O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI GEOLOGIYA QIDIRUV VA KON-METALLURGIYA
FAKULTETI 70721501– «Foydali qazilma konlarini qazish (qazish usullari bo‘yicha)» mutaxassisligi bo‘yichamagistratura talabasining
«Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi» fanidan
MUSTAQIL ISH Mavzu: Amaliyot darslarini oʻqitishni rejalashtirish metodikasi. Tayyorladi: Embergenov A.
Qabul qildi: g-m.f.d., prof. Hayitov O.
Toshkent 2023
Mavzu: Amaliyot darslarini oʻqitishni rejalashtirish metodikasi. Reja:
Dars o’tish metodlari va unga turli jihatdan yondashish
Darso’tishmetodlarivaungaturlijihatdanyondashish O’qitish metodlarining serqirraligi, murakkab tuzilishga ega ekanligi unga turli jihatdan yondashuvlarda o’z ifodasini topadi.
Didaktik tadqiqotlar mashg’ulot o’tkazishni dialektik jarayon sifatida o’rganadi.
Ungako’ra:
O’qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim tizimida yuz berayotgan barcha o’zgarishlarni hisobga olgan holda o’zgaradi, rivojlanadi, deb qaraladi.
Barcha metodlar birbiri bilan aloqador. Biri ikkinchisini to’ldiradi, biri ikkinchisiga bog’liq.
Dastlab, dars berish metodlarini tasniflashga an’anaviy jihatdan yondashilib, o’rganiladigan bilim manbalariga ko’ra guruhlarga ajratilgan. Bunday guruhlanishning ijrosi qadimgi falsafiy va pedagogik qarashlarga borib taqaladi. Bunday manbalar, qadimda uchta: amalda sinash, ya’ni praktika (tajriba), ko’rgazmali, og’zaki (so’z orqali) ifodalangan. Jamiyat taraqqiyoti tufayli keyinchalik unga kitob bilan ishlash qo’shildi. So’nggi 20 yil mobaynida hayotga, shuningdek, ta’limga shiddat bilan yangi metodlar, qog’ozsiz axborot manbai: videokompyuter tizimi kirib keldi.
Shunday qilib, hozirgi paytda o’rganiladigan bilim manbalariga ko’ra, metodlar 5 guruhga bo’linadi, hamda qator usullarni o’z ichiga oladi:
axborot texnologiyalariga asoslanib, ishlab chiqilgan dasturlar asosida kompyuterda iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash, ularga omillar ta’sirini o’rganish;
multimedia asosida taqdimot tayyorlash, namoyish etish va boshqa shu kabilarni qamrab oladi.
Pedagog olimlar (M.A. Danilov, B.P. Esipov) o’quv jarayonini tashkil qilish maqsadlari va uni amalga oshirish bosqichlariga ko’ra dars o’tish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratadi:
bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish metodlari
Guruhlashdan ko’rinib turibdiki, u dars jarayonini tashkil qilishning klassik sxemasi asosiga qurilgan. Bunda asosiy maqsad, pedagoglarga o’quv–tarbiya jarayonini amalga oshirish va metodlar majmuini soddalashtirishga qaratilgan.
1 Psixologik nuqtai nazardan, bilimlarni o’zlashtirish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (chizmaga qarang).