часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
628
investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga
boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi;
aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham
korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbai bo’lmish qishloqqa
yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va ko’plab
tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lish zarurligi va boshqalar.
Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilishi natijasida 2011 yilda o’nlab
zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, “Jeneral Motors Pavertreyn 0’zbekiston”
qo’shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish
yo’lga qo’yildi. Shuningdek, avtomobil generatori va kompressorlari ishlab chiqarish
bo’yicha quvvatlar barpo etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo’yicha
uchta loyiha amalga oshirildi. Shular qatorida “Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida
“Samsung”
Kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari,
konditsionerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga
qo’yildi. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’ba korxonasida suyultirilgan gaz
ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining
birinchi navbatini, Samarqand viloyatidaMAN” yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish
bo’yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga etkazildi.
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasini barpo etish, O’zbekiston-Xitoy gaz
quvurining uchinchi yo’nalishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari
qizg’in pallaga kirdi.Bugungi kunda, respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida
hududlarda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarni mrliyalashtirish manbalariga bo’yicha
quyidagi tarkibga bo’lish mumkin: O’zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturi
ma’lumotlari asosida tuzildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning mulkchilik
shakllari bo’yicha respublika miqyosida va mintaqalar bo’yicha kiritilishi aholi turmush
darajasini yaxshilash va bo’sh ish o’rinlarini to’ldirishni shakllantiradi.Investitsiya
resurslarining taqchilligi sharoitida ustuvor yo’nalishga ega bo’lgan loyihalar qishloq
xo’jaligi va sanoat tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda (fan, sog’liqni saqlash, madaniyat,
maorif va h. K.) amalga oshirilishi lozim. Investitsiya loyihalarining ishlab chiqilishi turli
tarmoqlarda olib borilishi mumkin. Bularga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
va agrosanoat, mashinasozlik, kurilish sanoati, aloqa va informatika, ximiya sanoati, o’rmon
kompleksi, ekologiya tarmog’i kiradi.
O’zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotini ta’minlashda investitsiyalarning roli
benihoya katta bo’lib, u, eng avvalo, iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish asosida hamda
yangi texnika- texnologiyalar jalb qilish va o’zlashtirish negizida rivojlantirishi bilan
izohlanadi.Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash bo’yicha keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki
imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya