Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
O



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI 
UMUMIY QISM 
BIRINChI BO‘LIM 
UMUMIY QOIDALAR 
I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari 
Oldingi tahrirga qarang. 
1-modda. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
jinoyat 
to‘g‘risidagi 
qonunchiligi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
jinoyat 
to‘g‘risidagi 
qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga 
asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir. 
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
2-modda. Kodeksning vazifalari 
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, 
jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat 
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, 
fuqarolarni 
respublika Konstitutsiyasi va 
qonunlariga 
rioya 
qilish 
ruhida 
tarbiyalashdan iboratdir. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 15, 22 va 48-
moddalari. 
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari 
va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 3, 14, 42, 43, 88 va 93-moddalari. 
3-modda. Kodeksning prinsiplari 
Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, 
demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning 
muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 4 — 10-moddalari. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin