Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati va vazifalari



Yüklə 365,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü365,08 Kb.
#173773
  1   2   3   4   5   6
39-44



JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–22_Issue-1_February_2023 
39 
MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINING AHAMIYATI VA VAZIFALARI 
 
Toshpo'latova Munisabonu Ibrohim qizi 
Toshkent Moliya Instituti 1-kurs Magistranti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati va 
vazifalari haqida ma'lumotlar berilgan. 
Kalit so'zlar: 
Buxgalteriya hisobi, moliyaviy natija, foyda, bozor munosabatlari, 
korxona. 
Buxgalteriya hisobining vazifalari iqtisodiyot rivojlanishining har bir bosqichida 
amalga oshirilayotgan xoʻjalik siyosati bilan belgilanadi. Respublikada xo'jaliklarning 
rivojlanishini bozor munosabatlari mexanizmini chuqurlashtirishga yo'naltirilgan, 
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati uni bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida amalga 
oshirmoqda. Bu qonunlar Respublikamizni mustaqil davlat sifatida rivojlantirish 
bo‘yicha oldiga qo'yilgan maqsadlar va vazifalarga binoan ishlab chiqarishni jamiyat 
tomonidan to'g'ridan to'g'ri, ongli ravishda tartibga solishning obektiv zaruriyat 
ekanligini anglatadi. Respublika oldida turgan vazifalarni amalga oshirish uchun ularni 
xalq xoʻjalikning barcha bosqichlarida bajarilishini nazorat qilish talab qilinadi. 
Boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantirishning muhim vositasi hisoblangan 
buxgalteriya hisobi aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi. 
Demak, buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi unda aks ettiriladigan obektlarni 
boshqarish uchun ma'lumotlarni yig'ish, ularni qayta ishlash iqtisodga uzatishdan 
iborat. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil 30 avgustda 
qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida »gi Qonun, buxgalteriya hisobini Milliy 
standartlarining tasdiqlanishi va amalga kiritilishidir. 
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarni shartli ravishda uch 
guruhga ajratish mumkin: 
korxonani boshqaruvchilar; 
korxonaning tashqarisida joylashgan va uning moliyaviy faoliyatidan bevosita 
manfaatdor bolganlar; 
korxonaga nisbatan bilvosita moliyaviy qiziqish bildiradigan shaxs va guruhlar. 
Boshqaruvchilar (management) boshqaruv faoliyatida nazorat, qaror qabul 
qilishda axborotga muhtojdirlar. Masalan, mahsulotlarning sotish bahosi, xarajatlar 
tarkibi, talab, rentabellik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlar shular jumlasiga 
kiradi. 



Yüklə 365,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin