O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI
UMUMIY QISM
BIRINChI BO‘LIM
UMUMIY QOIDALAR
I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda.
O‘zbekiston
Respublikasining
jinoyat
to‘g‘risidagi
qonunchiligi
O‘zbekiston
Respublikasining
jinoyat
to‘g‘risidagi
qonunchiligi Konstitutsiya va xalqaro huquqning umum e’tirof
etgan normalariga
asoslangan bo‘lib, ushbu Kodeksdan iboratdir.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
2-modda. Kodeksning vazifalari
Jinoyat
kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini,
jamiyat
va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni,
insoniyat
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish,
fuqarolarni
respublika Konstitutsiyasi va
qonunlariga
rioya
qilish
ruhida
tarbiyalashdan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 15, 22 va 48-
moddalari.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Kodeks javobgarlikning asoslari
va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar
jinoyat ekanligini aniqlaydi,
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 3, 14, 42, 43, 88 va 93-moddalari.
3-modda. Kodeksning prinsiplari
Jinoyat
kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,
demokratizm,
insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning
muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4 — 10-moddalari.