ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online
conference
158
AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
Mingboyev Ibrohim
Toshkent Moliya instituti, Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 2-
bosqich
talabasi
Tel:+998972006744
Elektron pochta:
mingboyevibrohim9@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.5903707
Anatatsiya: Ma’lumki,aholi farovonligi va turmush darajasi sifati yaxshilash
Prezidentimiz va davlatimizning oliy maqsadidir.Bu maqsadga erishishda
aholi
daromadlari asosiy rol o’ynaydi.Ushbu maqolada
aholi turmush darajasi va
daromadlarning iqtisodiy mazmuni,ularning tarkibi,daromadlarning aholi
turmush darajasiga ta’siri batafsil yoritilib boriladi.
Kalit so’zlar:
Aholi turmush
darajasi,turmush
tarzi,
Daromadlar
tengsizligi,Ijtimoiy to’lovlar,ijtimoiy siyosat
Aholi turmush darajasi juda keng va serqirra iqtisodiy tushunchadir.Aholi
turmush darajasi-aholining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan
moddiy va
ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar
bilan qondirilishi darajasidir.Aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan
talabi tabiiy tarixiy milliy va boshqa shart-sharoitlarga qarab turlicha bo’ladi va
tez o’zgarib turadi.Shunga binoan aholi turmush darajasini ifodalovchi
ko’rsatkichlar ham turlicha bo’ladi.Insonning turmush darajasi o’sib
boruvchi
talablar darajasi bilan uni qondirish imkoniyatlari darajasi o’rtasidagi dialektik
bog’lanish va uning o’zgarishi bilan bo’liqdir.Bunda insonning tanlash
erkinligining o’sishi ya’ni uning nimalarni iste’mol qilishi, qayerda,qanday
yashashi,qanday o’qib bilim olishi kabilarni bemalol
tanlash imkoniyatiga ega
bo’lishi lozim.Demak,insonning turmush darajasi o’sishi uchun uning tanlash
erkinligi
kengayishi, uzoq va sog’lom hayot kechirishi,bilim
olishi uchun zarur
iqtisodiy
resurslarga
(imkoniyatlaarga)
ega
bo’lishi
lozim.Bunda
tinchlik,xavfsizlik,ekologiya va ijtimoiy adolat masalalari ham o’rin tutadi.Kishilar
hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to’plami mehnat sharoiti,ta’lim,sog’liqni
saqlash,oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o’z
ichiga
oladi.Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan
va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq.Turmush darajasini mamlakat
darajasida
(aholining
alohida
guruhi
uchun)
va
tabaqalashgan
mikrodarajada(aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin.Birinchi
yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga