18 melissa officinalis L o’simligining dorivorlik xususiyatlari va yetishtirish usuli haydarov Mavlonjon Mashrabovich



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.10.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#153908
  1   2
Haydarov Mavlonjon Mashrabovich (1)



18 
MELISSA OFFICINALIS
L O’SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH USULI 
 
Haydarov Mavlonjon Mashrabovich 
FarDU, Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori 
Sayramov Fayzullo Baratjon o’g’li 
Turg’unboyeva Madina Davronbek qizi 
Po’latova O’g’iloy Akmaljon qizi 
FarDU, Zootexniya fakulteti talabalari. 
 
Annotatsiya: 
Maqola dorivor limono’t o’simligini hayotiy shakli, geografik 
tarqalishi, kimyoviy tarkibi, tibbiyotda qollanilishi, o’simlikni o’stirish texnologiyasi, 
dorivor o’simlikdan mahsulot tayyorlash usuli va ishlatilishi hamda o’simlik xom 
ashyolaridan samarali foydalanish yo’llari yoritib berilgan. 
Kalit so’zlar

dorivor 
limo’no’t, labguldoshlar oilasi, ko’p yillik o’t, efir moyi, 
tarqalishi, yetishtirish texnologiyasi. 
Dorivor limono’t o’simligini yer ustki qismining damlamasi ovqat hazm bo’lishi 
buzilganda uni tartibga solish, kamqonlik, bazi asab va yurak kasalliklarini davolash 
uchun hamda tirishga qarshi ta’sir etuvchi, og’riq qoldiruvchi sifatida qo’llaniladi. 
Dorivor limono‘t - Melissa Officinalis L„ yasnotkadoshlar -Lamiaceae (labguldoshlar 

Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o‘t o‘simlik. 
Poyasi bitta yoki ko‘p, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon, bir oz 
o‘tkir uchli, ser tukli (ustki tomonidan), arrasimon qirrali bo‘lib, qisqa bands bilan 
poya va shoxlarida qarama-
qarshi o‘mashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul 
bandi bilan barg qo‘ltig‘iga joylashib, to‘p gulni hosil qiladi, Mevasi - 4 ta 
yong‘oqcha.lyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda etiladi. Geografik 
tarqalishi. 0‘rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismining janubida va 
boshqa davlatlarda daraxt soyalarida, tog‘li turn aril arda toshlar soyasida va 
boshqa soya yerla
rda o‘sadi. 0‘zbekistonning Toshkent: va Surxondaryo 
viloyatlarida uchraydi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Mahsuiot 30 sm gacha 
uzunlikdagi shoxlangan, serbarg va to‘rt qirrali poya bo‘laklari, barglar va gullar 
aralashmasidan tashkil topgan. Barglari tu
xumsimon, o‘tkir uchli, yirik arrasimon 
qirrali bo‘lib, uzun bandi yordamida poya va shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. 
Gullari uzun, tukli gul bandli va osilgan ko‘rinishida bo'Hb, siyrak to‘pgulga 
joylashgan. Kosachasi tikanli tishli, gultojisi ikki labli, oq rangli. Mahsuiot namligi 
10% dan, umumiy kuli 9,7% dan, xlorid kislotaning 10% li eritmasida yerimaydigan 


19 
kuli 0,3% dan, mahsulotning qoraygan qismlari 10% dan, poya va yon shoxchalar 
bo‘laklari 30% dan, organik aralashmalar 1% dan va mineral aralashmalar 1% dan 
ko‘p hamda tarkibidagi titrlanadigan polifenollar 
yig‘indisi 11 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Maydalangan mahsuiot uchun 7 mm 
dan yirik bo‘lgan qismlar 10%dan va teshigining diametri 0,5 mm bo'lgan elakdan 
o‘tadigan mayda qismlar 10% dan ortiq bo‘lmasligi lozim.Kimyoviy tarkibi. Er ustki 
qismi tarkibida 0,01-0,33% efir moyi, S vitamini, karotin, fenilkarbon kislotalar (kofe, 
xlorogen, rozmarin, ferul, protokatex vaboshqalar), triterpeniar, flavonoidlar 
(lyuteolin-7-glikozid va boshqalar), 5-10
% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 
20-
27% yog1 bor. Limono‘tning efir moyi geraniol, linalool, nerol, famezol va ulami 
sirka kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegol, geranial, neral va boshqa 
1ефеп1аЫап tashkil topgan. Ishiatiiishi. Limono‘t dorivor preparatlari Ibn Sino 
aytishicha yurakni mustabkamlaydi va unga yordam beradi, shuningdek, traxoma, 
xiqichoq tutish, og‘izdan yomon hid kelishi va boshqa kasalliklami davolaydi. Xalq 
tabobatida limono‘t bilan nevroz, bronxial astma, ayollami toksikoz, klimaks, yurak 
urishini buzilishi va boshqa kasailiklar davolanadi. Limono‘t damlamasi klinik 
sharoitida sinovlardan o‘tgan va uni tibbiyot amaliyotida tinchlantiruvchi va qon 
bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida qo‘llashga 0‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan.Dorivor preparatlari. Damlama.Doriyor 
limono‘t o‘simligini o‘stirish texnologiyasiDorivor limono't o‘simligini 0‘zbekistonning 
barcha tuproq- 
iqlim sharoitida ekib o'stirish mumkin. 0‘simiikdan yuqori hosil yig‘ib 
olish uchun unga sho‘rlanmagan, mexanik tarkibi o‘rtacha, unumdor, dukkakli va 
g'allasimon ekinlardan bo‘shagan yerlami tanlash tavsiya etiladi.Dorivor limono‘tni 
bir dalada 5 yilgacha saqlab hosil olish mumkin. G‘simlik ekiladigan yerlami kuzda 
25-28 sm chuqurlikda sifatli qilib haydaladi. Haydash oididan gektar hisobiga 20 30 
tonnadan chirigan mahalliy go‘ng va 50 kg dan fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. 
Ekis
h oididan yerlami tekislash, bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlar urug‘ini 
kamaytirisb maqsadida uzunasigava ko‘ndalangiga diskali borona bilan 6-8 sm 
chuqurlikda yumshatiladi va molalash lozim bo'ladi. Limono‘t yorug‘sevar, namsevar 
va ko‘p yillik o‘simlik bo‘lganligi uchun urug‘idan yoki shingillarini bo‘lib ekish yo‘li 
bilan ko‘paytiriladi. Limono‘tni mart oyining oxiri yoki aprel oyining boshlarida tuproq 
harorati 12-
15°S bo‘lganda ekiladi. UrugMarni sabzavot ekadigan seyalkalarda 2-3 
sm chuqurlikda 
ekiladi. Urug‘lar tuproqqa bir tekis tushishi uchun donador 
superfosfat bilan aralashtirib ekiladi. Gektariga 6 kg urug‘ sarflanadi.Agar tuproqda 
nam etarli bo‘lmasa urug‘lami unib chiqishi uchun sug‘orishjo‘yaklari tortilib tezlik 
bilan sug‘oriladi. Urug‘lar ekilgandan keyin maysalar 10-12 kunda unib chiqadi. 
0‘simlikda 3-4 ta chin barg hosil bo‘lganda qator oralari yumshatiladi va 20-25 sm 


20 
oralig‘ida 2-3 tadan o‘simlik qoldirib yagana qilinadi. Dorivor limono‘tni shonalash 
davrida gektar hisobiga 30 kg da
n azot va 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. 
Vegetatsiya oxirigacha o‘simlik 9-10 marta sug‘oriladi. Har 3-4 marta sug‘orilgandan 
keyin, o'simlik oralari kultivatsiya qilinadi va begona o‘tlardan tozalanadi.Limono‘t 
iyun-avgust oyida gullaydi, mevalari iyul-avgustda 
etiladi. Uning xom-ashyolari (er ustki qismi) iyul-avgust oylarida orib 
olingandan keyin azotli, fosforli va kaliyli o‘g'itlar bilan oziqlantiriladi va 
sug‘oriladi.Limono‘tning xom-ashyosi juda nozik bo‘lganligi uchun tezlik bilan 
quritilmasa sifati buziladi.Ikkinchi yili erta bahorda oralari yumshatiladi va begona 
o‘tlardan tozalanib vegetatsiya davomida gektar hisobiga 70 kg azot, 50 kg fosfor, 
va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi hamda 7-8 marta sug‘oriladi.Dorivor limono‘t 
ekilgan maydonlaming gektaridan 1 tonnagacba barg yig‘ib olish mumkin. 
Mahsuiot tayyorlash. 0‘simlik to‘liq gullagan vaqtida yuqori uchidan 2,0-30 sm 
uzuniikda (poyaning pastki bargsizqismi olinmaydi) qirqib olinadi va soya, havo o‘tib 
turadigan yerda quritiladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin