Марказий банк, унинг функционал тузилиши ва функциялари



Yüklə 185,09 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.10.2023
ölçüsü185,09 Kb.
#159624
MARKAZIY BANK VA UNING FUNKSIYALARI



MARKAZIY BANK VA UNING FUNKSIYALARI 
 
 
 
REJA: 
1.Markaziy banklarning paydo bilishi.
2.Markaziy bankning funksiyalari. 
3.O‘zbekistonda zamonaviy bank tizimining shakllanishi. 
4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va funksiyalari. 


1.Markaziy banklarning paydo bulishi. 
Markaziy bank-kredit tizimining bosh banki bo‘lib, Mamlakatda pul-kredit 
siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi. 
Birinchi markaziy banklar bundan qariyb uch yuz yil oldin tijorat 
banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil 
qilingan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir.
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko‘rsata boshladi. Banklar paydo bo‘lishining 
boshlan\ich davrlarida ular markaziy (emissiya) yoki tijorat banklari tariqasida 
yuzaga kelgan emas, ya’ni banklar o‘rtasida xozirgidek bo‘linish bo‘lmagan.
Bank ishi rivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlangan mamlakatlarda tijorat 
banklari kapitallarni yi\ish maqsadida muomalaga banknotlar chiqarganlar. 
Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni 
muomlaga chiqarish yirik tijorat banklar qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror 
yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank, ya’ni kredit 
tiziminin boshqarib turuvchi barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit 
instituti sifatida namoyon bo‘ladi. 
Jaxon amaliyotida markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli 
mavjud. Birinchi yo‘l-bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi 
natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li bilan markaziy banklarning tashkil
qilinishi. Bunga misol qilib, Angliya bankini 1844 yil, Fransiya bankini 1848 yil, 
Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki-1875 yil, Italiyada 1893 yil, 
Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat 
ko‘rsatishga moslashganligini keltirish mumkin. Ikkinchi yul-tashkil 
qilingandayoq markaziy bank-emisson markaz sifatida qabul qilingan banklar. 
Bunday banklarga A+SH ning Federal banklari, 1913 yillarda ko‘pgina Lotin
Amerikasi mamlakatlarida tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni 
misol keltirish mumkin. 
A+Shda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal 
Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aksioner banklar bo‘lib, bu 


banklarning akuionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat 
banklar aksioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6 foizdan 
oshmasligi kerak. 
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o‘z faoliyatidan olib borishlari 
kerak. 
Jaxonda o‘z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo‘lgan banklardan biri 
bu Nemis Federal banki-Bundes banki xisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda 
markaziy bank parlamentga xisobot beradi. Ko‘pgina xollarda Markaziy banklar 
o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lsada, shu bilan birga davlat banki xisoblanadi: 
2. Markaziy bankning funksiyalari. 
Markaziy bank quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 
- banknotlar( nakd pullar) emissiyasi,
- davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, 
- pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish, 
- kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
- davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatish,
- to‘lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish, 
- valyuta kursini muvofiqlashtirish. 
Jaxonning barcha mamlakatlarida banknotlarni muomalaga chiqarish 
funksiyasi markaziy banklarning asosiy funksiyalaridan biri xisoblanadi va u bu 
soxada monopol xuquqiga ega. Kredit pullar markaziy bank tomonidan qonunda 
belgilangan ravishda chiqariladi va markaziy bank muomalaga chiqargan 
pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishi zarur. 
Davlatning valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi. Markaziy bank 
davlatning oltin, kimmatbaxo metall va kamyob toshlarni, valyuta zaxiralarini 
boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda 
aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo‘yicha davlatning kafolatli su\urta fondi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarini asosiy qismi Markaziy 
bank ixtiyoriga berilgan bo‘ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya 


ministrligi ixtiyorida bo‘lib, markaziy bank oltin bilan bo\liq operatsiyalarni olib 
boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta zaxiralarini o‘zida yi\adi va bu 
zaxiralar xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov balansi defitsitini qoplash 
va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatadi.
Markaziy bank orqali davlatning iktisodiy siyosati, yanada aniqro\i davlatning pul-
kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning 
iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul massasi, kredit 
xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori 
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish bilan bo\liq bo‘lgan chora-tadbirlar yi\indisidan 
tashkil topadi. 
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini 
ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflyatsiya 
sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va 
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosatining ikki yunalishi. Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib
borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish-kredit ekspansiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-
kredit emissiyasini ra\batlantirish yo‘li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarish 
sur’atlari tushib ketgan xolda, konyukturada rivojlanishga erishish mumkin. 
Ikkinchi yunalish-kredit restriksiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-
kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank "tor" va "keng" 
ma’noda pul-kredit siyosatini olib borishi mumkin. "Tor" siyosatda valyuta 
bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foiz 
stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursi 
maqbulligiga erishish tushuniladi. "Keng" siyosatda muomaladagi pul massasiga
ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit
siyosatining xalkaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to‘lov balansi 
kabi masalalarning yechimiga qaratilgan bo‘ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan
instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning 
pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib quyidagilar xisoblanadi: 


- minimal majburiy rezerv meyorlarini o‘rnatish: 
- foiz (diskont) siyosati, 
- tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, 
- ochiq bozor siyosati, 
- targetrlash va boshqalar. 
Majburiy rezervlar. Muomaladagi pul massasining xajmini, banklarning
likvidliligini muvofiqlashtirish va inflyatsiya sur’atlarini tushuntirish maqsadida 
Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar normasini o‘rnatib berish 
siyosatini amalga oshiradi. Pul muomalasini muvofiqlashtirishning bu usuli 
birichni bo‘lib 1913 yilda A+SH da qo‘llanilgan. Minimal zaxiralar bu tijorat
banklari resurslarining markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur bo‘lgan 
qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yi\ilgan resurslariga nisbatan 
foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini 
chegaralasa-da, ularning minimal likvidliligini taxminlash omili bo‘lishi mumkin. 
Minimal zaxira meyori jam\arma turiga, uning xajmiga, bankning 
joylashish o‘rniga bo\lik bo‘lgan xolda turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishi 
mumkin. Mavjud manbalar shuni ko‘rsatadiki, masalan, Yaponiyada minimal 
rezervlar stavkasi 2,5 foizni: A+Shda 12 foizni, Germaniyada-12,1 foizni, 
Portugaliyada- 17 foizni, O‘zbekistonda 20 foizni tashkil qiladi. 
Markaziy bank tomonidan zaxira mikdori ba’zi bir omillarni xisobga olgan 
xolda uzgartirilishi mumkin. 
Markaziy bankning xisob(diskont) siyosatining moxiyati shundaki, u tijorat 
banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik, mol sotib oluvchi korxonaning 
yetkazib berilgan mol( tovar, xizmat va x.k) larning xaqini to‘lash uchun mabla\ 
yetarli bo‘lmasa, u tovar uchun to‘lashni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga 
oshirishi to‘\risida veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul 
mabla\lari zarur bo‘lgan vaqtda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat 
banki vekselni sotib olganda unda ko‘rsatilgan summadan kam summaga
(ma’lum foizushlab kolgan xolda) sotib oladi. Zarur bo‘lganda tijorat banki
vekselni markaziy bankda xisobga qo‘yishi mumkin. Bu xolda markaziy bank 


xam o‘z foydasiga ma’lum foiz-xisob stavkasi ushlab qolishi mumkin. Markaziy 
bankning xisob stavkasi turli davlatlarda xar xil 5 foiz dan 15 foizgacha bo‘lishi 
mumkin. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy bankning xisob 
stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning xisob stavkasi tijorat banklari 
o‘rnatadigan xisob stavkaning eng past chegarasi xisoblanadi. Odatda tijorat 
banklarining xisob stavkasi markaziy bankning xisob stavkasidan yukori (0,5 
dan- 2 foiz gacha) bo‘ladi. 
+ayta moliyalashtirish siyosati. Tijorat banklarining qayta moliyalashtirish 
siyosati bu to‘\ridan-to‘\ri kreditlash, veksellarni xisobga olish, qimmatbaxo 
qogozlarni garovga olgan xolda kreditlar berish va kredit auksionlarni
o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqqan xolda markaziy 
bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi 
mumkin: 
- tijorat banklarining ixtiyoriga veksellarni xisobga olish yo‘li bilan 
kreditlash; 
- tijorat banklari ixtiyoriga qimmatbaxo qogozlarni garovga olish yo‘li bilan
kreditlar berish. Bunday kreditlar deyiladi. Ularnin foiz stavkalari lombardli foiz 
stavkalar deb yuritiladi. Jaxon amaliyotida lombard bo‘yicha foiz stavkasi doimo 
xisob stavkasidan 1-2 foiz yuqori bo‘ladi; 
- to‘\ridan-to‘\ri kredit berish usuli. Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy
qiyinchiliklar bo‘lgan xollarda ular markaziy bankka kredit olish uchun murojaat 
qilishi va markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Remoliyalashtirishning 
asosiy maqsadi pul muomalasi va kredit munosabatlarining xolatiga ta’sir 
ko‘rsatishadn iborat. Remoliyalashtirish siyosatini olib bora turib markaziy bank 
oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasida markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan, 
quyidagi aktivlarni garovga olgan xolda 3 oygacha bo‘lgan muddatda kreditlar 
berishi mumkin: 
- oltin, chet el valyutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valyuta 
boyliklari va boshqa boyliklar; 


- davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan boshqa 
qarz vositalari. 
Markaziy bankda depozit o‘tkazilgan va uning djepozitariysi uchun maqbul 
bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va markaziy bank ular bilan 
ushbu qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan 
aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida kreditlar 
berishi mumkin. 
Ochiq bozor siyosati. Ochiq bozor siyosati deganda, markaziy bankning 
ochik bozorda kimmatbaxo kogozlarni uz xiobidan sotib olishi va sotishi 
tushuniladi. 
Markaziy 
bankning 
ochik 
bozor 
siyosati 
asosan 
xazina 
majburiyatlariin, sanoat kompaniyalari va banklarning obligatsiyalarini,
markaziy bankda xisobga olingan tijorat veksellarini sotish va sotib olish orqali 
amalga oshiriladi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali bank tizimining 
va aloxida olingan tijorat banklarning o‘z rezervlari miqdori oshirilishi(agar 
qimmatbaxo qogozlar sotib olinsa) miqdori oshirilishi (agar qimmatbaxo qogozlar 
sotilsa) mumkin. Ochiq bozor siyosati orqali markaziy bank kredit baxosining 
o‘zgarishiga erishishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida pulga bo‘lgan talabning 
o‘zgarishiga olib keladi. Odatda markaziy bank bu siyosat orqali ortiqcha pullarni 
muomaladan oladi va pul muomalasini muvofiqlashtirish bo‘yicha aktiv pul-kredit 
siyosati olib boradi. 
Jaxon amaliyotida markaziy bankning ochiq bozor siyostaida asosiy o‘rnini
davlatning qisqa muddatli majburiyatlari bilan bo‘ladigan operatsiyalari 
egallaydi. Bu faoliyat A+Shda, Germaniyada yaxshi yo‘lga quyilgan. Undan
tashqari Germaniyada Nemis Federal banki pul-valyuta siyosatini tartibga solish 
uchun ochiq bozorda quyidagi qimmatbaxo qogozlarni bozor stavkasida sotishi va 
sotib olishi mumkin: 
Federal bank bilan bitim shartlariga yarovchi vekselar. 
Federal bank tomonidan loyiq deb topilgan boshqa qarz majburiyatlari. 


Federal bank ochiq bozorda qarz majburiyatlarini emitentning o‘zidan sotib 
ololmaydi. Bu xolda shartnoma ochiq bozor siyosati emas, aksincha kreditlash 
bo‘lib qoladi. 
"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘\risida"gi qonunning
25-moddasiga asosan markaziy bank o‘zi chiqargan qimmatli qogozlarni, 
shningdek qarz majburiyatlarini ochiq bozorda sotishi va sotib olishi mumkin. 
Markaziy bank budjetni moliyalashtirish uchun ochiq bozorda operatsiyalar olib 
borishga, qimmatbaxo qogozlarni birinchi joylashtirishda ularni sotib olishga xaqli 
emas. 
Markaziy bankning ochiq bozorda olib boradigan operatsiya quyidagi 
xususiyatlar bo‘yicha farqlanadi: 
- bitim sharti bo‘yicha: naqd pul yoqi qayta sotish majburiyati bilan ma’lum 
muddatga olish (REPO operatsiyasi) bilan bo\lik operatsiyalar: 
- bitim obyektlari bo‘yicha: davlat yoki aksioner jamiyatlari qimmatbaxo 
qo\ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar, 
- bitim muddati bo‘yicha: qimmatbaxo qogozlar bilan qisqa muddatli
(3 oygacha) va uzoq muddatli (1 yil va undan ortiq) operatsiyalar,
- operatsiyalar o‘tkazish doirasiga qarab: bank tizimi doirasida yoki nobank 
tizim doirasida qimmatbaxo qogozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar, 
- foiz stavkalarini o‘rnatish bo‘yicha: markaziy bank yoki bozor tomonidan 
aniqlanadigan stavkalar. 
Targetirlash. Pul massasi xajmining o‘zgarishini o‘rnatilgan usullar 
yordamida chegaralsh targetirlash deb ataladi. Targetirlashda ma’lum bir davrda 
pul massasi xajmining taxminiy yuqori va past darajasi belgilab beriladi. 
Jaxon amaliyotida pul massasi xajmini chegaralashning taxminiy darajasi 
quyidagi maqsdali yo‘nalishlar bo‘yicha belgilab beriladi. Masalan, Fransiyada
bu usul nazorat raqamlari, A+Shda depozit shaklida, Yaponiyada istiqbol shaklida 
belgilab beriladi. 
Markaziy bank targetirlashni pul muomalasini muvofiqlashtirishning boshqa 
voistalari bilan birgalikda olib boradi. Targetirlashning axamiyati shundaki,


ma’lum bir davrda xaqiqatda muomalaga chiqarilgan pul massasini taxminiy 
belgilab berilgan pul massasi bilan solishtirsh natijasida pul muomalasidagi 
axvol to‘grisida ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin va oldindan zaruriy choralar 
ishlab chiqish xamda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Bu esa 
o‘z navbatida Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini ta’minlaydi. 
Targetirlashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar pul-kredit siyosatini olib 
borish an’analariga, pul muomalasini muvofiqlashtirish usullariga bo\liq bo‘ladi. 
Markaziy bankning navbatdagi funksiyalaridan biri bu kredit institutlari 
faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat. Tijorat banklari faoliyatini markaziy bank 
tomonidan nazorat qilishning zarurligi bozor iqtisodi sharoitida markaziy
bankning muxim rol o‘ynashi bilan asoslanadi. Markaziy bank bozor iqtisodiyoti 
sharoitida iqtisodiyot bilan bank tizimi o‘rtasida vositachi sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi. Bank nazorati ikki maqsadni amalga oshirish uchun: 
- jam\armachilar manfaatlarini xar xil mumkin bo‘lgan zararlardan ximoya 
qilish, 
- risklarning oldini ola turib moliyaviy bozorning barqarorligini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. 
- Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funksiyasini amalga 
oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish; 
- banklar xisobotlarini tekshirish; 
- joylarda tekshirishlar o‘tkazish; 
- bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni nazorat qilish. 
Bank faoliyatini olib borishga litsenziya( ruxsat) berish orqali markaziy bank 
tashkil qilinayotgan kredit institutlarining bank faoliyatini olib borish 
imkoniyatlarini aniqlaydi. Kredit tashkilotiga litsenziya berishda quyidagi 
max’lumotlarga e’tibor beriladi: 
- bankning asosiy aksionerlari, 
- boshlan\ich kapitalning manbalari, 
- bank rashbar xodimlarining malakasi va faoliyatining mos kelishi: 


- ko‘rsatilgan xizmat turlari va bank strategiyasi, 
- ustav kapitalining miqdori, 
- bank aktivlarining to‘\ri basholanganligi, 
- yuzaga keladigan risklarni qoplash maqsadida rezerv fondini tashkil qilish 
siyosati va boshqalar. 
Jaxon amaliyotida 80-yillardan boshlab ko‘pgina banklar inqirozga uchrashi 
munosabati bilan Markaziy banklar tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish 
maqsadida banklar va ularning shu’balari to‘\risida xisobotlar topshirishni belgilab 
berdi. 
Markaziy bank tijorat banklarni amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish,
ichki audit xolatiga baxo berish xuquqiga ega. Bunda avvalom bor tijorat 
banklarining aktivlari: kreditlar va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish 
o‘tkazishdan asosiy maqsad: 
- bankning moliyaviy xolatiga obyektiv baxo berish: 
- bankni boshqarish sifatiga va uning raxbari faoliyatiga baxo berish; 
- bankning moliyaviy axvolini va uning bajaradigan operatsiyalarining 
samaradorligini ta’minlash buyicha choralar ishlab chiqish; 
- bank faoliyatining mavjud qonunlar va normativ xujjatlariga muvofiq olib 
borilishini ta’minlash va boshqalardan iborat. 
Markaziy 
bank, 
shuningdek, 
tijorat 
banklarining 
olib 
boradigan 
operatsiyalarining norma buyicha bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu xolda 
Markaziy bank tijorat banklarining quyidagi ko‘rchatkichlarini tekshiradi: 
- bank kapitalining aktivlariga nisbati; 
- bir mijozga to‘\ri keluvchi kreditning limiti; 
- likvidlilik koeffsiyenti normativlariga rioya qilish; 
- foiz stavkalarining o‘zgarishi natijasida daromadning o‘zgarishi va 
boshqalar. 
Markaziy bank xukumatning moliyaviy maslaxatchisi. Markaziy bank davlat 
banki sifatida faoliyat olib boradi va xukukmatning moliyaviy maslaxatchisi 
xisoblanadi.


Bu funksiyani bajara turib Markaziy bank davlat tashkilotlariga xisob 
xizmatlarini ko‘rsatadi va davlat budjetining kassaviy ijrosini amalga oshiradi. U 
davlatning xazina to‘lovlarini amalga oshiradi va davlatga kreditlar beradi. Davlat
xazinasidagi bo‘sh pul mabla\lari Markaziy bankda depozit shaklida saklanadi.
Markaziy bank davlatning qisqa va uzoq muddatli qarzlari bo‘yicha kassa 
xizmatini ko‘rsatadi. 
Markaziy bank to‘lov, xisob-kitob munosabatlarini tashkil qilish funksiyasini 
bajara burib, moliya tizimining barqarorligini ta’minlash, to‘lov tizimining 
samarali bo‘lishini ta’minlash, pul-kredit siyosatini o‘tkazish kabi masalalarni xal 
kilishni o‘z oldiga quyadi. Moliyaviy tizimning samaradorligi avvalom bor to‘lov 
tizimining quyi darajada tashkil qilinganligiga bo\liq bo‘ladi. Shalq xo‘jaligida 
to‘lov mexanizmining yaxshi yo‘lga qo‘yilishi, banklararo xisob-kitoblarning to‘\ri 
olib kelishga asos bo‘lib xizmat qiladi. To‘lov tizimida naqd pulsiz xisob-kitoblar 
shakllarini rivojlantirish, elektron to‘lovlar tizimini joriy qilish va rivojlantirish 
kabi vazifalar amalga oshiriladi. 
Markaziy bank valyuta kursini boshqarish funksiyasini bajaradi. Markaziy
bankning bu funksiyasi bozor iqtisodiyoti tizimini tartibga solishda asosiy 
o‘rinlardan birini egallaydi. Markaziy bankning asosiy valyuta siyosatiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.Valyuta intervensiyasi 
2.Deviz siyosati 
3.Svop operatsiyasi 
4.Devalvatsiya 
5.Revalvatsiya 
6.Valyutaviy cheklashlar siyosati va boshqalar. 
Valyuta intervensiyasi nima. Valyuta intervensiyasi deb Markaziy 
bankning milliy valyuta kursiga ta’sir qilish maqsadida chet el valyutasini sotish va 
sotib olish bo‘yicha o‘tkazadigan operatsiyalari bilan valyuta bozori faoliyatiga 
arlashuviga aytiladi. Milliy valyuta kursini oshirish, maqsadida markaziy bank 
chet el valyutasini sotadi va aksincha, milliy valyuta kursini tushirmoqchi 


bo‘lganida, u chet el valyutasini sotib oladi. Markaziy bank tomonidan birinchi 
valyuta intervensiyasi XIX asrdan qo‘llanila boshlagan. XX asrning 30 yillaridan 
boshlab bu operatsiyalar rivojlangan mamlakatlarda milliy valyuta kursini 
tushirish va shu asosda eksportni ra\batlantirish maqsadida qo‘llanila boshlagan. 
Bretonvud valyuta tizimi doirasida valyuta intervensiyasi o‘zgarmas valyuat kursi 
va paritetini ta’minlash vositasi sifatida qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘zgaruvchan valyuta 
kursi mavjud bo‘lgan mamlakatlarda milliy valyuta kursidagi katta 
o‘zgarishlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. 
Markaziy bank valyuta kursining barqarorligini ta’minlash uchun ma’lum
xalqaro to‘lov vositalari (oltin valyuta zaxiralari, SDR, XVFning rezerv 
pozitsiyasi) rezervlariga yoki chet el zayomlariga ega bo‘lishlari kerak. Valyuta 
rezervlari bu davlatning markaziy bankdagi valyuta zaxiralari xisoblanadi.
Svop operatsiyalari. Valyutaviy svop operatsiyalari va garov evaziga ssudalar 
berish bilan boglik valyuta operatsiyalari Germaniya Markaziy bankining valyuta 
siyosatida keng qo‘llaniladi. Svop bu bank opearsiyasi bo‘lib, valyuta ma’lum 
muddatga naqd sotiladi (sotib olinadi) va bir vaqtning o‘zida valyutaviy savdo 
bo‘yicha qarshi bitim tuziladi. Masalan, Markaziy bank tijorat banklaridan svop 
bitimi bo‘yicha chet el valyutasidan sotib oladigan bo‘lsa, Markaziy bank ular 
ixtiyoriga pul mabla\larini ma’lum davrga berib qo‘yadi, va aksincha. Markaziy 
bankning valyuta siyosatining muxim jixatlaridan bir shundaki, u orqali kredit 
instrumentlarining likvidliligiga ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ularning likvidliligiga 
ta’sir ko‘rsatishining muxim usullaridan biri garov evaziga ssudalar berish bilan 
bo\liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdir. Ushbu operatsiyani amalga 
oshirish uchun tijorat banklariga Markaziy bankning chet el valyutasidagi 
aktivlaridan vaqtinchalik foydalaonish xuquqi beriladi: Aktivlarning o‘zi esa 
Markaziy bankning mulki bo‘lib qolaveradi va shu sababi unga foiz xisoblab 
borilaveradi. 
Jaxon 
amaliyotida 
odatda, 
Markaziy 
bankning 
valyuta
operatsiyalarining asosiy kismi svop operatsiyalariga tugr keladi.
Devalvatsiya. Devalvatsiya (lotincha so‘z bo‘lib, qadri tushish degan 
ma’noni anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutasi va boshqa xalqaro to‘lov 


vositalariga nisbatan qadrining tushishini anglatadi. Oldingi mavzularimizda 
ta’kidlaganimizdek devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lib inflyatsiyaning 
kuchayishi va mamlakat to‘lov balansining salbiy qoldiqga ega bo‘lishi 
xisoblanadi. Devalvatsiya siyosatini mamlakat to‘lov balansida axvol 
yomonlashganda va import oqimi kuchayganda amalda qo‘llash iqtisodga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Revalvatsiya. Revalvatsiya (lotincha suzdan olingan bo‘lib, qadri oshishi 
degan ma’noni anglatadi) milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrining 
oshishidir. Revalvatsiya sotib olish qobiliyati kuchli bo‘lgan valyutalar buyicha,
masalan, Germaniya, Shveytsariya,Yaponiya kabi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Bu 
mamlakatlar uzoq davr davomida aktiv to‘lov balansiga ega bo‘lib kelgan. 
Bu mamlakatlarning eksport qudrati yuqori bo‘lishi, inflyatsiya darajasining 
pastligi xam revalvatsiya o‘tkazishga asos xisoblanadi. Revalvatsiya 
devalvatsiyaga nisbatan jaxon amaliyotida kamroq ko‘llaniladi. Revalvatsiyaning 
salbiy tomonlari xam mavjud. 
Revalvatsiya mamlakatning eksport potensialini kamaytirishi mumkin. 
Bunga sabab revalvatsiyadan keyin mamlakat tovarlarining jaxon savdo bozorida
chet el valyutasidagi narxining oshishidir. Bu esa mamlakat to‘lov balansiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Revalvatsiya yana ishsizlik muommasini keltirib 
chikarishi mumkin. Revalvatsiyada chet el valyutasida kredit olgan qarz 
oluvchilar yutadi. Shu bilan birgalikda importerlar olib kelgan tovarlari uchun 
arzonroq chet el valyutasini olish imkoniyati tu\iladi va import uchun qulay muxit 
yuzaga keladi.
Valyutaviy cheklanishlar. Valyutaviy cheklanishlar deganda, odatda chet el 
valyutasi oltin va boshqa valyuta qiymatliklari bioan bo‘ladigan operatsiyalarni 
davlat miqyosida qonun asosida cheklashlar tushuniladi. Bu chorani amalga 
oshirishdan maqsad to‘lov balansining aktivligiga va milliy pul birligi kursini
qo‘llab-quvvatlash va uning barqarorligiga erishishdan iborat. Milliy valyuta 
barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank mamlakatga chet el kapitali 
kelib tushishini ta’minlovchi choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 


3.O‘zbekistonda zamonaviy bank tizimining shakllanishi.
Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muxim va ajralmas qismidir. Tovar pul
munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi 
operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi. 
Shuning uchun xam respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos
keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tu\ildi. O‘zbekiston 
respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jaxon talabiga mos keluvchi,
rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‘lish, xujaliklar va axolining bo‘sh
turgan mabla\larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida axolining 
talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga 
erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta’minlash uchun davlatimiz 
tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy
makroiqtisodiy sharoitlarni xamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, 
shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini 
takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatini yanada 
rivojlantirishga erishish va banklar o‘rtasida raqobat bo‘lishini ta’minlashga asos 
yaratishdan, nobank tashkilotlari xuquqiy bazasini yaxshilash, ularnnig moddiy-
texnika jixatdan samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga 
oshirish ko‘zda tutilgan. Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish 
quyidagi tamoyillarga asoslangan xolda olib borilishi mumkin: 
- xorijiy va maxalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-
moliya tizimi barqarorligiga erishish: 
- bank tizimidagi isloxotlar umumiqtisodiy isloxotlarning o‘tkazilishi bilan 
mos kelishi: 
- bank-moliya tizimini boskichma-boskich takomillashtirish yo‘li bilan jaxon 
bank tizimiga yaqinlashtirish: 
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki extiyojini va uning 
iqtisodining xususiyatini xisobga olish: 
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar. 


Bizning zaminimizda mavjud bo‘lgan banklarning rivojlanashini ikki yirik 
davrga bo‘lib qarash mumkin. Birinchi davr
- bu O‘zbekiston mustaqilikka erishgungacha bo‘lgan davrdagi bank tizimi 
va ikkinchi davr O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan keyinngi davrdagi bank 
tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston mustaqilikka erishgunga qadar bo‘lgan bank tizimining 
rivojlanishini taxlil qilib qaraydigan bulsak, uning rivojlanishining quyidagi 
bosqichlarini keltirish mumkin:
- birinchi bosqich XIX- asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo‘lgan davrni 
o‘z ichiga oladi. Bu davr ichida oldingi mavjud bo‘lgan banklar zaminida Sobiq 
ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda 30-yillarda iktisodning
rivojlanishiga mos keluvchi banklar: tarmok banklari, o‘lka banklari, tijorat 
banklari, maxsus banklar, dalat banklari kabi banklar faoliyat ko‘rsatgan; 
- ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi. Bu davrda banklar faoliyatida o‘zgarishlar yuz berdi va banklar veksel 
orqali kreditlashdan ( o‘sha davrda bu kreditlash amaliyotda "egri" kreditlash
deb nom olgan) to‘\ridan-to‘\ri korxonalarni kreditlashga o‘tkazilgan. Bu davrda 
xujaliklar o‘rtasidagi vazifalar taqsimlangan va xalq xujaligi soxalari bo‘yicha 
banklar tashkil qilingan xamda bu banklar faqat shu soxalarni uzoq muddatli
kreditlash va moliyalashtirish bilan shu\ullangan. Davlat banki esa asosan qisqa
muddatli kreditlash jarayonlarini olib borgan. 
- uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. 
Bu davrda mavjud tarmoq banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha 
kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta bank tashkil qilindi. Bular:
Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki bo‘lgan. Davlat banki xalq 
xo‘jaligining barcha soxalariga (faqat qishloq xo‘jaligining ba’zi extiyojlari uchun
uzoq muddatli kreditlar bergan) qisqa muddatli kreditlar berish bilan shu\ullangan.
+urilish banki kapital quyilmalar bilan bo\lik bo‘lgan xarajatlarni, qurilishni 
moliyalashtirish, uzoq muddatli kreditlar berish bilan bo\lik operatsiyalarni 


bajargan. Tashqi savdo banki Moskvada joylashgan bo‘lib, mamlakatning eksport-
import bilan bo\lik faoliyatini boshqarib borgan; 
- turtinchi bosqich bank tizimining qayta tashkil qilish davri bqlib, u 1988 
yildan 1990 yilgacha bulgan davrni o‘z ichiga olgan. Bu davrda bank tizimida
katta o‘zgarishlar ro‘y berdi va davlat banki bilan bir qatorda maxsus tarmoq
banklari tashkil qilindi. 
Bu banklar jumlasiga sanoat-qurilish banki, agrosanoat banki, uy-joy
qurilish va ijtimoiy ta’minot banki, jam\arma bank va tashqi iqtisodiy faoliyat 
banki kabilar kiradi. Bu banklar faoliyatining xususiyatli tomoni shunda ediki,
ular o‘zi xizmat ko‘rsatadigan soxaga uzoq va qisqa muddatli kreditlar berish 
xuquqiga ega edilar. 
Shu davrdan boshlab Davlat bankidan kreditlash funksiyasi olib tashlandi
va u emission bank sifatida faolyait ko‘rsatadigan bo‘ldi. 
90-yillarda bank tizimini qayta tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatda 
yuz berayotgan asosiy o‘zgarishlarni xisobga olgan xolda banklar zimmasiga 
korxonalar va tashkilotlarga kompleks xizmat ko‘satishni ta’minlash va korxonalar
bilan banklar o‘rtasidagi munosabatlarni xo‘jalik xisobiga o‘tkazish, quyi bank 
muassasalarining xuquq va majburiyatlarini oshirishdan iborat edi. Mustaqillikka 
erishgunga qadar O‘zbekiston xududidagi bank muassasalari SSSR bank tizimi 
tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq "ittifoq" bank tizimi 
doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Sobiq SSSR bank tizimida 
Davlat banki monopol mavqyeiga ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida emissiya 
instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo‘jaliklarga xisob-kitob operatsiyalari 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz xisoblanardi. Davlat bankining xam emissiya
funksiyalarini xam xisob-kitoblar va 90-yillargacha kreditlash buyicha 
mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga monopollashuvi uni davlat 
boshqaruvi va nazorat organiga aylantirgan edi. 
XULOSA 


1. Pul-kredit siyosati departamenti- Markaziy bankda bu departament 
Respublikada amal kilayotgan pul munosabatlari, ularning olib borilishi, 
mamlakatda pul-kredit munosabatlari taxlili bilan shugullanib boradi. 
2. Iktisodiy taxlil va kredit xisob-kitobi munosabatlari Departamenti- 
Banklarning iktisodiy axvoli, ularning olib borilayotgan pul munosabatlari 
operatsiyalari, banklarning kredit berish saloxiyati, banklarda iktisodiy xolatini 
tekshirib, ularni bankrotlik xolatlaridan saklanish yullarini urganib chikadi. 
3. Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiklashtirish Departamenti- bu 
bulimda Markaziy bankka buysunuvchi barcha banklar uchun yuriknomalar ishlab 
chikadi va ularga banklarni amal kilish xolatlarini nazorat kilib boradi. 
4. Tijorat banklarini nazorat kilish departamenti - Banklar ustidan nazorat olib 
borib, ularni faoliyatini taftishdan utkazish, bajarilgan operatsiyalarni tugri olib 
borilganligi va ularni xujjatlarda tugri aks ettirilganligini tekshirib beradi. Berilgan 
kreditlarni ishonchliligi, kreditlarni berilgan muddatlari, olingan foizlar
banklarning asosiy vositalari va ustidan taftish olib boradi. 
5. Buxgalteriya xisobi va xisoboti, davlat budjeti xamda kassa ijrosi 
Departamenti- Markaziy banklarda buxgalteriya xisobini olib borish, mijozlar 
buxgalteriyasini taxlil kilish, banklarning buxgalteriya xisoboti. Davlat budjeti 
xolatlarini, banklarda kassa ijrosini olib borilish xolatlarini nazorat kilib boradi. 
6. Valyutani tartibga solish va tashki alokalar Departamenti - bu bulim milliy 
valyutani tartibga solib, inflyatsiyani urganib chikadi, pulning kadrsizlanishini 
oldini olish, mamlakatlar bilan tashki alokalar olib borish, xorijiy mamlakatlar 
bilan pul-kredit munosabatlarini urnatish, uzining vakolatxonalarini ochish va 
boshka xolatlar bilan ish olib boradi. 
7. Emissiya- kassa operatsiyalari Departamenti - Markaziy bank fakatgina pul 
emissiya kilish xukukiga ega. Bu bulim pul massasini va pulning aylanishi 
xolatlarini taxlil kiladi va mamlakat buyicha nazorat olib boradi. 
8. Kimmatli kogozlar Departamenti- Banklarning kimmatli kogozlar bilan 
boglik operatsiyalarini, chet el kimmatli kogozlari( aksiya, obligatsiya, xazina 


majburiyatlari, bank sertifikati, yevronotalar, yevroobligatsiyalarva boshk.)ni 
tartibga solishni va amalga oshirish xolatlarini nazorat kiladi. 
9. Axborotlashtirish va axborotlar xavfsizligi Departamenti- Banklarni 
kompyuterlashtirish, banklararo axborot tizimini ishlab chikish, axborotlarni 
tashkariga chikib ketishini oldini olish, xavfsizligini taminlanishini bajarilishi 
ustidan nazorat olib boradi. Markaziy banklarda xam bu bulim asosiy axamiyatga 
egadir. 
10. Tijorat banklariga Litsenziya berish, faoliyatini tartibga solish va banklar 
ustidan nazorat olib borish Departamengi- Respublikada yangi bank tashkil etilgan 
takdirda Markaziy bank uni faoliyat jixatlarini belgilab beradi, kanday operatsiya 
olib borilishini xam asoslab beradi va litsenziya beradi. Bank ustidan nazorat olib 
boradi va banklar faoliyatini tartibga soladi. 


Foydalanilgan adabiyotlar : 
1.«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘\risi»dagi qonun. T. 1995 
yil 21 dekabr. 
2.O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘\risi»dagi qonun. T. 
1996 yil 25 aprel. 
3.Karimov I. «O‘zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo‘lida» 
1995. 
4.Mullajonov F. i dr. «Bankovskaya sistema Uzbekistana v godi 
nezavisimosti». T "Uzbekistan", 1996. 
5. www.ziyonet.uz 

Yüklə 185,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin