Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 351,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix23.03.2023
ölçüsü351,47 Kb.
#89292
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
БХН курс иши услубий курсатма 2023 (1)



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
 
 
NAMANGAN MUHANDISLIK
TEXNOLOGIYA INSTITUTI 
 
 
 
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT”
 
kafedrasi 
 
BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI 
 
fanidan 60410100 “Buxgalteriya hisobi va audit”
bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi talabalarga 
kurs ishi mavzulari va ularni bajarish uchun 
 
USLUBIY KO‘RSATMA 
Namangan - 2023 yil 


2
Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan 60410100 
“Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi talabalarga kurs 
ishini bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan. 
Uslubiy ko‘rsatmada kurs ishi mavzulari, ularni bajarish uchun uslubiy 
ko‘rsatmalar va foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yhati keltirilgan. 
Tuzuvchi: Xolmirzaev A.X. 
Takrizchilar: i.f.n.,dots.Isroilov R.I.
i.f.n.,dots.Tursunov U. S.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Namangan muhandislik texnologiya instituti 
“Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasining 20__ yil ___ _________ __ - sonli 
umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va institut uslubiy kengashining 20__ yil __ 
_________dagi __- sonli yigilishida foydalanishga tavsiya etilgan. 
 
 
 


3
 
KIRISH 
 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish yo‘lida sa’y-harakatlar 
amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlab aytganlaridek, «Endi 
har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz 
ma’sul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida 
zimmamizga yuklatilgan vazifalarni ma’suliyat bilan bajarishni ta’minlashdan 
iborat». Bunday vazifani sifatli va o‘z vaqtida bajarish har bir rahbardan o‘zi 
boshqarayotgan korxonaning moliyaviy holatiga e’tiborsiz bo‘lib qolmasdan, 
boshqaruv tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan, hisob ishlarini, eng avvalo, 
buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘liq. SHuning uchun ham bozor 
munosabatlariga asoslangan boshqaruv sharoitida buxgalteriya hisobini isloh qilish, 
uni xalqaro andozalar darajasida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy bilim sohasi bo‘lib 
hisoblanadi. Xo‘jalik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatli to‘g‘risidagi 
axborotlar buxgalteriya hisobi yordamida ro‘yxaga olinadi, qayta ishlanadi, hisob 
ma’lumotlaridan foydalanuvchilarga va boshqa manfaatdor bo‘lgan shaxslarga 
taqdim etiladi.
Korxona faoliyatini iqtisodiy va moliyaviy holatlarni aks ettirishda buxgalteriya 
hisobining milliy andozalariga tayanib ish yuritishi va boshqaruv qarorlari qabul 
qilishi kerak. Bunday talab har qanday rahbardan buxgalteriya hisobining asoslarini 
bilishni talab etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 8 oktyabrdagi 
PF-5847-sonli, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha xarakatlar strategiyasini “YOshlarni qo‘llab 
quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” da amalga oshirishga oid 
davlat dasturi to‘g‘risida” 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy 


4
statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 2020 yil 3 avgustdagi PK 4796-sonli qarori, UNESCO tomonidan joriy 
etilgan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi va “TXSK: Ta’lim va kasbiy 
tayyorlash sohalari” hamda boshqa me’yoriy xuquqiy xujjatlar asosida “Oliy 
ta’limning yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalarni ishlab chiqish va tadbiq etish
tartibi” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini 
2021 yil 16 iyuldagi 311-sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan. 
Mazkur me’yoriy xujjatga asosan oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’limning 
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarni ishlab chiqish hamda 
tasdiqlash oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muasasasi 
o‘quv rejalarida zaruriy fanlarni o‘qitilishida xo‘jalik sub’ektlari bilan bog‘liq holatda 
belgilab, kadrlar buyurtmachilari talablari asosida zamonaviy, islohotlarning xozirgi 
talab darajasidagi mutaxasislarni tayyorlab berishi lozim. 
Xozirgi kunda 60410100 “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) 
ta’lim yo‘nalishidagi mutaxasislar buxgalteriya hisobini xalqaro standartlari bo‘yicha 
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini taqozo etadi. 60410100 “Buxgalteriya hisobi 
va audit” (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishda “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” 
fanini o‘qitish talabalarda buxgalteriya mutaxasisligini boshlang‘ich ko‘nikmalarini 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘quv rejasiga asosan talabalar birinchi kursda ushbu fan bo‘yicha kurs ishi 
tayyorlaydilar. Ushbu ishni tayyorlash “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidagi 
mavzularni o‘z ichiga oldi. 
Mazkur o‘quv – uslubiy ishni tayyorlashda kurs 
ishlari bo‘yicha avval chop etilgan uslubiy manbalar namuna sifatida foydalaniladi. 

Yüklə 351,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin