
tomonidan taqiq qo„yiladi.
Jamg„armaning Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Tomorqa xizmati” MChJlarga 300 
million so„mgacha ajratilgan garovsiz kredit uchun Jamg„armaning tijorat banklari tomonidan 
garovga (depozit) olingan mablag„larining akseptsiz undirilgan qismini qoplash maqsadida, 
mablag„larni tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan Jamg„armaning daromadlari hisobidan 
zaxira yaratiladi hamda Jamg„armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan 
mablag„larining akseptsiz undirilgan qismi mazkur zaxira mablag„lari hisobidan qoplab boriladi. 
(2-bandning “b” kichik bandi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi 
PQ-394-sonli 
qaroriga 
asosan xatboshilar bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 
13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son) 


v) yetakchi tadbirkorlik subyektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo„jaligi mahsulotlarini 
kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma 
mablag„larni to„ldirishga kreditlar ajratiladi. 
3. Belgilansinki, Jamg„arma tomonidan 2026-yil 1-yanvarga qadar: 
tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida tomorqa yer egalari 
bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash
shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi 
miqdorida, biroq 150 mln so„mdan ortiq bo„lmagan hajmda subsidiya beriladi; 
suv ta‟minoti og„ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug„orish 
uchun vertikal sug„orish quduqlarini burg„ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv 
chiqarish vositalarini sotib olish va o„rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi amal qiladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin