JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/
Volume–22_Issue-1_February_2023 43 faoliyat turidan zarar ko‘rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy-iqtisodiy
barqarorligiga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi.
Foydaning quyidagi turlari bor:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda;
2. Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (operatsion foyda);
3. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
4. Favqulodda olingan foyda;
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi
ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi:
YaFq SST-IT
bunda,
YaF - yalpi foyda;
SST - sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda
bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa
daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF =Y aF-DXQBD-BZ,
bunda,
AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX - davr xarajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan
foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar
sifatida hisoblab chiqiladi:
UF q=AFFQMD-MX,
bunda,
UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq to‘lagungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda
plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlarda ko‘rilgan foyda va minus
favqulodda zarar sifatida aniqlanadi:
STF q=UFQFP-FZ,
bunda,
STF - soliq to‘lagungacha olingan foyda;