OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
F-2106 GURUH TALABASI
Bobomurodov Aziz
“Fizika o’qitish metodikasidan”
KURS ISHI
Mavzu: Namoyish tajribalarini tayyorlash, koʻrsatish metodikasi va texnikasi
TOSHKENT 2022
MUNDARIJA
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Fizikadan o’quv eksprimenti va uning turlari
2.2. Namoyish tajribalarining umumiy tavsifi . Namoyish tajribalarini tayyorlash va ko’rsatish metodikasi
2.3. Namoyish tajribalarini tayyorlash va ko’rsatishda didaktik talablar. Namoyish tajribalarini tayyorlashda muammoli vaziyatlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirgan holda kelajak sari shahdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina tayyorgarlikni, bilimni, saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo’lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir.
Prezidentimiz Sh.M Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: ‘’Hamma o’z tarixini ulug’laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo’q. Bu merosni chuqur o’rganishimiz, xalqimiz haqida to’la tasavvurga ega bo’lishi, katta ma’naviyat olib ketishi zarur. O’sha davrda ulug’ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin.
Mavzuning dolzarbligi: Fizika tabiat hodisalarni tajriba yo’li bilan o’rganadigan eksprimental fandir. Hozirgi kunda namoyish tajribalaridan muammoli vaziyatlarda foydalanish dolzarb masala bo’lib, uning hal qilinishini umumta’lim maktablari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarida fizika fanini o’qitishni zamon va jamiyat talablari darajasida amalga oshirishni taqozo qilmoqda. ‘’O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan ‘’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ va ‘’Ta’lim to’g’risida’’gi qonunning maqsadi, oliy o’quv yurtlarida fizika fanini o’qitishning mazmuni va vazifalari, o’quv fizika eksprimentining vazifalari, fizikadan masalalar yechish metodikasi, fizika o’quv mavzulariga pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash metodlari, fizikadan bilimlarni chuqurlashtirish, o’quvchilarning har tomonlama qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning mutaxassislik bo’yicha yo’naltirishini ko’zda tutadi. Tavsiya etilayotgan ushbu o’quv dasturida fizika fani yutuqlaridan, Respublikamizning ushbu sohada ishlayotgan taniqli olimlar, akademiklar tajribalaridan, ajdodlarimizning qimmatli merosidan va ilmiy xodimlarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalaridan, fan va texnikasining turli sohalaridagi masalalari o’z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: |