часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
629
qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha amaldga oshirilayotgan yirik va strategik
investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori
bo’lmoqda.
Korxonalarni texnik va texnologik yangilash, modernizatsiya qilish va yangi ishlab
chiqarish ob’ektlarini qurish, shu orqali yangi ish o’rinlarini shakllantirish, mamlakat
iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash uchun yo’naltirilgan
investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 21 noyabrda “O’zbekiston Respublikasining 2013 yilga mo’ljallangan investitsion
dasturi to’g’risida”gi 1855-sonli Qarori qabul qilingan bo’lib, ushbu dasturda belgilangan
kapital qo’yilmalami moliyalashtirish manbalari tarkibida davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari fondlarning ahamiyati katta bo’lmoqda.O’zbekiston Respublikasining 2020- yilgi
Investitsiya dasturi doirasida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan birgalikda 27 123 275 million so’m mablag’ o’zlashtirilishi
ko’zda tutilgan. Bu mablag’lar, asosan, qurilish, qayta ta’mirlash va jihozlash kabi ishlarga
yo’naltiriladi. Shu sababli ham kapital qurilishning amaldagi holatini tahlil qilishdan avval,
Investitsiya dasturining asosiy parametrlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur mablag’lar o’tgan yildagidan 3442574 million so’mga ko’pdir. 2020- yil uchun
investitsiya dasturida mo’ljallangan kapital qo’yilmalarning hajmi, oldingi yilga nisbatan
deyarli barcha manbalar bo’yicha o’sgan. Shuningdek, markazlashgan investitsiyalar
950474 million so’mga ortib, umumiy kapital qo’yilmalardagi ulushi 24,7 foizni tashkil
qilgan. 2020-yilda markazlashgan investitsiyalar tarkibida eng salmoqli hissa, avvalgi
yillardan farqli o’laroq, byudjetdan tashqari fond mablag’lariga to’g’ri kelib, bu manba
o’tgan yilga nisbatan 444 973 million so’mga ortgan. Markazlashmagan investitsiyalar ham
2493101 million so’mga o’sgan va umumiy kapital qo’yilmalardagi ulushi 75,3 foizni tashkil
qilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ishlab chiqilgan 2019-2020 yillarga
mo’jallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining samarali ijrosini ta’minlashda Tiklanish
va taraqqiyot jamg’armasi alohida rol o’ynamoqda.
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil qilinishi real sektorning etakchi
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, samarali tarkibiy
islohotlarni amalga oshirish va investitsiya siyosatini moliyaviy ta’minlashning samarali
manbalari shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa, ushbu jamg’arma inqirozga qarshi choralar
dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini izchil ta’minlashdir.investitsiya loyihalarining
hayotiyligini baholashda pul oqimlarini optimallashtirish va bunda iqtisodiy-matematik
usullardan foydalanish talab etiladi. Bundan tashqari, moliyalash manbalarini
optimallashtirishda axborot texnologiyalari usullaridan foydalanish zarur bo’ladi.
Investitsiya loyihalarning moliyalash manbalarini optimallashtirishda zamonaviy axborot
texnologiyalari loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasi va biznes-reja amaradorligini,
loyihaning amalga oshuvchanligini baholashda hamda loyihani boshqarishda samarali