KIRISH
11.00.01 – Tabiiy geografiya ixtisosligi – “O‘zbekiston
landshaftlari va
tabiiy geografiyasining mintaqaviy muammolarini o‘rganish, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish”, “Landshaftlarning geokimyoviy
xususiyatlarini aniqlash,
landshaft-geokimyoviy jarayonlarni, arid zona elementlarining
migratsiyasini
o‘rganish va modellashtirish, tuproq-geokimyoviy va tabiiy
geografik xaritalarini
yaratish” bilishlari lozim bo‘ladi. Buning uchun shu sohaga tegishli fanlarni,
jumladan yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni chuqur o‘zlashtirgan,
ekinlarda
uchraydigan zararkunanda va kasalliklarning tur tarkibi va karantin zararli
organizmlarni to‘g‘ri
aniqlay oladigan, samarali kurash choralarini aniq biladigan
va ularni o‘z vaqtida qo‘llashni tashkil qila oladigan
malakali mutaxassislar
tayyorlash ta’lim tizimining negizi hisoblanadi.
Tayanch doktaranturga kiruvchilar uchun fan talabalarni nazariy bilimlar,
amaliy ko‘nikmalar,
geografik, geofizik va geokimyoviy jarayonlarga uslubiy
yondashuv hamda ilmiy dunyoqarash shakllangan bo‘lishi lozim.
SHuningdek,
ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarni oshirish va
ko‘nikmalari mavjud bo‘lishi kerak.
11.00.01 – tabiiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha
tayanch doktoranturaga
kiruvchi da’vogarlar uchun 5A140602 – Geografiya (o‘rganish ob’ektlari
bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi o‘quv rejasiga asosan 5 ta ixtisoslik fanlari
bo‘yicha: “Geotizimlar haqida ta’limot”, “Amaliy landshaftshunoslik”,
“Geoekologiya asoslari”, “Tabiatdan foydalanish strategiyasi” va “Geografiyaning
asosiy muammolari” fanlaridan savollar bazasi shakllantirilgan.
Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil
keltirilgan.