№4 2022
70
RESPUBLIKAMIZDA PUL-KREDIT SIYOSATINI SAMARALI AMALGA
OSHIRISH YOʻLLARI
Oʻrinov Komiljon Tolibjon o‘g‘li
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
“Bank ishi va auditi” yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7258613
Annotatsiya: Mamlakatimizda samarali pul-kredit
siyosatini olib borishda
rivojlangan davlatlarda qoʻllaniladigan tizimlarni tanishtirish va ularning amaliy
ahamiyatini asoslashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy
xulosa va tavsiyalarni
shakllantirish zarur boʻlib qoladi. Ushbu tadqiqotda samarali pul-kredit siyosatini
oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar ilmiy asosga ega.
Kalit so‘zlar: pul-kredit siyosati, milliy valyuta, inflyatsiya, valyuta kursi, qayta
moliyalashtirish stavkasi, talab qilinadigan rezerv nisbati, ochiq bozor siyosati.
Kirish
Oʻzbekiston Respublikasining "Markaziy bank toʻgʻrisida"gi
Qonuniga
muvofiq, Markaziy bankning strategik maqsadlari bank tizimi va toʻlov tizimlari
barqarorligini taʼminlovchi infratuzilmaga qarshi kurashish hisoblanadi [1].
Ushbu
strategik maqsadga erishish uchun pul-kredit siyosatining taktik maqsadlari sifatida
inflyatsiya maqsadi va pul taʼminotining oʻsish surʼati qoʻllanilmoqda.
Ayni paytda Oʻzbekistonda pul-kredit siyosatini takomillashtirish bilan bogʻliq
dolzarb masalalar mavjud. Hozirgi muammolarga pul taʼminotining oʻsish surʼatlari
va milliy valyutaning devalvalyatsiya
darajasining yuqoriligi, iqtisodiyotga pul
taʼminotining past darajasi, tijorat banklarining kreditlari boʻyicha milliy valyutadagi
nisbati yuqori foiz stavkalari kiradi. Oʻz
navbatida, pul-kredit siyosatini
takomillashtirish bilan bogʻliq hozirgi muammolarning ilmiy jihatdan toʻgʻri
еchimini topish еtakchi pul tushunchalarining tamoyillarini oʻrganish
va ularning
amaliy ahamiyatini baholashni zarur qiladi.
Monetarizm pullik nazariyasining asoschisi AQShning Chikago universiteti
professori,
Nobel
mukofoti
laureati
M.Fridmandir.
M.Fridman
iqtisodiy
adabiyotlarda birinchi boʻlib pul taʼminotining yillik oʻsishini qatʼiy indikator sifatida
belgilash va unga erishish jarayonini Markaziy bank tomonidan nazorat obʼekti qilib
qoʻyish zarurligini ilmiy asoslab berdi. Uning xulosasiga koʻra, pul taʼminotining
oʻsishi yakuniy mahsulot narxining uzoq muddat davomida barqaror oʻsishiga
asoslanishi kerak [2].
J.Keynsning
fikricha, foiz stavkasi pul tushunchasida muhim rol oʻynaydi va
foiz stavkalariga taʼsir koʻrsatish orqali ishsizlik va iqtisodiy oʻsishga bevosita taʼsir