matematik, geofizik, geoximik, kartografik v.b.). Audit va uni o‘tkazish
(geoekologik, muhandislik v.b.).Tabiiy geografik jarayonlarni oldini olish.
Tabiatdan foydalanishning maqsad va istiqbollari.
Tabiatdan foydalanishda
qo‘yiladigan maqsadlar: iqtisodiy, sog‘liq va gigiena, nafosat (estetika), ilmiy,
turizm va sayohat, tarbiyaviy maqsadlari. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan
tabiatdan foydalanishda ro‘y bergan o‘zgarishlar. Tabiatdan foydalanishning o‘ziga
xos xususiyatlari. Insonning tabiatga ta’siri turlari, bevosita ta’sir va bilvosita
ta’sir. Tabiatni muhofaza qilish va o‘zgartirish. Tabiatdan foydalanishda, uni
o‘zgartirishda hisobga olinishi zarur qonuniyatlar.
Tabiat qonuniyatlarining
ob’ektiv qonunlar ekanligi, ularni o‘rganish zarurligi. Ilm – fanning rivojlanishi
bilan tabiat qonunlari haqidagi bilimlarning ham chuqurlashib borishi. Tabiat
taraqqiyotining asosiy qonunlari. YEr landshaft qobig‘ining bir butunligi va
muayyan muvozanatda turishi. Tabiatdagi aylanma harakat, geologik,
biologik,
energetik aylanma harakatlar. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida tabiatdagi
aylanma harakatning buzilishi va buning oldini olish. Konlarning ochiq usulda
qazib olinishi, yirik suv omborlarining qurilishi oqibatida tabiiy muhitda
muvozanatning o‘zgarishi, uning geografik va ekologik oqibatlari. Inson xo‘jalik
faoliyati va tabiiy muhitda yer osti va yer usti suvlari rejimining o‘zgarishi hamda
uning
oqibatlari:
cho‘llashish va tuproqlarni sho‘r bosishi. Biologik
muvozanatning o‘zgarishi va biologik modda aylanishning buzilish hamda
bularning
ekologik oqibatlari, atmosfera havosi tarkibiga ta’siri. Inson xo‘jalik
faoliyati ta’sirida geografik qobiqda issiqlik balansining o‘zgarishi. Havoda
karbonat angidrid gazi, aerozollar salmog‘ining oshishi va uning YEr yuzi havosi
haroratiga, ob-havosi va iqlimiga ta’siri. Geografik komplekslarning inson
tomonidan o‘zgartirilishi. Landshaftlarning inson ta’siri darajasiga qarab turlarga
bo‘linishi: tabiiy, o‘zgarmagan landshaft, kuchsiz o‘zgargan, o‘rtacha o‘zgargan,
kuchli o‘zgargan landshaftlar. Landshaftlarning tez o‘zgaradigan va barqaror
komponentlari. Antropogen landshaftlar,
buzilgan landshaftlar, madaniy
landshaftlar. Amaliy baholash, bashoratlash va bashorat. Baholash, uning turlari:
agroiqlim resurlarini, tuproqlarning sho‘rlanishini, rekreatsion, rekultivatsion
nuqtai nazardan baholash.
Dostları ilə paylaş: