Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati va vazifalari


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 365,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix05.12.2023
ölçüsü365,08 Kb.
#173773
1   2   3   4   5   6
39-44

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–22_Issue-1_February_2023 
41 
foydalar va zararlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.O‘zbekistonda bozor 
munosabatlariga o‘tish korxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, ularni yuzaga kelgan 
yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida rivojlanishini ta’minlash, mamlakatda kichik 
va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalarning moliyaviy barqarorligiga uzviy 
bog‘liq. Korxonalarning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi ularning faoliyati 
davomida olgan foydasining to‘g‘ri shakllantirilishi bilan bog‘liq. Chunki 
korxonalarda foyda shu yerda ishlovchilarning moddiy ta’minlanishining, 
korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishning, ishlab chiqarishda 
fantexnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilish kabi ishlarning asosiy 
moddiy manbasi hisoblanadi.Foyda moddiy ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik 
faoliyati jarayonida yaratiladi. Ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va tabiiy 
resurslar) va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydali ishlab chiqarish faoliyati 
birikishi natijasida mahsulot ishlab chiqariladi, u iste’molga sotilganda, tovar bo‘lib 
hisoblanadi.Tovar-pul munosabatlari sharoitida korxona darajasida sof daromad foyda 
shaklini oladi. Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar ishlab chiqaruvchi 
bo‘lib maydonga chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx belgilab, uni iste’molchilarga 
sotadilar. Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad olinganligini 
anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishga 
ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak.Agar tushum xarajatlardan yuqori bo‘lsa, 
moliyaviy natija foyda olinganligidan dalolat beradi. Tadbirkor doimo foyda olishni 
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi, lekin bunga doim ham erisha olmaydi. Agar tushum 
xarajatlarga teng bo‘lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari 
qoplangan bo‘ladi, xolos. Bunda zarar ko‘rilmaydi, lekin ishlab chiqarish, ilmiytexnik 
va ijtimoiy rivojlanishning manbai sifatidagi foyda ham olinmaydi. 
Agar korxona xarajatlari tushumidan ko‘p bo‘lsa, u zarar ko‘radi, ya’ni salbiy 
moliyaviy natijaga erishadi. Bu holat uni ancha murakkab moliyaviy ahvolga solib 
qo‘yadi. 
Foydani bozor munosabatlarining o‘ta muhim kategoriyasi sifatida talqin etish 
mumkin. 
1. Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani xarakterlaydi. 
Lekin yagona foyda ko‘rsatkichi yordamida korxona faoliyatining barcha tomonlarini 
baholab bo‘lmaydi. Bunday universal ko‘rsatkichning bo‘lishi ham mumkin emas. 
Aynan shuning uchun korxonaning ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini 
tashkil qilishda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Foydaning ahamiyati shundan 
iboratki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan birga uning miqdori va 
o‘zgarishga korxonaning xarajatlariga bog‘liq bo‘lgan hamda bog‘liq bo‘lmagan 
omillar ta’sir qiladi. Foyda rag‘batlantiruvchi funktsiyasini bajaradi. Buning mazmuni 
shundan iboratki, foyda bir vaqtning o‘zida moliyaviy natija va korxona moliyaviy 
resurslarining asosiy elementi hisoblanadi. O‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyilining 



Yüklə 365,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin