Международный
научный
журнал
№
5 (100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
627
INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNING ASOSIY MANBALARI
Karimov Jamshid
Samarqand davlat universiteti Kattaqo’rg’on filiali
Bank ishi va audit yo’nalishi
BI. 22_03 guruh talabasi
Annotatsiya:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish
investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Umuman olganda investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalarini quyidagi shakllarga
bo’lish mumkin: investorning o’z moliyaviy resurslari; investorning qarzga olgan
mablag’lari; investorni jalb qilgan moliyaviy resursi; davlat byudjeti mablag’lari; chet el
investitsiyalari va kreditlaridir. Investitsiya loyihalarni moliyalashtirish manbalarini
tanlashning zamonaviy yondashuvida mazkur manbalarni optimallashtirish talab etiladi,
ya’ni loyiha bo’yicha daromadlar va risklarni hisobga olgan holda moliyalashtirish
manbasini foydali yoki samarali tarzda joylashtirish zarur bo’ladi. Investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish manbalarini optimizatsiyalash tamoyillari banklar tomonidan bank kredit
portfelni diversifikatsiyalash yo’li bilan ta’minlanadi. Bundan maqsad moliyaviy
yo’qotishlarga yo’l qo’ymaslik hamda moliyalash manbalarini samarali safarbar etishdan
iborat. Optimallashtirishda loyiha samaradorligi ko’rsatkichlari nuqtai nazaridan
yondoshish talab etiladi.
Kalit so’zlar :
Davlat investitsiyalari; investitsiya dasturi; investitsiyalarni
moliyalashtirish.
Davlat har yili mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga asoslangan holda
iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun “Investitsiya dasturi” ishlab
chiqadi. Bu dasturga ko’ra davlat iqtisodiyotning qanday ustuvor tarmoqlariga e’tibor
qaratayotganligi ko’rinadi. Davlat bu mablag’larini qayerdan olishi mumkinligini bilish
muhimdir. Shuningdek, xususiy sektorning investitsiyalash borasida ulushi o’sib borayotgan
bir paytda ularning qanday mablag’lar manbaiga egaligini va qanday mablag’lardan
foydalana olishi mumkinligini o’rganish ularning loyihaviy moliyalashtirishdagi ta’sischi,
kreditor, homiy sifatidagi ishtirokini kuchaytiradi va buni muayyan korxona mavjud bo’lishi,
jalb qilishi mumkin bo’lgan mablag’lar doirasini ochib berish loyihaviy moliyalashtirishni
kengayishini ta’minlab beradi.Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya
loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish
quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik
jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib qolganligi; sanoat
tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan
korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol
o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning
Международный
научный
журнал
№
5 (100),
Dostları ilə paylaş: |