10-mavzu: Oziq-ovqat xavfsizligi va me'yoriy ovqatlantirishning ijtimoiy-
tashkiliy asoslari.
Reja:
1
Meditsina normalari darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanish;
2
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymati;
3
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga bo'lgan talablar.
Kalit so’zlar: Meditsina normalari, Oziq-ovqat mahsulotlari, Mahsulotlar
xavfsizligi, Mahsulotlar sifati, Ozuqaviy qiymat, Mahsulotlarga bo'lgan talab.
Foydalangan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1
Abdug'aniyev A., Abdug'aniyev A.A. Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi -
(darslik)- T.: TDIU, 2004. - 304 bet.
2
Abdug'aniyev A., Avdug'aniyev A.A. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. Darslik. -
T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006
yil. -288 bet.
3
Abdug'aniyev A., Abdug'aniyev A.A. - Qishloq xo'jalik iqtisodiyoti. Darslik. -
T.: TDIU, 2004.
-
304 bet.
Qo'shimcha adabiyotlar:
1
Iqtisodiyotning agrar sektori. T.Jo'rayev, Sh. Allayarov, X.Asatullayev, T.
Umarov, Ma'ruzalar matni. -T.: TIM, 2012
2
Salomov T. Hamdamov Q.S. Tursunxo'jayev T.L., To'raxo'jayev T.I.,
Hakomov R.X., O'roqov N.I., Aripov I.M., Jahon qishloq xo'jaligi. O'quv
qo'llanma. - T.: TDIU, 2004. - 128 b.
3
Hakimov R. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti, -T.: MCHJ “RAM-S”, - 2007.
367 b.
4
Hakimov R., Otaqulov M., Yusupov E., Yusupov M., Agrosanoat majmui
iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004. - 160 b.
5
Salimov T., Hamdamov Q.S., Tursunxo'jayev T. L., To'xtayev T.I., Xakimov
R.X., O'roqov N.L., Aripov I.M. Jahon qishloq xo'jaligi. O'quv qo'llanma. - T.:
TDIU, 2004. - 128 b.
Xorijiy adabiyotlar:
1
Gail L. Cramer, Clarence W. Jensen, Douglas D. Southgate, Jr. Agricultural
Economics and agrobusiness. - New York, 2001. - 519 p.
2
Just R.E., N Bockstael. Commodity and resource policies in Agricultural
Systems, Springer- Verlag, Berlin Heidelberg 1991
3
OECD (2012), Food and Agriculture, OECD Green Growth Studies, OECD
Publishing.
http://dx.doi.org/10.1787/9789264107250-en
4
David Colman and Trevor Young, 1989. Principles of Agricultural Economics.
Markets and Prices in Less developed countries. Cambridge. Cambridge CB2
1RP, United Kingdom.
5
Suresh Chandra Babu, Sandjar Djalolov, 2006. Policy Reforms and
Agriculture Development in Central Asia. Springer Science + Business Media,
Inc. NY 10013, USA
6
Попов Н. А. Экономика сельско хозяества: Учебник. - М .: Изд-во "Дело
и сервис", 2000. - 367 с.
7
Серова Е. В. Аграрная экономика: Учебник Для Студентов
економических вузов, факультетов я специальностей. -М.: ГУ ВШЭ,
1990. - 480 с.
8
Б.А. Кандиус, Эконимика агропромышленного комплекса: учебное
пособие // Пос. Акад. Наук, Ин-т, Европии. - М.: Памятники
исторической
мисли,
2011,
284
с.
УРЛ:xттп://з3950.ксу.ру/бcовер/0000690287 шм.пдф
9
Ткач А.Б. Сельскохозяйственная кооперация: Учебное Пособие. - 3 - е
изд., испр. И доп. - М.: Издателско-торговая корпорация “Дашков И Ко”,
2005. - 364 с. 2 экз.
10
Устойчивие развитиеселского хозяйсва И сельских территорий:
Зарубежний опит и проблем России, - М.: Т-во научних изданий КМК.
2005 - 615 с.
11
Бусел И.П. Агробизнес: Учебное пособие - Минск, 2009.
Internet saytlari
1
www.samqxi.uz
- Samarqand qishloq xo’jalik instituti veb-sahifasi
2
www.lex.uz
- O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi.
3
www.agro.uz
- O’zbekiston Respublikasi Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligi
portali.
4
www.stat.uz
- O'zbekiston Respublikasi Davlat Satistika Qo'mitasi portali
5
www.gov.uz
- O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali.
6
www.fao.org
- Birlashgan millatlarning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat
tashkiloti portali.
1 Meditsina normalari darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta'minlanish;
Oziq-ovqat yetishmovchiligi yoki oziq-ovqat xavfsizligi darajasi pastligi
aholi orasida qoniqarsiz oziqlanishga olib kelib, u o’z navbatida odamlar, oilalar
va butun xalq uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlanganlik darajasi aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlarining
umumqabul qilingan me’yorlarning xudi shunday o’lchovda ularning iste’mol
qilingan miqdori bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Jahon statistikasida oziq-ovqat
mahsulotlarining aholi jon boshiga hisobi FAO tavsiya etgan me’yorlar qabul
qilingan. FAO me’yorlari bo’yicha bu mahsulotlarning bir sutkalik iste’moli 3000
kkal ni tashkil qiladi.
Sog’lom ovqatlanishning me’yorlari milliy va xalqaro maxsus muassasalar,
shuningdek Xalqaro sog’liqni saqlash tashkiloti (XSST) va Xalqaro oziq-ovqat va
qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan ham aniqlanadi. 1953 yilda AQShda
o’rtacha yoshdagi erkak kishining ioziq-ovqat iste’moli me’yori 3200 kkal/sut.ni
tashkil qilgan bo’lsa, hozirda bu 2700 kkal/sut.ga teng. Iste’moli 2150 kkal dan
kam bo’lganlar ochlik va to’yib ovqat yemaslik arafasida, 1500 kkal va undan kam
iste’mol qiluvchilar ochlik holatidagi kishilar toifasidandar.
Faol turmush tarzi olib boruvchi katta yoshdagi kishi enerniyasining ma’lum
vaqt oralig’idagi
sarfi FAO va Xalqaro sog’liqni saqlash tashkiloti ekspertlari quyidagicha
aniqlaydilar:
Es = K*M*Vo
bu yerda:
Es —organizmning umumiy energetik sarfi, kkal;
K — tana1 kg massasining energiya sarfi, kkal;
M — tana massasi, kg;
Vo — sutkaning vaqt oralig’i.
Rivojlanishning sekinlashishi bilan kechadigan o’sishning orqada qolishi
uzoq muddat yetarli ovqatlanmaslik va /yoki sog’liqning zaifligi yig’ilib borishi
o’zaro ta’siridan dalolat beradi. Shuningdek, o’sishdan orqada qolish faqat to’yib
ovqatlanmaslikning ko’rsatkichi emas, balki inson asosiy ehtiyojlarining
qondirilmaganligi va natijada, absolyut qashshoqlikning belgisi ham hisoblanadi.
To’liq bo’lmagan ovqatlanishning besh turi farqlanadi:
1)
“to’yib ovqatlanmaslik” - inson yetarli ovqat miqdorini qabul qilmaydi;
2)
“balanslashmagan ovqatlanish” (yetarli miqdorda bo’lmagan va/yoki
tarkibida kam proteinlar) ovqatlanish sifati organizm ehtiyojiga mos bo’lmagan
holat. Balanslashmagan ovqatlanishning asoratlarini o’lchash mumkin, masalan,
bolalarda bo’y va vazn o’sishining orqada qolishi, kata yoshdagilarda tana
og’irligining past indeksi;
3)
ovqatlanishda mikroelementlarning yetishmasligi, «yashirin ochlik»-
inson oziq-ovqat bilan birga yetarli miqdorda bir yoki bir necha zarur
mikroelementlar, masalan vitamin va/yoki minerallarni olmaslik holati;
4)
“ikkilamchi to’yib ovqatlanmaslik”-inson sog’lig’ining ma’lum bir holati
yoki boshqa bironbir sabablarga ko’ra ovqatni qabul qila olmaslik yoki hazm qila
olmaslik holati;
5)
“to’yib ovqatlanish”-inson uzoq vaqt davomida ovqat bilan birga haddan
tashqari ko’p kaloriya miqdorini qabul qilgandagi holati.
“Ovqatlanish samarasini” antropometrik o’lchovlar va bioximik tahlillar
asosida aniqlash mumkin. Jadvalda ovqatlanish holatining ko’p ishlatiladigan
ko’rsatkichlari keltirilgan. Bolalar yoshining o’sishiga muvofiqligining
antropometrik ko’rsatkichlari orqali bolalarning rivojlanib borishi aniqlanadi.
Insoniyatning dehqonchilik va chorvachilik tashkiliy, texnik-texnologik
yangiliklarning joriy etilishi bilan bog’liq bo’lgan ulkan yutuqlarga erishganligiga
qaramasdan XXI asrda jahon aholisining oziq-ovqat ta’minoti qoniqarsizligicha
qolyapti. Bu holat XXI asrning muammolarini ham belgilab bermoqda. 2000-chi
yillarda jahon oziq-ovqat muammosining keskinlashuviga sayyoramiz aholisi
sonining o’sib borayotganligi bilan (BMT ma’lumotlariga ko’ra 2050 yilda bu
ko’rsatkich 9,6 mlrd. kishini tashkil qiladi) tabiiy muhitning imkoniyatlari
o’rtasidagi nomutanosibliklar sabab bo’lgan.
Shu boisdan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muammosida quyidagi bir
nechta muhim jihatni ajratib ko’rsatish zarur.
Birinchijihat shu bilan bog’liqki, mamlakat, hududlar, uy xo’jaliklari, oddiy
fuqarolarni oziq- ovqatlar bilan ta’minlash muammosi qadim vaqtlardan beri
insoniyat oldida turgan, ko’pgina ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy inqirozlar birinchi
galda oziq-ovqat yetishmasligi muammosi negizida yuz bergan. Ushbu
muammoga har xil zamonlarda va turli qit’alarda alohida e’tibor qaratilgan bo’lib,
oziq-ovqat xavfsizligi borasida muayyan darajaga erishish hamisha umuman
jamiyatning va har bir individning asosiy vazifasi bo’lib hisoblangan. Bunda
yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun davlat ASM
sohasida ishlab chiqarishni rag’batlantirgan holda muhim rol o’ynashi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va sotish mamlakat
aholisi ochlik va to’yib ovqat yemaslikdan aziyat chekyaptimi yoki oziq-ovqat
mahsulotlari bilan yetarli darajada yoxud ortiqcha miqdorda ta’minlangan
ta’minlanmaganligidan qatiy nazar har bir mamlakatning faoliyat sohasiga
kiritilgan bo’lishi kerak. Insoniyatni to’laqonli va ekologik nuqtai nazardan
xavfsiz oziqovqat mahsulotlari bilan ta’minlash-hozirgi zamonning eng dolzarb
muammolaridan biridir;
sayyoramiz, davlatimiz va mintaqamizning xotirjamligi esa inson turmush darajasi
va umuman sivilizasiyaning muhim sifat ko’rsatkichi hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlashning asosiy ko’rsatkichi sifatida tovar
ishlab chiaruvchilarni qo’llab-quvvatlashni baholashdan foydalaniladi. Mazkur
uslubiyat iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) ning a’zolari
bo’lgan barcha mamlakatlrga hamda Markaziy va Sharqiy Yevropaning ayrim
mamlakatlariga nisbatan qo’llanadi.
Ikkinchi jihat-asosiy turdagi oziq-ovqatlarning aholi uchun ularning qayerda
yashashidan qat’iy nazar hammabopligini ta’minlash bilan bog’liq. Bunda
jismoniy hammaboplik shuni anglatadiki, kishilarning ehtiyojini qondirish uchun
yetarli hajmdagi oziq-ovqat mahsulotlari ular iste’mol qilinadigan joylarga
uzluksiz ravishda yetkazib berilishi kerak. Jismoniy hammaboplik yetarli
miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning mamlakatlararo
hamda mamlakat ichida to’siqsiz harakatlanishi bilan bog’liq bo’lgan vazifalar
majmuining hal qilinishini taqozo etadi.
Uchinchi jihatdan-oziq-ovqatlarning iqtisodiy hammabopligi. Bu shuni
anglatadiki, mavjud narxlar darajasida xaridorlar talabining darajasi aholiga har bir
kishining salomatligi va faol hayot kechirishi uchun rasional iste’mol me’yorlariga
mos bo’lgan hajm va assortimentdagi asosiy oziq- ovqat mahsulotlarini sotib olish
imkoniyatlarini ta’minlashi lozim.
Aholining barcha guruhlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarining iqtisodiy
hammabopligini
oshirish
maqsadida
aholining
qashshoqlik
darajasini
pasaytirishga, sog’lom ovqatlanish uchun yetarli mablag’ga ega bo’lmagan eng
muhtoj qatlamlarni (nogironlar, yolg’iz qari-qartanglar va h.k.), shuningdek
bolalar, homilador va emizikli ayollarni qo’llab-quvvatlashni ta’minlashga;
ijtimoiy va maxsus davlat sohalari (kasalxona, armiyaning bo’linmaari va
boshqalar) muassasalaridagi shaxslarni oziq-ovqat bilan ta’minlashga alohida
e’tibor qaratish zarur.
2 Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymati;
Ijtimoiy hammaboplik oziq-ovqat xavfsizligi, xomashyo va oziq-ovqatlarning
sifatini nazorat qilish, mahsulotlarning sifatini sertifikasiyalash va boshqarish
tizimlarini yaratish, aholi salomatligini yaxshilash boshqa masalalarni o’z ichiga
oladi.
Uy xo’jaliklari, oilalar darajasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun
oziq-ovqat ishlab chiqarishning o’zi kifoya qilmaydi. Oziq-ovqat xavfsizligining
yana bir hayotiy muhim belgisi - bu doimiy ravishda kaloriyali oziq-ovqat
mahsulotlaridan kafolatlangan tarzda foydalanish imkoniyati va bu mahsulotlarni
tegishli mablag’lar evaziga xarid qilish imkoniyati bilan bog’liq. Uy xo’jaliklari
darajasida oziq-ovqat bilan ta’minlanganligini oziq-ovqat mahsulotlaridan
foydalanishda kambag’allikning oziq-ovqat iste’moli chegarasi baholanadi,
aholining undan yuqorida va quyida taqsimlanishini belgilashda foydalaniladi.
Bunda alohida e’tibor kambag’allikning oziq-ovqat chegarasidan quyida bo’lgan
uy xo’jaliklarining demografik xususiyatlariga qaratiladi (ya’ni, yetarli miqdorda
oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qila olmaydiganlar). Turli guruhlarga mansub
shaxslar tomonidan iste’mol qilinadigan odatdagi rasionni asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari, shu jumladan, oqsil va yog’larga boyligi nuqtai nazaridan ko’rib
chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ovqatlanish aholi sog’lig’ini belgilaydigan muhim omillardan biri
hisoblanadi. Sog’lom ovqatlanish-bu insonning sog’lig’i mustahkamlanishiga va
kasalliklar kamayishiga ko’maklashadigan, uning o’sishini, normal kamol
topishini va hayot faoliyatini ta’minlaydigan ovqatlanish. Ovqatlanish tuzilmasida
balansning har qanday buzilishi inson sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadi,
shuningdek turmush sifati pasayishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida oziq-ovqat
sanoati rivojlanishining tadrijiy o’sishini ta’minlashga va mamlakatimizda oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishga yo’naltirilgan kompleks
chora-tadbirlar amalga oshirildi. Aholining daromadlari ham sezilarli ravishda
o’sdi, uning xarajatlari tarkibi sifat jihatdan o’zgardi, oziq-ovqat mahsulotlariga
sarf-xarajatlar ulushi kamayib, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga xarajatlar
ulushi oshdi (9.2-jadval). Buning hisobiga keyingi yillarda aholining ovqatlanishi
sifati ancha yaxshilandi, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish tuzilmasi
o’zgardi, jon boshiga go’sht va go’sht mahsulotlarini iste’mol qilish 1,3 baravar,
sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilish - 1,6 baravar,
tuxum yeyish - 2,2 baravar, sabzavotlarni iste’mol qilish - 2,6 baravar, kartoshkani
iste’mol qilish -
1,
7 baravar, mevalarni iste’mol qilish - 4,0 baravar o’sdi.
Ovqatlanish tuzilmasi va rasioni yaxshilanishi boshqa omillar bilan birgalikda
aholi sog’lig’i ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Oxirgi 10 yilda tanasining
og’irligi yengil bo’lgan bolalar ulushi ikki baravardan ortiqqa qisqardi (4 foizdan
1,8 foizgacha), ayollarning anemiya (kamqonlik) bilan kasallanishi darajasi 2,5
baravar pasaydi. O’zbekiston aholisining o’rtacha umr ko’rishi 6,5 yilga ko’paydi
(67 yoshdan 73,5 yoshgacha), ayollarning o’rtacha umr ko’rishi - 75,8 yoshga
yetdi.
Shu bilan birga, ijobiy iqtisodiy o’zgarishlar va urbanizasiyaning tez o’sishi
va unga xos bo’lgan turmush tarzidagi o’zgarishlar barcha iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlar uchun xos bo’lgan nooqilona ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklar
darajasi oshishiga olib keldi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan ushbu
kasalliklar yuqumli bo’lmagan kasalliklarning alohida guruhiga ajratilgan.
Yuqumli bo’lmagan kasalliklar darajasining oshishi nooqilona ovqatlanish bilan
birgalikda yetarli bo’lmagan jismoniy faollik, tamaki iste’mol qilish va alkogolni
zararli iste’mol qilish bilan bog’liqdir.
2014 yilda o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari respublika katta yoshdagi
aholisining 67,2 foizga yaqini sabzavotlar va mevalarni Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti tomonidan tavsiya etiladigan normadan past iste’mol qilishini, 37 foizi
tuz miqdori ortiqcha bo’lgan ovqatni iste’mol qilishini, katta yoshdagi aholining
16,4 foizi esa jismoniy faol emasligini ko’rsatdi. Buning natijasida katta yoshdagi
aholining 20,2 foizi ortiqcha vaznga va 33,9 foizi yuqori qon bosimga ega.
Aholi sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga yo’naltirilgan kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish, kasalliklarning oldini olish, aholi turli guruhlarining
tibbiyot fani talablariga muvofiq sog’lom ovqatlanishga bo’lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish Konsepsiyaning asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi aholisining sog’lom ovqatlanishini
ta’minlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1)
aholi turli guruhlarining sog’lom ovqatlanishga bo’lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, jismoniy faollik hamda
alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirish yo’li
bilan kasallikka chalinish va bevaqt vafot etishni kamaytirish;
2)
nooqilona ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish va ular
tarqalishi darajasini pasaytirish, aholi sog’lom turmush tarzining asosi sifatida
sog’lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish va
shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sog’lom
ovqatlanishni targ’ib qilishni kuchaytirish;
3)
ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklar tarqalishini kamaytirishga
yo’naltirilgan sog’lom ovqatlanish masalalari bo’yicha aholining turli guruhlari
uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, sog’lom ovqatlanish sohasida fundamental
tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirish;
4)
jamoalarda tashkil etilgan ovqatlanishni tashkil etishni takomillashtirish,
homilador va bola emizuvchi ayollarning, shuningdek 3 yoshgacha bo’lgan
bolalarning to’laqonli ovqatlanishini tashkil etish, davolash jarayonining ajralmas
qismi sifatida davolash-profilaktika muassasalarida parhyezli (davolash va
profilaktik) ovqatlanishni yaxshilash;
5)
sifat va xavfsizlikka qo’yiladigan zamonaviy talablarga muvofiq oziq-
ovqat xom ashyosining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni
kengaytirish, almashtirib bo’lmaydigan komponentlar bilan boyitilgan oziq-ovqat
mahsulotlari va bolalar ovqatlanishi uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlar,
parhyezli (davolash va profilaktik) oziq-ovqat mahsulotlari va ovqatga biologik
aktiv qo’shimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
6)
oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosiga tegishli bo’lgan
texnik reglamentlar va davlat standartlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
7)
O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan
yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosining sifati
ustidan nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
8)
aholi sog’lig’i ko’rsatkichlari va tarqalgan alimentar-bog’liq holatlar
rivojlanishi dinamikasi tahlili asosida ovqatlanish sohasida monitoring dasturlarini
ishlab chiqish va joriy etish.
2015-2020 yillar davrida O’zbekiston Respublikasi aholisining sog’lom
ovqatlanishini ta’minlash Konsepsiyasi va chora-tadbirlar kompleksi qabul
qilingan bo’lib, quyidagi ustuvor vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan:
1)
nooqilona ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish va ular
tarqalishi darajasini pasaytirish, aholi sog’lom turmush tarzining asosi sifatida
sog’lom ovqatlanishga doir keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish
va shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan faol foydalangan holda sog’lom
ovqatlanishni targ’ib qilishni kuchaytirish;
2)
ta’lim va tibbiyot muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tizimini
yanada tartibga solish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish,
tashkil etilgan bolalar jamoalari ovqatlanishi rasionini yaxshilash, O’zbekiston
Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va chet eldan yetkazib beriladigan
oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xom ashyosi sifatini nazorat qilishning
ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish;
3)
oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni, ayniqsa
muhim mikronutriyentlar bilan boyitilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni
rag’batlantirish yo’li bilan aholining sog’lom ovqatlanishga bo’lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, mahalliy xom ashyo asosida
oziq-ovqat mahsulotlari yaratish, aholi orasida sog’lom ovqatlanish prinsiplari
joriy etilishiga ko’maklashadigan muhitni shakllantirish;
4)
aholining turli guruhlari orasida ovqatlanish rasionini va ovqatlanish bilan
bog’liq kasalliklar rivojlanishining sabablarini o’rganishga yo’naltirilgan sog’lom
ovqatlanish va diyetologiya sohasida fundamental ilmiy tadqiqotlarni ustuvor
amalga oshirish.
3 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga bo'lgan talablar.
Qishloq xo’jaligining mamlakat oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashda asosiy
tarmoqlardan biri ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, ushbu yo’nalishda tahlil
etilayotgan davrda erishilgan ijobiy natijalarni alohida ta’kidlash joiz. Jumladan,
barcha asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlari bo’yicha aholi jon boshiga
ishlab chiqarish ko’rsatkichlari miqdor jixatidan o’sgan. Masalan, sabzavotlar
147,2 kg ga, sut yetishtirish 86,6 kg ga va tuxum 69 donaga ko’paygan.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan me’yordagi ehtiyojni aniqlashda
mutanosib rasion asosida ovqatlanishni ta’minlash vazifasi faqat me’yordagi
kaloriyaga ega bo’lgan va har kuni iste’mol qilinadigan oziq-ovqat
mahsulotlaridan iborat emasligini e’tiborga olish o’ta muhimdir.
To’laqonli ovqatlanish ko’p jihatdan uning tarkibiga, iste’mol qilinadigan
oziq-ovqat mahsulotlarining insonning normal rivojlanishi va faoliyat
yuritishi,uning
organizmida
to’g’ri
modda
almashinuvi,
salomatlikni
mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, keksayish jarayonini sekinlashtirish
va umrni uzaytirish uchun zarur bo’ladigan to’yimli va sifatli moddalar bilan
kerakli darajada ta’minlanishiga bog’liq.
Bu borada ovqat bilan birga o’rnini hyech narsa bosolmaydigan
aminokislotalar, vitaminlar, mineral moddalar, mikroelementlar va organizmda
o’z-o’zidan hosil bo’lmaydigan boshqa moddalarning ham iste’mol qilinishi inson
hayoti uchun eng muhim ahamiyatga egadir.
Ana shu foydali moddalar, vitamin va mikroelementlar katta miqdorda
faqatgina sabzavotlar, meva va uzum tarkibida bo’ladi va ularning o’rnini boshqa
hyech qanday mahsulot bosa olmaydi.
Boshqacha aytganda, inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishi
to’g’ri va mutanosib rasion asosida ovqatlanishni ta’minlash bilan chambarchas
bog’liq ekani, meva va sabzavotlar uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lishi
lozimligi hyech kimga sir emas. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari
shundan dalolat beradiki, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi
uchun tavsiya etilgan kundalik 400 gramm o’rniga juda kam miqdorda - bor-
yo’g’i 150-200 gramm meva va sabzavot iste’mol qilinmoqda. Xalqaro
diyetologlarning tavsiyasiga ko’ra, inson iste’mol qiladigan oziq-ovqatning
kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi zarur.
Mamlakatda yetishtiriladigan oziq-ovqat ekinlarining ahvoli, istiqboli va
turlari, ulardan olinadigan hosilning mazali ta’mi va foydali xususiyatlari, ularning
milliy iqtisodiyot va eksportda tutadigan o’rni, birinchi navbatda, shu davlatning
geografik joylashuvi, uning tuproqiqlim sharoitiga va shakllangan dehqonchilik
madaniyati va saviyasiga, muayyan mahsulotni yetishtirish mahoratiga, bunday
mahsulotlarning mahalliy va xorijiy bozorlarda nechog’liq xaridorgir bo’lishiga
bog’liq.
Ekspertlarning ma’lumotlariga ko’ra, bizning sharoitimizda yetishtirilgan
meva-sabzavotlar bebaho iste’mol xususiyatlari, ya’ni tarkibida tabiiy shakar,
amino va organik kislotalar, salomatlik uchun eng muhim bo’lgan
mikroelementlar va oziq-ovqat rasionida o’rnini almashtirib bo’lmaydigan turli
biologik moddalarga boyligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan ana shunday
mahsulotlardan sezilarli ravishda yuqori turadi.
O’zbekistonda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning faqat ularga xos
bo’lgan xususiyatlari va to’yimlilik darajasi haqida gapirganda, shuni qayd etish
kerakki, mamlakatimiz seleksionerlari sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning
170 dan ortiq navini, meva va rezavor ekinlar va uzumning 175 ta yangi navini
yaratdilar.
Mavzu bo'yicha savollar:
1.
Tibbiy me’yorlar asosida oziq-ovqat bilan ta’minlanish darajalariga tavsif
bering.
2.
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi nimalarni taqozo qiladi?
3.
Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati inson salomatligi uchun qanday
ahamiyatga ega?
Dostları ilə paylaş: |